• Kurs ishi mavzusining maqsadi
  • Kurs ishi mavzusining obyekti
  • Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi




    Download 54,7 Kb.
    bet2/8
    Sana02.12.2023
    Hajmi54,7 Kb.
    #109651
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti

    Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi. Ishimizda olmosh so’z turkumi yordamchi so’zlar, fe’l so’z turkumi va so’z gaplarni o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirishga alohida e’tibor qaratdik. Matnlarni izohlab, so’zlarning o’z o’rnida ishlatilishini o’quvchilarga tushuntirish, tahlil qilish va shu asosida o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini va nutqini o’stirish ishimizning bosh maqsadini belgilaydi.
    Kurs ishi mavzusining maqsadi: oʻquvchilar ongida iqtisodiy ta’limning asosiy tushunchalarini singdirishda mehnat tarbiyasidan foydalanish, oʻquvchilarni mustaqil fikrlovchi komil insonni shakllantirish.
    Kurs ishi mavzusining vazifasi: Ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgiladik:
    - ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida;
    - olmosh so’z turkumini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish;
    - yordamchi so’zlarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish;
    - so’zlarning aloqa – munosabat shakllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish;
    - fe’l mayllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish;
    - zamon shakllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish;
    - so’z gaplarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish;
    - mustaqil va yordamchi so’z turkumlari haqida tushuncha berish;
    - so’z turkumlarida so’z yasalishi haqida tushuncha berish;
    - so’z turkumlarining asar matni tahlilidagi o’rnini izohlash;
    - matn tarkibida va gapdagi so’z turkumlarini tahlil qilish orqali o’quvchilarning so’z qo’llash, so’zdan o’rnli foydalanish ya’ni nutq o’stirish malakalarini shakllantirish asoslarini ko’rsatish;
    - o’quvchilarda badiiy asar va she’riyatga bo’lgan qiziqishni hamda so’z turkumlarini bir-biridan farqlashni kuchaytirish va ulardan o’z o’rnida foydalanishni o’rgatish kabi xususiyatlarni ochib berish.
    Kurs ishi mavzusining obyekti: boshlang’ich sinf oʻquvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida nutq tarbiya.
    Kurs ishi mavzusining ilmiy-amaliy ahamiyati: So’zlar va ularning ishlatilishi yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlarida turli - tuman fikr mulohazalar bayon etilgan. O’zbek tilida so’zlarning nutq o’stirish jarayonida ishlatilishi va qo’llanishi borasida tadqiqot ishlari qilingan bo’lsada, biz uni yanada chuqurroq tadqiq etishga harakat qildik. Shu boisdan ham biz ushbu mavzuni tanladik va bilimimiz doirasida uni tahlil qilishga harakat qildik.
    Mavzuni tahlil qilish jaryonida Sh.Shoabduraxmonov, G’.Abduraxmonov, U.Tursunov, Sh.Rahmatullayev, M.Asqarova, A.G’ulomov, H.Ne’matov, N.Mahmudov, B.Mengliyev, O.Bozorov, M.Qurbonova, G’.Sayfullayeva, M. Abduraimova, M. A’lamova, Sh. Baqaxonova, X. Muxiddinova kabi tilshunos olimlarning ilmiy nazariy fikrlari va tadqiqotlariga tayandik.
    Badiiy asar matnlarida gazeta va jurnaldagi maqolalarda va she’riyatda so’zlarning o’rinli qo’llanilganligi, ularning asar badiiyligini shakllantirishdagi o’rni hamda o’quvchilarning so’z qo’llash va so’zdan foydalanish mahoratlarini va nutq o’stirish qobiliyatini oshirish va ko’rsatish tahlil qilish ishning yangiligini belgilaydi.
    Ishni tahlil qilish jaroyonida tarixiy – qiyosiy metoddan foydalandik. Ishning amaliy ahamiyati. Badiiy asarlar, gazeta va jurnallardagi maqolalar, ilmiy maqolalar, o’quv adabiyotlari va qo’llanmalari hamda she’riyatda barcha (so’z turkumlari ishtirok etgan va aniq misollar bilan ko’rsatilgan) matnlar o’quvchilarning (kitobxonlarning) yosh pedagogik – psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlangan. Matnning tahlil jarayoni ham bevosita ana shunday xususiyatlarni nazarda tutgan holda olib boriladi. Ishni tahlil qilish va so’z turkumlarini, so’z gaplarni o’rganish va ulardan foydalanishni yanada yuqoriroq darajaga ko’tarish jarayonida biz bir qancha badiiy asarlar, maqolalar, she’rlar haqida fikr mulohazalar bildirdik. Bu esa o’quvchilarning nutq o’stirishini yanada yuqori pog’onada chiqarishga zamin yaratadi. Shunday ekan, ishdan va uning tahlil usullaridan umumta’lim maktablarining ona tili va boshlang’ich sinflari o’quvchilari o’qish, yozuv va ona tili darslarida mavzuni tahlil qilish jarayonlarida foydalanishi mumkin.

    Download 54,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 54,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi

    Download 54,7 Kb.