|
15-mavzu Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostoni O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli
|
bet | 53/63 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 333,79 Kb. | | #146765 |
Bog'liq 15-mavzu Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostoni O‘quv mashg‘ulotinin-fayllar.org3-bosqich.
Yakuniy
(10 daq)
|
Mashg’ulot yakuni
13.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydiva rag’batlantiradi. Uyga vazifaning berilishi
14.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi. ( 6-ilova)
|
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
| |
Baholash mezonlari
I. Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
т-р
|
Мazmuni
|
ballar
|
1.
|
Mavzu atroflicha to’liq,asosiy fikr va tuchunchalar o’zlashtirilishiga erishilsa,o`zlashmaso`zlarhaqidato`liqma`lumotlarniaytaolsa
|
5
|
2.
|
Маvzu asosan,asosiy fikr va tuchunchalar qisman o’zlashtirilishiga erishilsa,ayrimo`zlashmaso`zlarniqaysitildano`zlashganiniaytaolmasa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o’zlashtirilishiga erishilsa,o`zlashmaso`zlarninguslubiybo`yoqdorligihaqidatushunchaberaolmasa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlarini o’zlashtirilishiga erishilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning o`zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo`lmasa
|
1
|
3 –ilova .Yangi mavzu bayoni .
Muhtaram o‘quvchi! Siz jahon adabiyoti tarixidan joy olgan eng nodir dramatik asarlarning sahna talqinlarini ko‘rgan, o‘zbek milliy dramalarining ko‘p namunalaridan
boxabar bo‘lishingiz kerak. Zero, ushbu adabiy turning yuzaga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining ta’siri bilan bir qatorda dunyo adabiyotining yetakchi dramatik an’analari ham katta ahamiyat kasb etdi. Adabiyotshunoslik fani e’tiboridan dramaga xos adabiy-nazariy qonun-qoidalarga mos asarlarning sahnaga chiqishi XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniy muhiti bilan bog‘liq, albatta. Jadid ma’rifatchilari dramatik asarlar o‘ynaladigan teatr sahnasiga ibratxona sifatida qarashgan edi. Teatr sahnalari o‘z vaqtida taraqqiyot yo‘liga chiqayotgan xalq uchun bamisoli oyina vazifasini o‘tadi. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek dramaturgiyasining o‘ziga xos uzoq tarix qa’ridan kelayotgan adabiy-estetik umumiy asosi va o‘tgan asr boshlariga borib taqaladigan yuz yillik tarixi bor. O‘zbek dramasi tarixidan siz «Padarkush» (Mahmudxo‘ja Behbudiy), «Abulfayzxon» (Fitrat), «Sohibqiron» (Abdulla Oripov) kabi ayrim namunalarni o‘qigansiz, albatta. Dramatik tur janrlaridan biri bo‘lgan komediyada muallif o‘z g‘oyasini xarakter, kulgi va shunga mos tanlangan voqelikning sahnadagi badiiy talqini vositasida ifodalaydi. Fojia janrida esa qahramonlararo, mavjud ijtimoiy-ma’naviy muhitlararo haddan tashqari kuchli ziddiyatlar oqibati bo‘lgan fojia ko‘rsatiladi; bu ayanchli vaziyat tufayli o‘quvchi yoki
tomoshabin qalbida achinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yana bir e’tiborli jihat shuki, o‘zbek dramaturgiyasi tarixida o‘zida har ikki adabiy janrga xos xususiyatlarni jamlagan «Temir xotin» nomli (Sharof Boshbekov) tragikomediya ham mavjud. Uni ko‘rgan yoki o‘qigan odam asarda qatnashayotgan obrazlar holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og‘ir mehnat ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg‘uga botadi,
chuqur o‘yga toladi.
Mustaqillik davri o‘zbek nasrida insoniy qadriyatlarni e’zozlash, milliy urf-odatlarni qadrlash, mashhur tarixiy shaxslar hayotini badiiy talqin etish, zamon qahramoniga munosib obrazlarni tasvirlash kabi tamoyillar yetakchilik qiladi. Badiiy asar qayta va qayta murojaat qilinadigan adabiy manba bo‘lishi uchun serqatlam ma’no va o‘ziga xos ramzlar tilini talab etadi. Shunda adabiyot to‘g‘risidagi oddiy, jo‘n va sodda tasavvurlar yangicha nazariy qarashlar bilan boyib boradi. Badiiy asar ma’lum bir zamonda muayyan ijodkor tomonidan yoziladi. Biroq u hamma davrlarda yashayotgan insonlar tabiatiga mos kelishi, o‘y-kechinmalariga ta’sir ko‘rsatishi lozim. Keyingi yillarda o‘zbek adabiyotining nasr yo‘lida shunday badiiy puxta asarlarning yozilayotgani quvonarlidir. Xususan, tasvirlar suvratdan siyratga, oddiy ma’lumotdan inson kechinmalariga – obrazli qilib aytganda irmoqdan ummonga ulanayotgandek taassurot qoldiradi. O‘z asarlarida ezgulik va qabohatning mangu kurashini, inson qalbidagi cho‘ng iztirob va surur chizgilarini yonma-yon taqdim etayotgan iste’dod egalari, imkoni boricha, mustaqillik davri o‘zbek adabiyotini dunyoga olib chiqish, zamonaviy o‘zbek nasrini jahon adabiyotining durdonalari qatoriga qo‘shish orzusida ijod qilmoqda. Istiqlol davri nasrida o‘tgan asrdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning, mash’um sho‘rolar siyosati davridagi ziddiyatlarni, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashning o‘ziga xos talqinlari ham maydonga keldi. O‘tgan asrdagi insoniyatni larzaga solgan
mudhish hodisalardan biri – bu Ikkinchi jahon urushi. Ayni paytda, afg‘on urushi xunrezliklari to‘g‘risidagi mavzu ham adiblar nazaridan chetda qolgani yo‘q. Afg‘on urushi mavzusida kichik hikoyalar, e’tiborli qissalar yozildi; hujjatli-publitsistik asarlar bitildi; yirik hajmli romanlar ham shu mavzuga bag‘ishlandi.
4-ilova.
Aqliy hujum savollari .
1. Yangi davr nasridagi yetakchi asarlar asosan qanday mavzularda yaratildi?
2. Istiqlol yillarida yozilgan roman, qissa va hikoyalardan qaysilarini o‘qigansiz?
3. Bugungi yosh adiblarning nasriy asarlaridan qaysilarini bilasiz?
5- ilova .Uyga vazifa.Mavzuni o’qib ,o’zlashtirib kelish
Tasdiqlayman
O’quv ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari:________
|
| |