• 16.5. Moliyalashtirish manbalari
  • Kompaniya doirasida risklar diversifikatsiyasi




    Download 39.35 Kb.
    bet5/16
    Sana02.03.2024
    Hajmi39.35 Kb.
    #165443
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    16-mavzu. Kichik biznes moliyasi reja (1)
    tavsifnoma, minerologiya. qo\'shmurodov. umarova. ziyayevap., 6 topshiriq, 1670313446, 2-topshiriq psixika va ongning rivojlanishini tahlil qilish (ven, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar un
    Kompaniya doirasida risklar diversifikatsiyasi
    Biz oldingi boblardagi riskni pasaytirish va diversifikatsiyalash usullarini ko‘rib chiqqanda yirik kompaniyalar Aksionerlar i qoidaga ko‘ra uning faoliyatini diversifikatsiyalashga urinishdan foyda olmasliklarini aniqladik. Amaliyot mazkur xulosani tasdiqladi.
    Aksionerlar bunday ichki diversifikatsiyadan foyda ko‘rmaydilar, modomiki ular o‘z qimmatli qog‘ozlar portfellarini diversifikatsiyalash yo‘li bilan bunday natijaga erishishlari mumkin. Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, kichik biznes kompaniyalari Aksionerlari doimo ham buni qila olmaydilar. Shuning uchun kompaniyalarning o‘ziga xos riksini pasaytirishda ular uchun buni bajarish maqsadga muvofiq. Kompaniyalarning kichik ko‘lamini hisobga olib ichki diversifikatsiyalashdan ko‘riladigan foyda yirik kompaniyalarga qaraganda ancha past bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari diversifikatsiyalash kompaniya tomonidan faoliyatning ayrim shakllarini amalga oshirishga olib kelish ehtimoli mavjud, uni boshqarish uchun esa kompaniya yetarli layoqatga ega emas.
    16.5. Moliyalashtirish manbalari
    Bir necha yil mobaynida Buyuk Britaniyada hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan bir qator tadqiqotlar o‘tkazildi, ularning ko‘p qismi kichik biznes kompaniyalarini moliyalashtirishga tegishli edi. Masalan, 1980-yilda Uilson qo‘mitasi moliyaiv institutlar faoliyatini tahlil qildi. Har bir tadqiqot u yoki bu miqdorda kichik kompaniyalar uchun tashqi moliyaviy manbalarni jalb qilish yirik biznesga qaraganda katta qiyinchiliklar bilan sodir bo‘lishi va ancha qimmat turishini aniqladi. Shuning uchun ular asosan o‘z faoliyatidan olingan pul mablag‘laridan foydalanishga majbur.
    Yirik kompaniyalar asosiy moliyalashtirish manbasi sifatida taqsimlanmagan foydaga kuchli bog‘liq bo‘ladi, qimmatli qog‘ozlar so‘nggi yillar uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishning umumiy hajmining 25% ni tashkil qiladi.
    Shubhasiz, kichik biznes korxonalari moliyalashtirish olishda ayrim muammolar bilan haqiqatda to‘qnash kelmoqdalar. Kichik biznes tarmog‘ida o‘tkazilgan turli xil tadqiqotlar to‘g‘risidagi ma’ruza natijalari kichik biznes uchun tashqi moliyalashtirish amaliyotlarini yengillashtirishda ko‘p sonli loyiha hamda agentlarni tashkil qilishga turtki berdi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar kichik kompaniyalar uchun mumkin bo‘lgan moliyalashtirish manbalari ko‘p emasligini aniqladi, bunday manbalar mavjudligi to‘g‘risida esa kichik kompaniyalar rahbarlari yetarlicha xabardor emas. Buyuk Britaniyada kichik biznes faoliyatidagi axborot bo‘shliqlarini bartaraf qilishga zarurat aniqlandi.
    NatWest/SBRT tomonidan taqdim qilingan va Angliya banki tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, (Bank of England 2003b), eng kichik kompaniyalar jiddiy masalalarni moliyalashtirish imkoniyatiga ega emas deb hisoblanadi: faqatgina 1% kichik biznes subyektlari buni eng muhim muammo deb tan oldilar. Moliyalashtirishdan foydalana olish tadqiqotda faqatgigan ahamiyatiga ko‘ra o‘n birinchi muammo sifatida keltirildi. Ancha ko‘p respondentlar davlat boshqaruvi va qog‘ozbozlik muammolari, shuningdek, umumiy iqtisodiy muhitning muammolarini tan oldilar.
    Shubhasiz kichik kompaniyalar uchun tashqi moliyalashtirishni olish hali ham ma’lum qiyinchiliklar va katta xarajatlar bilan bog‘liq. Ammo mazkur kompaniyalardagi menejerlar va aksionerlar har qanday holatda ham mazkur masala bo‘yicha ta’sirga ega barcha subyektlar va ayniqsa, britaniya hukumati holatni yaxshilashga intilayotganligi sababli xotirjam bo‘lishlari mumkin.

    Download 39.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 39.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompaniya doirasida risklar diversifikatsiyasi

    Download 39.35 Kb.