|
14-mavzu: O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi va uning tarixiy ahamiyaTI. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishI
|
bet | 6/8 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 65,22 Kb. | | #236492 |
Bog'liq 14-mavzu1991 yil noyabrida Parlament "O’zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi to’g’risida"gi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonun bilan birga Oliy Kengash 1991 yilda "O’zbekiston Respublikasi referendumlar to’g’risida"gi Qonunni ham qabul qildi. Konstitusiyamiz asosida 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida"gi, 1994 yili 5 mayda qabul qilingan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida"gi, "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida"gi qonun va nihoyat "O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida"gi qonunlari o’zbek saylov qonunchiligi tizimini huquqiy asoslarini tashkil qiladi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ko’ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi davlat hokimiyati oliy va mahalliy organlarning takomillashishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlol yillari vujudga kelgan siyosiy partiyalar o’z faoliyatida o’zbek xalqining eng yaxshi demokratik an’analariga, adolat, ezgulik, tenglik va inson erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlar hamda g’oyalarga, axloqiy va odamiylik qoidalariga suyanadi. Ular o’z faoliyatlarini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, "Siyosiy partiyalar to’g’risida" O’zbekiston Respublikasi 1996 yil 26 dekabr qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek o’z dasturlariga asosan amalga oshiradilar. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 60-moddasida siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi aniq va ravshan belgilab berilgan.
Ko’ppartiyaviylik demokratik taraqqiyot yo’lida erishgan muhim yutuqlardan biridir. Birinchidan, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishida siyosiy partiyaning o’rni va roli muntazam ravishda yoritib boradi; ikkinchidan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonida O’zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishda ko’ppartiyaviylik tizimi muhim demokratik institut hisoblanadi; uchinchidan, davlat bosh islohotchi sifatida siyosiy partiyalarning faoliyatini takomillashtirishi muhim ahamiyatga ega; to’rtinchidan, siyosiy partiyalarsiz vakillik demokratiyasini tasavvur etib bo’lmaydi; beshinchidan, siyosiy partiyalarning o’rni va mavqyei ularning soni yoki vaqt bilan belgilanmaydi; oltinchidan, mamlakatda amalda ko’ppartiyaviylik muhiti qaror topishi yangi g’oyalar, muqobil takliflar bilan demokratik jamiyat qurilishiga xizmat qilishi lozim.
Shuningdek "Nuroniy", «Ustoz», "Ulug’bek", "Umid", "Xotira" va shu kabi ko’plab jamg’armalar nodavlat tashkilotlar sifatida rcspublikamizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda katta hissalarini qo’shmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
14-mavzu: O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi va uning tarixiy ahamiyaTI. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishI
|