• 1999 yil aprel
  • 1993 yil 2 sentyabrda
  • (2001 yil 29 avgust) "Adolat qonun ustivorligida"
  • Inson huquqlari
  • "Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy Markazini tuzish to’g’risida» 1996 yil 31 oktyabr
  • (1997 yil, 25 iyun) Farmoni
  • Davlat qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish




    Download 65,22 Kb.
    bet5/8
    Sana15.05.2024
    Hajmi65,22 Kb.
    #236492
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    14-mavzu

    Davlat qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarini bir-biridan mustaqil xolda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borish, ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat.
    Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga katta umid bog’lanadi. O’z-o’zini boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu masalani hal qilishga milliy an’analarni, tarixiy qadriyatlarni tiklash, aholining tub manfaatlariga mos keluvchi yo’lni tanlash nuqtai nazaridan yondashish bo’ldi. Xususan, o’z-o’zini boshqarishda asosiy tayanch qilib mahallalar belgilandi. Ular inson qalbida Vatan tuyg’usining shakllanishiga, milliy g’ururning vujudga kelishida, millatchilik illatlaridan xoli bo’lishda katta ta’sir ko’rsatib kelgan.
    O’z-o’zini boshqarish muassasalari faoliyatining kengayishi bevosita mahallalarning mavqyeini kuchaytirish bilan bog’liq. O’z-o’zini boshqarish organlari yoki mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlash kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etish bilan cheklanib qolmaydi. Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, ma’naviy kamolotini oshirish uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo’qotish uchun ish olib borish va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarga, Vatanga, davlatga va boshqa fuqarolarning manfaatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashdir.
    Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga o’tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni, samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999 yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari to’g’risida"gi qonunning yangi tahriri aynan shu maqsadga qaratilgan.
    O’z-o’zini boshqaruvning moliyaviy faoliyatini mustahkamlovchi choralardan yana biri - aholiga kompleks tarzdagi savdo, maishiy va madaniy xizmatlar ko’rsatadigan guzarlar faoliyatidir.
    Bunday iqtisodiy erkinliklar fuqarolarda mustaqil O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlarga ishonchini mustahkamlaydi. Shuningdek, har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, ularni fuqarolik jamiyatining a’zosi ekanligini his qilishlari uchun asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
    Davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi hokimiyatlardan biri sud hokimiyatidir. Sud hokimiyati boshqa hokimiyatlar kabi xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda qabul qilingan qonunlar asosida o’z vakolatlarini amalga oshiradi.
    Sudlarning huquqiy holati O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar to’g’risida"gi Qonunida bayon etilgan.
    O’zbekistonda sud tizimini isloh qilish, sud hokimiyatini shakllantirishda ham bir muncha ishlar qilindi. Sud tuzilishi va sudlov ishlarini yurgizishga oid barcha demokratik konstitusiyaviy tamoyillar yanada rivojlantirildi.
    I.A.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida (2001 yil 29 avgust) "Adolat qonun ustivorligida" nomli ma’ruzasida sog’lom jamiyat uchun jinoyatchini jazolashdan ko’ra, jinoyatning oldini olish muhim ekanligini uqtirib o’tdi. Ma’ruzada O’zbekistonning demokratiya va taraqqiyot yo’lidan mustaqil rivojlantirishning o’tgan o’n yil ichida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida sodir etilgan tub o’zgartirishlarning muhimligi ta’kidlanib, sud-huquq tizimini takomillashtirish, jinoyat to’g’risidagi qonun hujjatlarini insonparvarlik, adolat, huquqiy fuqarolik jamiyati prinsiplariga muvofiq ravishda erkinlashtirish masalasiga alohida e’tibor berildi.
    Insoniyat tarixida yangi davr - Inson huquqlari davri boshlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2005 yillarni kurramizda "Inson huquqlari o’n yilligi" deb e’lon qildi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’tgan qisqa davr ichida insonning huquq va erkinliklari to’g’risida milliy qonunchilik tizimini tashkil etuvchi yuzdan ortiq qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston inson huquqlari bo’yicha 40 ga yaqin xalqaro shartnomaga qo’shildi va ularga bizning mamlakatimizda ham amal qilinmoqda.
    O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha respublika aholisining inson huquqlari bo’yicha madaniyatini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy Markazini tuzish to’g’risida» 1996 yil 31 oktyabr Farmoni e’lon qilindi.
    O’zbekiston Respublika Oliy Majlisi 1997 yil 29 avgustda "Jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi"ni tasdiqladi. Milliy dasturning maqsad ahamiyati aholining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomlilashtirish, jamoatchilik fikrini o’rganish ishini yaxshilash haqida" (1997 yil, 25 iyun) Farmoni e’lon qilindi. Ushbu farmonning 1-bandida shunday deyiladi:
    "Aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri etib belgilansin".
    Respublikamizda istiqlol yillari milliy davlatchilikni barpo etish borasida sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga, uning hokimiyat va boshqaruv organlariga barham berish bilan bir vaqtda davlat va jamiyat hayotining yangi demokratik huquqiy asoslari yaratildi.
    Demokratiyaning eng muhim tamoyili odamlarning saylov huquqlarini amalga oshirish, o’z xohish-irodasini erkin ifodalash uchun zarur huquqiy shart-sharoit, qonuniy asos yaratishdir. Shu bois mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning o’z hohish-irodasini erkin ifoda etishni ta’minlovchi saylov tizimini shakllantirish va uni qonun bilan mustahkamlash borasida talay ishlar qilindi.

    Download 65,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 65,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish

    Download 65,22 Kb.