• Elektron pochta
  • Elektron pochta xizmatidan foydalanish.
  • Xat yozish tartibi
  • Nazorat uchun savollar: 1.Elektron pochta tushunchalarini aytib bering 2.Elektron pochtadan foydalanish
  • 17-Mavzu: Internet. Elektron pochta, mijoz




    Download 349 Kb.
    Sana21.11.2023
    Hajmi349 Kb.
    #102888
    Bog'liq
    17-mavzu


    17-Mavzu: Internet. Elektron pochta, mijoz dasturiy ta’minoti.

    Reja:


    1. Elektron pochta.

    2. Elektron pochtadan foydalanish

    3. Xat yozish tartibi.

    - Internetning asosiy xizmat turlaridan biri bu Elektron pochtadir. Hozirgi paytda internetdan foydalanuvchilarning aksariyati elektron pochtadan foydalanishadilar. Lekin Elektron pochtadan to‘g‘ri va unimli foydalanish talab etiladi. Sizlarga taqdim etadigan ko‘rsatmalarimiz elektron pochtadan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar o‘rin olgan.


    Elektron pochta
    Elektron pochta (e-mail-electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi.U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlar jo‘natilishini ta’minlaydi. Uning asosiy afzalligi vaqtga bog‘liq emasligida. Elektron xatlar jo‘natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olguniga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, programm fayllarni o‘z ichiga olishi mumkin. Elektron xatlar bir vaqtning o‘zida bir necha adreslar bo‘yicha jo‘natilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki Internetning asosiy xizmat programmalari bilan interfeysga ega. Bunday yondashuvning mohiyati shundaki, xost-kompyuterga talab elektron xat ko‘rinishida jo‘natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta’minlovchi standart yozuvlar to‘plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter komanda sifatida qabul qiladi va bajaradi.
    Elektron pochta xizmatidan foydalanish.
    Internet elektron pochta xizmatini ko‘rsatadi. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus programma bo‘lib, uning yordamida siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo‘natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xay bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog‘i yoki Internet tarmog‘iga bog‘langan bo‘lishingiz va elektron adresga ega bo‘lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o‘zingizga electron adres ochishingiz mumkin. Quyidagi rasm orqali http://www.mail.ru sistemasi orqali pochta ochilishini ko‘rishingiz mumkin. Uning uchun biz avval registrasiyadan o‘tishimiz lozim. http://www.mail.ru sistemasi orqali "Регистрациявпочте" bosamiz. natijada quyidagi anketalarni tuldirish lozim bo‘ladi:
    S hundan sung "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasi bosiladi. Agar biz tanlagan login oldindan registratsiyadan o‘tmagan bo‘lsa, to‘gridan to‘gri pochta ochiladi. Aks holda boshqa login tanlash haqida ogohlantiradi:
    Biz tanlagan loginimiz oldindan kiritilganligini eslatib boshqa login tanlashimizga ruxsat beradi. Shundan so‘ng biz boshqa login tanlab "Зарегистрироватьпочтовыйящык" tugmasini bosamiz va natijada yangi elektron pochtaga ega bo‘lamiz.

    Mana o‘zimizning shaxsiy elektron pochtamizga ega bo‘ldik. Elektron adres odatda e-mail deb ko‘rsatiladi. Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni yuborayotgandek, uning kimga, qayerga va kimdanligini yozishingiz shart. Siz xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so‘ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so‘ng xat ko‘rsatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi.


    Yani har bir foydalanuvchi o‘zining pochta qutisiga ega. Umimiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo‘natiladi.
    Xat yozish tartibi
    Pochtangizga kirib, "Написатьписьмо" tugmasini bosamiz va quyidagilarni bajaramiz.
    Кому maydonida tanishingizni elektron adresini yozasiz. masalan, akodirov@doda.uz
    Kопия maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslarini yozish lozim. Ya’ni xatni bir necha kishiga yuborish zarur bo‘lganda.
    Тема maydonida xat mavzusini yozamiz. Masalan, "Tabrik"
    Pastki katta darchada esa xat matni yoziladi. Masalan, "Assalomu alaykum hurmatli Ahmadjon Qodirov
    Sizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Hurmat bilan Munisaxon"
    Xatni to‘g‘ri yozganingizni quyidagi rasm orqali solishtirib, tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
    So‘gra "Отправить" tugmasini bosamiz. Natijada xat jo‘natilganlik haqida ma’lumotni ko‘rishingiz mumkin.

    Demak, Siz internetda elektron pochtadan foydalanmoqchi bo‘lsangiz mail.ru sistemasidan boshqa elektron pochta xizmat turlari mavjud. Bulardan- www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.yandex.ru, www.rambler.ru vahokozolar. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham ko‘plab serverlar xizmat ko‘rsatmoqda (www.doda.uz, www.iguzar.com), ushbu sahifalariga kirib elektron pochtasidan foydalanishingiz mumkin.




    Nazorat uchun savollar:
    1.Elektron pochta tushunchalarini aytib bering?
    2.Elektron pochtadan foydalanish tartibini aytib bering?
    3.Xat yozish tartibi nimalardan iborat?
    Download 349 Kb.




    Download 349 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    17-Mavzu: Internet. Elektron pochta, mijoz

    Download 349 Kb.