• Magnit maydoni va uning xossalari.
  • 18-Ma’ruza. Magnitli va elektr separatorlar. Reja: Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari




    Download 0.72 Mb.
    bet1/10
    Sana09.05.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #57826
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    18-Ma\'ruza
    South Korea, 6-sinf-matematika5, 6-sinf-matematika-n sh-savollari 1397-7-9-17-34, 5-ma\'ruza, 4-ma\'ruza

    18-Ma’ruza. MAGNITLI VA ELEKTR SEPARATORLAR.
    Reja:
    1. Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari
    2. Mаgnit sеpаrаtоrlаrining turlаri, tuzilishi vа ishlаsh prinsiplаri
    3. Elektr usulida boyitis asoslari
    4. Elektr separatorlarining turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari

    Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, ruda zarrachalariga magnit va mexanik kuchlar bilan ta’sir qilinganda, har xil magnit xossasiga ega bo’lgan zarrachalar har xil harakatlanish trayektoriyalariga ega bo’ladi.


    O’zlarining trayektoriyalari bo’ylab harakatlanib, magnit va nomagnit zarrachalar magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib, bu mahsulotlar bir-biridan faqat magnit xossasi bilangina emas, balki o’zining moddiy tarkibi bilan ham farq qiladi [1].
    Magnit usulidi boyitish qora va rangli metallar rudalarini boyitishda, magnitli og’irlashtirgichlarni regeneratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni yo’qotishda qo’llaniladi.
    Ruda zarrachalarini magnit xossalariga qarab ajratish sodir bo’ladigan mashinalar magnit separatorlari deb ataladi.
    Separatorning ishchi zonasi deb ataluvchi zonasida magnitli ajratish olib borish uchun kuchlanganligi har xil nuqtalarda har xil bo’lgan magnit maydoni hosil qilish kerak.
    Bunday magnit maydoni bir jinsli bo’lmagan maydon deyiladi.
    Magnit usulida boyitish uchun faqat magnitli zarrachaga ta’sir qiluvchi magnit kuchlarini hosil qiluvchi bir jinsli bo’lmagan magnit maydoni ishlatiladi. Undan tashqari magnit maydoni yetarli darajadagi kuchlanganlikka ega bo’lishi kerak. Ruda zarrachalarining magnitlanish qobiliyatiga qarab ularning ajralishi kuchli va kuchsiz magnit maydonlarida olib boriladi.
    Magnit maydoni va uning xossalari. Magnit maydoni materiyaning maxsus shakli bo’lib, fazoda ma’lum turdagi kuch tarzida namoyon bo’ladi va bu kuchlar o’zlarining magnitlangan jismlarga ko’rsatiladigan ta’siri bilan bir-biridan farq qiladi.
    Bu kuchlarning magnitlangan jismlarga ta’siri bu jismlarda tez harakatlanuvchi ichki molekulyar elektr zaryadlarining mavjudligi bilan tushuntiriladi.
    Magnit maydoni kuch chiziqlari holida ifodalanib, ularning umumiy soni magnit oqimi F deb ataladi. Magnit oqimining o’lchov birligi SI sistemasida Veber (Vb).
    Magnit maydonining asosiy xarakteristikasi - magnit induksiyasi V hisoblanib, u son jihatdan 1 sm2 yuzani kesib o’tuvchi kuch chiziqlari soniga teng. Magnit induksiyasining o’lchov birligi tesla (Tl).
    Magnit maydonidagi magnitlangan jismning xarakteristikasi sifatida magnit momenti ishlatiladi, u son jihatdan 1 Tl induksiyali magnit maydonida, jism tomonidan his qilingan (seziladigan) mexanik momentga teng. Magnitlanganlik - magnit maydonining yana bir muhim xossasi, o’lchov birligi A/m. Magnit maydoni kuchlanganlik bilan harakaterlanadi. Musbat magnit massasi birligiga berilgan nuqtada ta’sir qiluvchi kuch magnit maydonining kuchlanganligi deyiladi [11].
    Magnitlanish intensivligining magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati jismning hajmiy magnitlanishga moyilligi deyiladi.
    Agar hajmiy magnitlanishga moyillikni massa birligiga nisbatini olsak, u solishtirma magnitlanishga moyillik deyiladi.
    Solishtirma magnitlanishga moyillik minerallarning magnit xossalarini xarakterlaydi. U minerallarning tashqi maydon ta’sirida o’zining magnit momentini o’zgartira olish qobiliyatini ko’rsatadi.
    Bir jinsli bo’lmagan magnit maydoni maydon gardishini, ya’ni fazoda kuchlanganlik tezligining o’zgarishi bilan xarakterlanadi.
    Maydon gradiyentini shu nuqtadagi kuchlanganlikka ko’paytmasi magnit kuchi deyiladi.
    Maydonning istalgan nuqtasidagi kuchlanganligi kattalik va yo’nalish bo’yicha bir xil bo’lgan magnit maydonlari bir jinsli magnit maydoni deyiladi.
    Hamma jismlar o’zining magnit xossalariga qarab diamagnit, paramagnit va ferromagnit minerallarga bo’linadi.
    Diamagnit minerallar manfiy magnitlanishga moyilikka ega va bir jinsli bo’lmagan magnit maydonidan itariladi. (mis, alyuminiy, vismut, surma).
    Paramagnit minerallar odatdagi sharoitda musbat magnitlanishga moyillikka ega va kuchli tashqi magnit maydoni ta’sirida ular magnitlanadi va magnit maydoniga tortiladi.
    Ferromagnit moddalarning magnitlanishga moyilligi paramagnitlarnikiga nisbatan ancha katta va ularni magnitlash uchun nisbatan kuchsiz magnit maydoni talab qilinadi. (temir, nikel, kobalt). FeO, FeS.
    Boyitishda mineral zarrachalar solishtirma magnitlanishga moyillikning kattaligiga qarab klassifikatsiyalanadi va u bo’yicha hamma minerallar 3 ta guruhga bo’linadi [1].

    Download 0.72 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    18-Ma’ruza. Magnitli va elektr separatorlar. Reja: Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari

    Download 0.72 Mb.