|
17-Ma’ruza O‘zgarmaselektr toki. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. Berk zanjir uchunn Om qonuni. O‘tkazgichlarni ulash. Joul –Lens qonuni. Kirxgof qoidalari. Eletr yurituvchi kuch
|
bet | 2/4 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #145970 |
Bog'liq 2387337ba1e0b0249ba90f55b2ba2521fE+FT= q (E + ET) ta’sirida birlik musbat zaryadni zanjir bo‘ylab A nuqtadan V nuqtaga ko‘chirishda bajarilyshi lozim bo‘ladigan ish bilan xarakterlanuvchi fizik kattalik tushuniladi:
Kulon kuchlari ta’sirida birlik musbat zaryadni A dan V gacha ko‘chirsshda bajariladigan ish A va V nuqtalar potensiallarining farqi φA- φB ga teng. Tashqi kuchlar ta’sirida birlik musbat zaryadni zanjirning tekshirilayotgan qismida ko‘chirishda bajarilgan ish zanjirning shu I qismidagi manbaning elektr yurituvchi kuchi εAB teng. Shuning uchun
UAB=( φA- φB)+ εAB
Demak, zanjirning tekshirilayotgan qismidi EYUK ta’sir etmaydigan xususiy holda (ya’ni εab=0 bo‘lganda)
UAB=φA- φB
bo‘ladi. Kuchlanish ham, xuddi EYUK kabi, potensialning birliklarida, ya’ni volt (V) da o‘lchanadi.
Om qonuni
Om qonuni zanjirning bir qismidan o‘tayotgan tok kuchini shu qismning uchlaridagi kuchlanishga bog‘liqligini ifodalaydi. Agar zanjirning tekshirilayotgan qismida EYUK ta’sir etmasa zanjirning bir jinsli qismi bilan, aksincha, EYUK ta’sir etsa zanjirning bir jinsli bo‘lmagan qismi bilan ish tutayotgan bo‘lamyz. Om qonuni tajribalar asosida kashf etilgan qonundir. Uning to‘g‘riligi ko‘pgina tajribalar asosida isbotlandi. Bu qonunning mohiyati quyidagidan iborat: bir jinsli metall o‘tkazgich orqali o‘tayotgan elektr tokning kuchi ushbu o‘tkazgichning uchlaridagi kuchlaniщga to‘g‘ri proporsional:
/
г
I=U/R
Tok kuchining kuchlanishga bog‘liqlik I= f(U) grafigi metall o‘tkazgichlar uchun (4.4-rasm) koordinata boshidan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lar ekan. Bu to‘g‘ri chiziqning U o‘qi bilan hosil qilgan burchagi (4.9) ifodadagi R ga bog‘liq. R — o‘tkazgichning elektr qarshiligi, u zaryadlarning‘ tartibli harakatiga o‘tkazgich ko‘rsatadigan qarshilikni xarakterlaydi. O‘tkazgich qarshiligining birligini (4.9) ifodadan foydalanib topish mumkin: ikki uchidagi kuchlanish 1 V bo‘lganda 1 A tok o‘tadigan o‘tkazgichning elektr qarshiligi birlik sifatida qabul qilingan va unga 1 Om deb nom berilgan.Elektr qarshiliqka teskari bo‘lgan kattalikni elektr o‘tkazuvchanlik deb ataladi, uning o‘lchov birligi simens (Sm): 1 Sm — elektr qarshiligi 1 Om bo‘lgan o‘tkazgichning elektr o‘tkazuvchanligidir.
Elektr qarshilikning o‘lchamligi L 2 MT -3 I -2 elektr o‘tkazuvchanlikniki esa L 2 MT -3 I -2 bo‘ladi.
18-4. Solishtirma qarshilik
Metall o‘tkazgichning qarshiligi uning uzunligi ga to‘g‘ri proporsional va ko‘ndalang kesim yuzasi ga teskari proporsional ekanligi tajribada tasdiqlangan:
(18.8)
bu erda koeffitsient - (grekchadan “ro”) solishtirma qarshilik deb ataladi va o‘tkazgich moddaning xarakteristikasi hisoblanadi. Bu sog‘lom fikrga mos keladi: yo‘g‘on o‘tkazgichning qarshiligi ingichka o‘tkazgichning qarshiligidan kamroq bo‘lishi kerak, chunki chunki yo‘g‘on o‘tkazgichda elektronlar katta yuzada ko‘chadilar. Va o‘tkazgichning uzunligi ortishi bilan qarshilikning ortishini kutish mumkin, chunki elektronlar yo‘lidagi to‘siqlar soni ko‘payadi. Odatda larda o‘lchanadi. 18-1-jadvalning o‘rtadagi ustunida turli o‘tkazgichlar, dielektriklar va yarimo‘tkazgichlar uchun ning odatdagi qiymati keltirilgan. Kumush eng kam solishtirma qarshilikka ega, shuning uchun eng yaxshi o‘tkazgich hisoblanadi, biroq u qimmat. Undan keyin mis turadi, nima uchun o‘tkazgichlar kumushdan tayyorlanishi tushunarli, albatta. Alyuminiyning solishtirma qarshiligi misnikidan kattaroq, lekin zichligi kichik, va ba’zi hollarda afzalroqdir, chunki o‘shanday massali alyuminiyning qarshiligi misnikidan kichikroq bo‘lib chiqadi1.
18-1-jadval
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
17-Ma’ruza O‘zgarmaselektr toki. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. Berk zanjir uchunn Om qonuni. O‘tkazgichlarni ulash. Joul –Lens qonuni. Kirxgof qoidalari. Eletr yurituvchi kuch
|