Kredit kooperativ va uyushmalari




Download 169.5 Kb.
bet3/9
Sana15.11.2023
Hajmi169.5 Kb.
#99024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
18-mavzu. Nobank moliya-kredit muassasalari
Festivals, ADOBE ILLUSTRATOR CS6 YUKLAB OLISH, 1-mavzu pul va banklar, 1-Mavzu Model va modellashtirish tushunchalari. Matematik va ax, “ТАШКЕНТ-ХЛЕБНЫЙ ГОРОД. ТОШКЕНТ-СОВРЕМЕННҚЙ МЕГАПОЛИС.” (ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВСЕХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ), Banklarda depozit operatsiyalari hisobi, 1. Nomanfiy butun sonlar haqida O’nlik sanoq sistemasida amallar, 1307236, O‘RQ-644 27.10.2020, а, O\'zbek tilining tarixiy grammatikasi Fonetika, morfologiya, sintaksis, 14-05 05-49, 7-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari, 18. Жигар патофизиологияси, 1-kurs 1-semestr YN test savollari (4)
18.2. Kredit kooperativ va uyushmalari

Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontsepsiyasi 1850-yilda Germaniyada, aholining kam ta’minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo‘lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shultse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo‘lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko‘mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo‘lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik Kredit Uyushmalari Assotsiatsiyasini tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta’minlash bilan shug‘ullangan.


Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo‘lib, u uyushma a’zolariga tegishli va ularga demokratik prinsiplar asosida xizmat ko‘rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg‘armalarni jalb qilish, umumiy mablag‘lardan a’zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a’zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o‘z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya’ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo‘ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog‘liq emas. Kreditlash ushun mo‘ljallangan mablag‘larning asosiy manbai jamg‘arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu mablag‘larning o‘sishi jamg‘armalarni safarbar qilishning o‘sishiga, kredit uyushmasining ishida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o‘sishga bog‘liqdir.
Kredit uyushmalari bilan banklar o‘rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, kredit uyushmasi kishilarning biror-bir guruhiga ularga tegishli bo‘lgan mablag‘larni saqlash va bir-birlariga kredit berish imkonini beradigan moliyaviy kooperativ hisoblanadi, unga aksiyadorlar emas, balki ishtirokchilarning o‘zlari demokratik tamoyillar asosida egalik va rahbarlik qiladilar. Bundan tashqari, kredit uyushmalarining banklardan farqi shundaki, kredit uyushmasi asosiy maqsadi jamg‘armalarni safarbar qilish bo‘lgan institut hisoblanadi, bunda foyda olish asosiy maqsad hisoblanmaydi. Aksariyat hollarda banklar bir aholi punktida joylashgan aholi va korxonalardan depozitlarni qabo‘l qiladi, va ushbu mablag‘larni boshqa bir joyda sarmoya qiladi. Bundan farqli ularoq, kredit uyushmasining barcha kreditlari ular taqdim etilgan hamjamiyat doirasida qolishi, kredit uyushmasining barcha foydasi esa (operatsion xarajatlar qoplanib, kapitallashtirish bo‘yisha talablar bajarilib, kreditlar bo‘yisha zararlarni qoplashga zaxiralar barpo etilganidan so‘ng) hamjamiyatga pay badallari bqyisha dividendlar shaklida qaytarilishi kerak yoki uning ishonchliligi va xavfsizligini mustahkamlash ushun zarur bo‘lgan kapitallashtirishni amalga oshirish uchun qoldiriladi. Bankda nazorat jamlangan, ovoz huquqi esa aksiyadorlik kapitalida egalik qilish ulushidan kelib chiqib belgilanadi. Bu nazoratni bir nechta yirik aksiyadorning amalga oshirishiga yo‘l qo‘yadi. Kredit uyushmasida nazorat bir yerda jamlanmagan. Pay badali miqdoridan qat’iy nazar, bir ishtirokchi bir ovozga egadir.
Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo‘lib, unga a’zo bo‘lgan har bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag‘ingiz sizning “ulushingiz”ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi i yoki tushib ketishi mumkinbo‘lgan aksiyalardan farq qiladi.
Pay badallari hisobvaraqlari bo‘yisha dividendlar to‘lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo‘lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi. Faqat ishtirokchilar tomonidan saylanadigan KU direktorlar kengashi dividendlar miqdorini KU daromadlaridan kelib chiqib belgilaydi. Foizlar (dividendlar) miqdori kredit uyushmasining moliyaviy holati qanchalik maqbo‘l ekanligiga bog‘liq.
Kredit uyushmasidan uning a’zosi chiqqanda yoki chiqarilganda pay badali kredit uyushmasining a’zosiga, uning kredit uyushmasi oldidagi barcha qarzi uzilganidan keyin, qaytariladi.



Download 169.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 169.5 Kb.