elektromagnit tormozlash
rejimi deyiladi.
Bu rejimda tarmoqdan olingan aktiv quvvatning bir qismi
rotorning mexanik quvvatini
kompensatsiyalashga (tormozlashga) sarflanadi.
Bu rejimda rotor aylanishdan tõxtashi bilan darhol asinxron mashina tarmoqdan uzilishi
kerak, aks holda rotor teskari yõnalishda aylana boshlaydi.
Bu rejimda rotorning aylanish yõnalishi aylanma maydonnikiga nisbatan teskari bõlgani
uchun rotor aylanish chastotasi manfiy (n<0), sirpanishi esa 1< s <
oraliqda õzgaradi. Bu
rejimda asinxron mashina rotor tomonidan mexanik energiya (qoldiq inertsiya), stator tomonidan
esa elektr energiya oladi.
Asinxron mashinaning elektromagnit tormoz rejimi
amaliyotda kranlarda va
kõtargich mexanizmlarda yukni tushirish jarayonida uning tezligini kamaytirish yoki zarur
bõlganda ularni tezda tõxtatish uchun qõllaniladi. Bu maqsadda stator chulğamiga
tarmoqdan
ulangan xohlagan ikkita simning õrnini almashtirib ulash kerak bõladi. Bu holda statorning
aylanma magnit maydoni õz yõnalishini õzgartiradi va tormoz momentini hosil qiladi. Bu
rejimda sirpanish katta (s =1) bõlganligidan, rotor chulğamidagi EYuK, demak,
tok ham
katta bõladi. Bu tokni kamaytirish uchun faza rotorli motorda rotor chulğamini aktiv qarshilikka
– tormozlovchi reostatga ulaydilir.
Dinamik tormozlash rejimi
: bu rejimda asinxron mashina
ish jarayonida tarmoqdan
uziladi va stator chulğamiga õzgarmas tok beriladi, ya’ni, statorda
rotorni tormozlovchi
õzgarmas magnit maydon hosil qilinadi.
Umumiy maqsadli asinxron motorlar nominal yuklama bilan ishlayotgandagi
sirpanish s
N
= 3
5 % ni, maxsus asinxron motorlarning ayrimlarida esa s
N
=12
15% -ni tashkil
qiladi.