|
18-mavzu. Nobank moliya-kredit muassasalari
|
bet | 8/9 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 169,5 Kb. | | #99024 |
Bog'liq 18-mavzu. Nobank moliya-kredit muassasalari18.5 Lombard tashkilotlari
Lombard tashkilotlari deganda qimmatbaho metallarni garovga olgan holda kredit beruvchi yuridik shaxs maqomiga ega tashkilotlar tushuniladi. Lombard tashkilotlari jismoniy shaxslarga o‘zining moliyaviy xizmatlarini ko‘rsatadi.
Lombard faoliyatini amalga oshirishga maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan holda lombardlar faoliyati fakat ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Lombardlar faoliyatini litsenziyalashni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi.Lombardlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya belgilanmagan muddatga beriladi. Litsenziyani boshqa yuridik shaxsga berish taqiqlanadi. Lombardlar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya qonunchilikda tegishli tashkiliy – huquqiy shakl uchun belgilangan eng kam ustav fondi miqdori shakllantirilgan holda, lombard sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan yuridik shaxsga berilishi mumkin. Lombardning ustav fondi lombard muassislari to‘lagan pul mablaglaridan shakllantiriladi. Kreditga va garovga olingan mablaglardan hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lardan lombardning ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lombard shtatida baxolash faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega va maxsus kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan malakali mutaxassislar bo‘lishi shart.
Lombardlar tomonidan amalga oshiriladigan xizmat turlari:
Lombardlar fuqarolarga shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mulk garov ostida qisqa, lekin, 3 oydan ko‘p bo‘lmagan, muddatli kreditlar beradilar.
Lombardlar amalda shakllantirilgan ustav fondining 50% idan oshmaydigan miqdorida bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘larini jalb qilish huquqiga ega.
Lombard, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etilganda, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi.
Lombard garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mulkdan foydalanish va tasarruf etishga haqli emas.
Kreditlarni rasmiylashtirish va berish tartibi:
Garov ostida kreditning berilishi lombard bilan fuqaro o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi;
Lombard undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mulkni qabo‘l kilish huquqiga ega emas;
Kredit olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi;
Lombardga ashyo garovi bilan ta’minlangan kreditning summasi belgilangan muddatda qaytarilmagan holda, lombard garovga qo‘yilgan ashyoni sotish uchun belgilangan tartibda, imtiyozli 1 oylik muddatdan so‘ng notariusning yozma ijro varaqasi asosida ushbu mulkni sotish huquqiga ega;
Agar garovga qo‘yilgan mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshib ketsa, tafovuti garovga qo‘yuvchiga to‘lanadi.
Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi:
Lombard faoliyatini amalga oshirishga maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan holda lombardlar faoliyati faqat ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi
Lombardlar faoliyatini litsenziyalashni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi.
Lombardlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya belgilanmagan muddatga beriladi.
Litsenziyani boshka yuridik shaxsga berish taqiqlanadi.
Lombardlar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya qonunchilikda tegishli tashkiliy – huquqiy shakl uchun belgilangan eng kam ustav fondi miqdori shakllantirilgan holda, lombard sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan yuridik shaxsga berilishi mumkin.
Lombardning ustav fondi lombard muassislari to‘lagan pul mablag‘laridan shakllantiriladi.
Kreditga va garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lardan lombardning ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi
Lombard shtatida baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega va maxsus kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan malakali mutaxassislar bo‘lishi shart.
|
| |