17-ma’ruza Gazkondensat aralashmasining fazaviy o’zgarishi Reja




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#43862
  1   2   3
Bog'liq
17-ma\'ruza
Мустақил Иш ЭТҚ, Cementlew usillari, Gaz hám gaz kondensat tayarlaw, Mag2, kk, Attestatsiya, Mashhurlar IQ testlaridan qanday o, Yosh davrlarni tabaqalash va Yosh inqirozlari, Maqsadli Kvota SSV-2023 Lot, 5yil ish stajiga ega xotinqizlar uchun kvota2023, NATIJA 04.06.23, Фанларда касбга йўналтириш, 8-ma\'ruza SHYK, Етрон почтаа е маил малуготларни узатиш тармоги оркали ахборатларни бир фойдалонувчи елктрон кутисидан бошкасиникига жонатиш кабул кили шва малум вактгача сакланишини тамуловчи дастурийтехник воситаларн топламини


17-ma’ruza 
Gazkondensat aralashmasining fazaviy o’zgarishi 
Reja 
17.1. Gazkondensat aralashmasining fazaviy o’zgarishi. 
17.2. Bosim va haroratning o’zgarishida gazkondensat aralashmalarining 
fazaviy o’zgarishlarining analitik hisobi. 
Tayanch atamalar 
Gazkondensat, aralashma, fazaviy o’zgarish, UV bug’lari, ikki fazali, suyuq, 
izotermik, izobarik, termodinamik.
17.1. Gazkondensat aralashmasining fazaviy o’zgarishi. 
Tabiiy gazning alohida olingan UV(uglevodorod)li komponenti bosim 
oshirilganda yoki harorat tushganda suyuq holatga o’tishi mumkin. Ularning 
kondensatsiyasi kritik harorat va bosimgacha bo’ladi. Kritik ko’rsatkichlardan 
o’tgandan so’ng, ya’ni yuqori harorat va bosimda suyuqlik bilan bug’ orasidagi farq 
yo’qoladi va UV bir fazali holatga o’tadi. Toza UVning to’g’ridan-to’g’ri 
bug’lanishi bosim tushganda va harorat oshganda ro’y beradi. Kondensatsiya va 
bug’lanish jarayoni sakrash bilan o’tadi. Ularni maxsus UVlar bilan to’ldirilgan 
yopiq idishlarda bosim va haroratni kritik hududigacha o’zgartirilganda kuzatish 
mumkin. 
UV bug’lari aralashmasi oraliq ikki fazali holatdan o’tganda to’laligicha 
kondensatsiyalanishi mumkin. Bunday aralashmaning kritik ko’rsatkichlari bosim 
va haroratga bog’liq ravishda o’zgaruvchi komponentlarning kritik 
ko’rsatkichlaridan farq qiladi. UV aralashmasi kritik hududgacha to’g’ri 
kondensatsiya qonuniga bo’ysunadi, izotermik bosim oshishida oddiy ketma-
ketlikda o’tadi, ya’ni bug’dan (1-2 qism, 17.1-rasm) ikki fazali holatdan (2-3 qism) 
suyuq (3-4 qism) o’tadi. 
Qaytish ketma-ketligi harorat izobarik oshganda to’g’ri bug’lanish jarayonida 
o’tadi, ya’ni suyuqlikdan (a-v qism, 17.1-rasm) ikki fazali holatdan v-s qismdan s-d 
qismlarga o’tadi.
Kritik hududdan tashqarida UV aralashmasi o’zini o’zgacha tutadi. Bu 
izotermik bosim oshishi va izobarik haroratlarni aralashmaning kritik 
ko’rsatkichlaridan oshirganda namoyonlanadi. Bunda quyidagilar kuzatiladi: a) 
qaytish kondensatsiyasi – bug’dan (5-6 qism) ikki fazali holatdan (6-8 qism) yana 
bug’ga (8-9 qism) va b) qayta bug’lanish – suyuqlikdan (ye-f) ikki fazali holatdan 
(f-h) yana suyuqlikka (h-k) o’tadi.



Download 0.55 Mb.
  1   2   3




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



17-ma’ruza Gazkondensat aralashmasining fazaviy o’zgarishi Reja

Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish