O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
“ KOMPYUTER INJINIRINGI ” FAKULTETI
DASTURIY INJINIRING KAFEDRASI
“C++ DA DASTURLASH”
FANIDAN
Bajardi:
620-14 guruh
ZAYNIDDINOV Z
Qabul qildi:
ASRAYEV M
Farg’ona 2015
Mavzu: Android ilovalarini C++ dasturlash tilida yaratishning
afzalliklari
Texnologiyalar rivojlanayotgan zamonda deyarli barcha mobil telefonlaridan, ayniqsa,
Android telefonlaridan ko‘proq foydalanmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida, Android platformasi
uchun mobil ilovalarga bo‘lgan talabni oshiradi. Barcha mobil ilovalar foydalanuvchilarga
qulayliklar tug‘dirish uchun yaratiladi. Mobil ilovalarni yaratishda foydalanuvchilarning
talablariga katta ahamiyat beriladi va shunga qarab, dizayn ishlab chiqiladi. Mobil ilovalarni
yaratish uchun esa ko‘plab dasturlash tillari bor. Java, Delphi hamda C++ dasturlash tillari shular
jumlasidandir.
Umuman olganda, ixtiyoriy dasturlarni tayyorlash uchun translyatorlar kerak bo‘ladi, ya’ni
dasturiy tilni mashina tiliga o‘zgartirib, natijani olish vazifasini bajaradi. O‘z navbatida,
translyatorlar ham ikkiga bo‘linadi: kompilyatorlar va interpretatorlar. Interpretatorlardan
foydalanganda dasturni tayyor holga keltirish uchun alohida yuklovchi dasturlardan foydalanish
kerak bo‘ladi, ya’ni, interpretatorlar tayyor *.exe, *.apk kabi formatlardagi dasturiy kodni
chiqarib bera olmaydi, buning uchun qo‘shimcha yuklovchilardan foydalanib, kerakli platforma
tanlanib, dastur foydalanishga tayyor holga keltiriladi. Kompilyatorlar esa dasturni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri foydalanishga tayyor holga keltirib beradi. Java dasturlash tili interpretator, C++
dasturlash tili esa kompilyator hisoblanadi. C++ kompilyatorlari yildan-yilga yangilanib, ko‘proq
imkoniyatlarga ega holda ishlab chiqilmoqda. Kompilyatorlar yordamida hozirda istalgan
platforma uchun dastur yaratish imkoniyati mavjud. C++ dasturlash tili uchun dastlab Borland
kompaniyasi tomonidan C++ Builder kompilyatorlari ishlab chiqarilgan va Windows uchun
dastur tuzish qulayliklarga ega bo‘lgan. Bunda C++ dasturlash tili orqali mobil ilovalar yaratish
imkoniyati yo‘q edi. C++ Builder kompilyatorining keyingi versiyalarini esa Embarcadero
kompaniyasi ishlab chiqdi va 2014-yilda ishlab chiqarilgan XE6 versiyasidan boshlab C++
dasturlash tilida Android platformalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratib
berdi. Bu esa o‘z navbatida, dasturchilar uchun katta qulayliklar tug‘dirdi. Yangi kompilyator
ko‘plab qulayliklarga va yangliklarga ega bo‘lganligi tufayli dasturchilarda katta qiziqish
uyg‘otdi va hozirgacha foydalanib kelmoqda. Yangi kompilyator ishlab chiqilgan sayin uning
imkoniyati ortib bormoqda. C++ Builder XE7 kompilyatorida Android platformasi uchun
istalgan mobil ilova tuzish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, kompilyatorning yana bir katta
yutug‘i tuzilgan dasturni iOS operatsion tizimi, ya’ni iPhone mobil telefonlari uchun ham
kompilyatsiya qilish mumkin. Shu bilan birga, OS X operatsion tizimi uchun ham dasturni
kompilyatsiya qilib chiqarish mumkin.
C++ Builder kompilyatorining yuklanishi
Yuqorida keltirib o‘tilganlarini rasm orqali ifodalaymiz.
C++ Builder XE7 kompilyatori ishchi oynasining umumiy ko‘rinishi
Mobil ilova yaratishda barcha qulayliklar keltirilgan. Kompilyator dizayni dastur tuzishga qulay,
yangi komponentlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni qidirish funksiyasi (Search) qo‘shilgan. Bu
orqali kerakli komponentni izlash osonlashdi, buning uchun o‘sha komponentning nomini bilish
kifoya.
Mobil ilovaning yaratilish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Kompilyatorda dastur yaratish uchun bir
necha tanlovlar mavjud bo‘ladi, ular orasidan Multi-Device Applicationni tanlaymiz va
operatsion tizimni Android qilib belgilaymiz. Bo‘sh shaklni keraklicha to‘ldirib chiqamiz.
Dizayn yaratishda ko‘proq «Timage» komponentidan foydalanamiz. Shu tariqa, barcha
komponentlarni joylashtirib, dastur kodlarini yozganimizdan so‘ng navbat uni kompilyatsiya
qilishga keladi. Kompilyatorda Windows, Android, iOS, OS X operatsion tizimlari uchun
dasturni tayyor holga keltirish mumkin. Androidni tanlaymiz va uni kompilyatsiya qilamiz.
Mobil ilova formasi yaratilishi
Kompilyatsiya natijasi
Kompilyatsiya natijasida, biz yaratgan katalogda ko‘rsatilgan tartibda fayllar yaratiladi. Ko‘rib
turganimizdek, kompilyator *.apk formatda faylni yaratib berdi. Uni istalgan Android mobil
telefonlarida foydalanish mumkin. Yuqoridagilar natijasida Android platformalari uchun mobil
ilovalar yaratishda C++ dasturlash tilining afzalliklari va yutuqlarini ko‘rish mumkin.
|