• Elektroliz qonunlari.
  • 14-mavzu: Suyuqlanmalar va erimalar elektrolizi. Elektroliz qonunlari




    Download 102,09 Kb.
    bet1/2
    Sana26.01.2024
    Hajmi102,09 Kb.
    #146319
      1   2

    14-mavzu: Suyuqlanmalar va erimalar elektrolizi. Elektroliz qonunlari.

    • Elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasidan o‘zgarmas elektr toki o‘tkazilganda elektrodlarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari elektroliz deb ataladi.

    Elektroliz jarayoni maxsus qurilmalar – elektrolizyorlar yoki elektrolitik vannalarda olib boriladi.
    Agar elektrolitning suvdagi eritmasiga o‘zgarmas tok manbaiga ulangan elektrod tushirilsa, eritmada tartibsiz harakatda bo‘lgan ionlar bir tomonga yo‘naladi: kationlar katodga, anionlar esa anodga tomon harakatladi. Elektr toki manbaining ishlashi natijasida elektronlar anoddan katodga uzatiladi, shu sababli anodda elektronlar yetishmay qoladi, katodda esa ko‘payib ketadi. Elektronlar katoddan musbat zaryadlangan ionlarga o‘tadi va ularni neytral atomlarga aylantiriladi. Manfiy zaryadlangan ionlar anodga kelib unga o‘z elektronlarini beradi va o‘zi zaryadsizlanadi. Demak, elektrolizda katodda qaytarilish, anodda esa oksidlanish jarayoni sodir bo‘ladi.
    Masalan, NaCl suyuqlanmasidan elektr toki o‘tkazilsa, suyuqlanmadagi Na va Clionlari tegishli elektrodlar tomon yaqinashib quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi:
    Katodda: Na+ + e- → Na0 qaytarilish;
    Anodda: 2Cl- - 2e- → Cl20 oksidlanish.

    IX.2-rasm. Elektrolizning umumiy sxemasi.
    Suyuqlantirilgan NaCl ning elektrolizi umumiy tarzda quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

    Suyuqlanmalarning elektrolizi faol metallarni (elektrokimyoviy kuchlanish qatoridagi Al gacha bo‘lgan metallarni) tabiiy birikmalaridan olishda qo‘llaniladi.
    Kimyoviy amaliyotda elektrolitlarning suvdagi eritmalari elektrolizi ham keng qo‘llaniladi. Suvli eritmada elektrolit ionlaridan tashqari suvning dissosilanishidan hosil bo‘lgan H va OHionlari ham elektroliz jarayonida ishtirok etishi mumkinligini hisobga olish zarur. Katod atrofida elektrolit va vodorod kationlari, anod atrofiga esa elektrolit va gidroksid anionlari to‘planadi. Katod va anodda boradigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni ionlarning oksidlanish-qaytarilish potensiallari qiymatiga bog‘liq.
    Agar elektrolit kationining oksidlanish-qaytarilish potensiali noldan katta bo‘lsa (Cu–Au) katodda faqat metall ioni qaytariladi.
    Agar metallning standart elektrod potensiali magniynikidan kattaroq bo‘lsa, katodda metall ham, vodorod ham birgalikda qaytariladi.
    Elektrokimyoviy kuchlanish qatorida Mg dan oldingi metallar birikmalarining suvli eritmalari elektroliz qilinganda kattoda faqat H+ ionlari qaytarilib vodorod hosil bo‘ladi.
    Kislotali eritmalardan vodorodni ajralib chiqishi vodorod ionlarining zaryadsizlanishi hisobiga boradi. Neytral va ishqoriy eritmalarda suv molekulalari qaytariladi:

    Masalan, NaCl suvdagi eritmasini elektroliz qilinganda, suv molekulalari elektrolizga uchrashi hisobiga katodda Na o‘rniga H2 qaytariladi. Umumiy tarzda quyidagicha:

    Elektroliz jarayoni anod materialiga qarab, inert anod bilan bo‘ladigan elektroliz va aktiv anod bilan bo‘ladigan elektrolizga bo‘linadi. Oksidlanmaydigan materialdan (grafit, platina) yasalgan anod inert anod, oksidlanadigan materialdan yasalgan anod aktiv anod deb yuritiladi.
    Tuzlar eritmalarining elektrolizini misollar asosida kurib chiqamiz.
    1) KNO3 tuzi eritmasining inert anod ishtirokidagi elektrolizi:
    KNO3  K+ + NO3-
    NO3- anionlari suvli eritmalarda oksidlanmaydi. Katodda va anodda suv molekulasi qaytariladi va oksidlanadi:
    Katodda (-): 2H2O + 2e- = 2OH- + H2;
    Anodda (+): 2H2O - 4e- = 4H+ + O2 .
    Elektroliz jarayonining umumiy tenglamasi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
    KNO3 + 2H2O → KNO3 + 2H2 + O2 yoki 2H2O → 2H2 + O2.
    2) CuCl2 eritmasining inert anod ishtirokidagi elektrolizi.
    CuCl2  Cu2+ + 2Cl-
    Katodda faqat mis ionlari qaytariladi, anodda esa xlorid ionlari oksidlanadi:
    Katodda (-): Cu2+ + 2e- = Cu;
    Anodda (+): 2Cl- - 2e- = Cl2
    Elektroliz jarayonining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
    CuCl2 → Cu + Cl2
    3) Tuz eritmalarining aktiv anod qo‘llanilgandagi elektrolizi.
    Bunday elektroliz jarayonida anod materiali eriydi. Masalan, kadmiy sulfat eritmasining elektrolizini misol qilish mumkin:
    CdSO4 ↔ Cd2+ + SO42-
    Katodda (-): Cd2+ + 2e- = Cd
    Anodda (+): Cd - 2e- = Cd2+
    Elektroliz vaqtidagi anodda boradigan oksidlanish jarayonida anod materiali ikki guruhga: erimaydigan va eriydigan anodlarga bo‘linadi.
    Oksidlanmaydigan materialdan (grafit, platina) yasalgan anod erimaydigan (inert) anod, oksidlanadigan materialdan yasalgan anod eriydigan (faol) anod deyiladi.
    Elektroliz qonunlari.
    Elektr energiyasining ta'sirida vujudga keladigan kimyoviy jarayonlar unumi bilan elektr toki o‘rtasida miqdoriy bog‘lanish borligini dastlab 1836 yilda ingliz olimi M.Faradey aniqladi. Faradey fanga elektrod, anod, katod, anion, kation, elektrolit, elektroliz tushunchalarini kiritdi. Faradey o‘zining ilmiy kuzatishlari asosida quyidagi elektroliz qonunlarini kashf etdi:
      1   2




    Download 102,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-mavzu: Suyuqlanmalar va erimalar elektrolizi. Elektroliz qonunlari

    Download 102,09 Kb.