• Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy tushunchalari
  • 18.1 - rasm. OKning shartli (a) va standart grafik (b) belgilanishi.
  • 18-Mavzu: Operatsion kuchaytirgichlar Reja: Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy tushunchalari




    Download 10,54 Kb.
    bet1/4
    Sana10.02.2024
    Hajmi10,54 Kb.
    #154099
      1   2   3   4
    Bog'liq
    18-Mavzu Operatsion kuchaytirgichlar-azkurs.org


    18-Mavzu: Operatsion kuchaytirgichlar

    18-Mavzu: Operatsion kuchaytirgichlar

    Reja:

    1. Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy tushunchalari

    2. Matematik amallarni bajaruvchi operatsion kuchaytirgichlar

    3. (differensiator, integrator va logorifmlovchi sxemalar)

    Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy tushunchalari


    • Operasiyey kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffisiyentiga ega bo‘lgan (K^=104+106) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash, generasiyalash, signallarni barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi.

    • OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi 18.1, a - rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, uning tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi tahrirlovchi elementlar ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi 18.1, b - rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish manbaiga ulanish elektrodlaridan tashqari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik ACHX ko‘rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham ko‘rsatilgan.

    18.1 - rasm. OKning shartli (a) va standart grafik (b) belgilanishi.

    FC - OK ni ACHX sini krrektlash uchun zanjirga ulash chiqiqlari;


    NC – doimiy tok bo’yicha elementlarni ulash, xamda metal korpusga umumiy minusni ulash.
    2 - Inverslaydigan kirish;
    1- Inverslamaydigan kirish.
    OK ikkita kirishga ega: inverslaydigan (aylana yoki "-" ishora bilan belgilangan) va inverslamaydigan. Agar signal OKning inverslaydigan kirishiga berilsa, u holda chiqishdagi signal 1800 ga siljigan, ya’ni inverslangan bo‘ladi.
    Agar signal OKning inverslamaydigan kirishiga signal berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish signali bilan bir xil fazada bo‘ladi.

    Download 10,54 Kb.
      1   2   3   4




    Download 10,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    18-Mavzu: Operatsion kuchaytirgichlar Reja: Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy tushunchalari

    Download 10,54 Kb.