• Asinxron mashinaning tuzilishi
  • 15. Asinxron mashina turlari, tuzilishi va ishlash printsipi. Asinxron mashina turlari




    Download 222,11 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi222,11 Kb.
    #231983
      1   2   3   4


    15. Asinxron mashina turlari, tuzilishi va ishlash printsipi.
    Asinxron mashina turlari
    Kollektorsiz asinxron motorlar elektr yuritmaning asosini tashkil etib, xalq xõjaligining
    barcha sohalaridagi boshqarilmaydigan va avtomatik boshqarish jarayonlarida, kon 
    ishlaridagi yirik elektr jihozlari yuritmalarida, qishloq xõjaligida va boshqa sohalarda keng
    qõllaniladi. Asinxron mashinalari
    motor

    generator
    va
    elektromagnit tormoz
    rejimlarida
    ishlash imkoniga ega bõlsalar ham, aksariyat motor rejimiga mõljallanib ishlab chiqarilmoqda. 
    Rotor aylanish tezligini õzgartirib boshqarish imkoni bõlgan faza rotorli asinxron motorlar 
    sanoatning ba’zi sohalarida ishlatilsa, yaqin õtmishgacha boshqarish imkoniyati cheklangan
    deb kelingan, eng arzon, ekspluatatsiyasi eng qulay deb topilgan qisqa tutashgan rotorli
    asinxron motorlari xalq xõjaligining barcha sohalarida eng kõp tarqalgan elektr motori 
    sifatida ishlatilmoqda. Yarim õtkazgichli õzgartkichlar texnikasi va elektromexanika 
    fanlarining keyingi 20-30 yillar mobaynidagi keskin rivojlanishi natijasida chastotali
    boshqarish imkoniyati ochib berilgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlari xalq 
    xõjaligining kõplab sohalarida õz õrnini topmoqda.
    Asinxron mashinaning tuzilishi
    Asinxron mashina ikki qism: qõzğalmas (rotor) va aylanuvchi (stator) qismlardan iborat. 
    Rotor stator ichiga õrnatiladi. U val, magnit õzak (magnit õtkazgich) va uning tashqi silindrik
    yuzasidagi pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashgan (kõp fazali) chulğam yoki uch fazali 
    chulğamdan iborat. Stator qismi esa staninaga joylashtirilgan põlat õzak va uning ichki silindrik 
    yuzasidagi pazlarida joylashgan bir, ikki yoki uch fazali chulğamdan iborat. Stator va 
    rotorlarning põlat õzaklari maxsus elektrotexnik põlatdan tayyorlangan yupqa tunukalardan 
    yiğiladi.
    Asinxron motor rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bõladi:
    1) qisqa tutashgan rotorli asinxron motor;
    2) faza rotorli asinxron motor.
    Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor – rotorining põlat õzagi pazlariga eritilgan
    alyuminiy quyilib chulğam õtkazgichlari (sterjenlar) hosil qilinadi va ularning pazlardan 
    tashqari uchlari ikki tomondan quyma alyuminiy halqalar orqali qisqa tutashgan bõladi. Natijada, 
    yaxlit "olmaxon katagi" kõrinishidagi qisqa tutashgan chulğam hosil qilinadi. 
    Faza rotorli asinxron motorining rotori val, valga õrnatilgan põlat õzak, uning 
    pazlariga bir-biriga nisbatan 120
    0
    -ga siljigan uch fazali chulğamlardan tashkil topgan.
    Rotorning faza chulğamlari yulduz usulida ulangan bõladi va ularning uchlari esa
    valning bir tomonida õrnatilgan uchta mis yoki jez (mis va rux aralashmasi) halqalarga 
    ulanadi.


    15.1- rasm.
    Asinxron motorlar 
    a) “BROWN BOVERI” (Shveytsariya) firmasi ishlab chiqargan katta quvvatli faza rotorli 
    asinxron motor. b) Rossiyada ishlab chiqarilgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorning 
    qismlarga ajratilgan holda kõrinishi: 1,4-podshipnik qalpoği, 2- podshipnik qalqoni, 3- 
    podshipnik, 5-ventilyatsiya kurakchalari, 6- chulğami qisqa tutashgan rotor, 7-stator chulğami, 8- 
    stator chulğamining chiqish klemmalari joylashgan quti. 
    15.2- rasm.
    Chulğami qisqa tutashgan rotorning chulğamlari turlari: a) olmaxon qafasi, b) quyma 
    alyuminiyli rotor, c) bir katakli chulğam, d) ikki katakli chulğam, e) chuqur katakli chulğam. 

    Download 222,11 Kb.
      1   2   3   4




    Download 222,11 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15. Asinxron mashina turlari, tuzilishi va ishlash printsipi. Asinxron mashina turlari

    Download 222,11 Kb.
    Pdf ko'rish