• 18.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi.
  • 18-mavzu. Nobank moliya-kredit muassasalari




    Download 169.5 Kb.
    bet1/9
    Sana15.11.2023
    Hajmi169.5 Kb.
    #99024
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    18-mavzu. Nobank moliya-kredit muassasalari
    Festivals, ADOBE ILLUSTRATOR CS6 YUKLAB OLISH, 1-mavzu pul va banklar, 1-Mavzu Model va modellashtirish tushunchalari. Matematik va ax, “ТАШКЕНТ-ХЛЕБНЫЙ ГОРОД. ТОШКЕНТ-СОВРЕМЕННҚЙ МЕГАПОЛИС.” (ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВСЕХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ), Banklarda depozit operatsiyalari hisobi, 1. Nomanfiy butun sonlar haqida O’nlik sanoq sistemasida amallar, 1307236, O‘RQ-644 27.10.2020, а, O\'zbek tilining tarixiy grammatikasi Fonetika, morfologiya, sintaksis, 14-05 05-49, 7-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari, 18. Жигар патофизиологияси, 1-kurs 1-semestr YN test savollari (4)

    18-MAVZU. NOBANK MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI


    Reja:
    18.1 Nobank moliya-kredit muassasalarining zarurligi.
    18.2. Kredit kooperativ va uyushmalari
    18.3. Jamg‘arma tashkilotlari: boshqarish va strukturasi
    18.4 Mikrokredit tashkilotlari
    18.5 Lombard tashkilotlari


    Tayanch so’zlar: kredit uyushmalari
    mikrokredit tashkilotlari
    lombardlar
    faktoring kompaniyalari
    kredit kooperativlari
    kredit agentliklari
    hisob-kitob muassasalari
    Mikrokredit
    Mikroqarz
    Mikrolizing
    Faktor kompaniyasi
    Sotib oluvchi
    Mol yetkazib beruvchi


    18.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi.

    Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo‘lgan kredit tashkiloti tushuniladi.


    Biroq, nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Masalan: ular tijorat banklari amalga oshiradigan quyidagi muhim operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega emas:

    1. Yuridik va jismoniy shaxslarga hisob raqam ochish va yuritish

    2. Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini depozit hisob raqamlariga jalb etish

    3. Mazkur pul mablag‘larini o‘z nomiga joylashtirish

    Har qanday mamlakatning kredit tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib tijorat banklari hisoblanadi.Ammo tijorat banklari harqanday operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi. Shu sababli alohida bank operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan kredit tashkilotlari paydo bo‘ldi .
    Nobank moliya tashkilotlari asosan quyidagilarga ko‘maklashadi:

    • kam ta’minlangan aholini tadbirkorlikka jalb etishga;

    • kambag‘allikni qisqartirishga, insonlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishiga;

    • ayollarni iqtisodiy jarayonlarga jalb etib, gender muaamosini echishga:

    • yangi ish o‘rinlari yaratishga;

    • moliya bozorida yangi segmentni yaratilishiga va h.k.

    Nobank moliya tashkilotlari funksiyasini iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarga bo‘lish mumkin:
    Iqtisodiy funksiyasi - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga, aholini ushbu jarayonga jalb qilinishiga, shuningdek, kichik biznesni yiriklashishiga va mulkdorlar qatlamini yaratilishi ko‘maklashishdir.
    Yangi moliya tuzilmasi sifatida - moliya tizimini kengayishi va mustaxkamlashiga, jamg‘armalar va kreditlarni bozorini diversifikatsiyalashga ko‘maklashadi. Shuningdek, keyinchalik banklardan kredit olish uchun kredit tarixini yaratish vositasi ham hisoblanadi.
    Dunyo tajribasiga ko‘ra moliya tashkilotlari uchta guruhga bo‘linadi:

    • rasmiy institutlar;

    • yarim rasmiy institutlar;

    • norasmiy institutlar.

    Rasmiy moliya institutlari mikromoliya xizmatlari ko‘rsatib, ularning faoliyati umumiy qonunchilik bilan birga banklarning regulyativ qoidalari bilan tartibga solinadi. Shuning uchun bunday moliya institutlari banklar singari nazorat kilinadi.
    Yarim rasmiy moliya institutlari umumiy qonunchilikka bo‘ysunadilar, lekin ularning faoliyati banklarning regulyativ qoidalari bilan tartibga solinmaydi.
    Norasmiy institutlarga esa umumiy tijorat hamda banklar qonunchiligi ko‘llanilmaydi.
    Xalqaro amaliyotda nobank kredit tashkilotlariga quyidaglar kiradi:

    1. Kredit uyushmalari. Ular faqat o‘z-o‘zlariga depozit qabo‘l qiladi va o‘z-o‘zlariga kredit beradi.

    2. Mikrokredit tashkilotlari. Mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta’minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabo‘l qilish huquqiga emas.

    3. Lombardlar oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo‘li bilan kredit beradi.

    4. Lizing kompaniyalari

    5. Faktoring kompaniyalari.

    Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to‘la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi.

    1. Moliyaviy lizing

    2. Operativ lizing

    Faktoring kompaniyalari tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan shug‘ullanadi.
    Kliring muassasalari. Kliring palatalari banklar o‘rtasida to‘lov instrumentlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

    • Kredit kooperativlari ma’lum bir sohada faoliyat yuritayotgan subyektlarni kreditlash maqsadida tashkil etilgan.

    • Pensiya fondi

    • Inkassatsiya tashkilotlari. Bu tashkilotlar naqd pullardan va to‘lov hujjatlarini inkassatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Lekin O‘zbekistonda bunday tashkilotlar yo‘q. Respublikamizda naqd pullarni inkassatsiya “Respublikamiz inkassatsiya birlashmalari” tomonidan amalga oshiradi.

    • Sug‘urta kompaniyalari.

    Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega: Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshiradi.
    Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo‘ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Chunki nobank kredit tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata oladi.




    Download 169.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 169.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    18-mavzu. Nobank moliya-kredit muassasalari

    Download 169.5 Kb.