• Uslubiy ko`rsatmalar
  • Nazorat savollari
  • 19 Laboratoriya ishi Mavzu: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish Ishdan maqsad




    Download 1,26 Mb.
    Sana28.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #255696
    Bog'liq
    19-Laboratoriya ishi


    19 Laboratoriya ishi
    Mavzu: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish
    Ishdan maqsad: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratishni o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish.
    Masalani qo`yilishi: C++ builder 6 dasturining ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan komponentalarni o`rganish va ular ishtirokida ma`lumotlar bazasi ma`lumotlari bilan oddiy interfeys yaratish. Ma`lumotlar bazasi sifatida Oracle va interfeys sifatida C++ builder 6 dasturlari o`rtasida aloqa o`rnatish.
    Uslubiy ko`rsatmalar: C++ dasturlash tilida ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan ADO, DataAccess, DataControl va dbExpress kabi komponenta bo`limlari mavjud. Ular orqali ma`lumotlar bazasi ustida amallar bajarilishi mumkin. Interfeysda ma`lumotlar bazasini chaqirish uchun ADOConnection, ADOQuery va DataSource komponentalaridan foydalanish kifoya. Ma`lumotlar bazasidagi ob`yektni aks ettirish uchun esa DBGrid komponentasidan foydalaniladi. DBGrid komponentasi jadvallarni aks ettiradigan komponenta hisoblanadi.
    ADOConnection komponentasi ADO bo`limida joylashgan bo`lib, u ma`lumotlar bazasi bilan aloqa o`rnatishga xizmat qiladi.
    ADOQuery komponentasi ham ADO bo`limida joylashgan bo`lib bog`langan ma`lumotlar bazasiga so`rovlar yozishda ishlatiladi.
    DataSource komponentasi esa Data Access bo`limida joylashgan bo`lib, so`rovlarni dbGrid komponentasi, ya`ni so`rovlarni jadvallarda aks ettiradi.
    Yuqorida ko`rib chiqilgan komponentalar ma`lumotlar bazasi bilan aloqa o`rnatishda muhim komponentalar hisoblanadi. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimining qaysi turi bo`lishidan qat`iy nazar bu komponentalardan foydalaniladi. Shunday ekan C++ builder 6 dasturi va Oracle ma`lumotlar bazasi bog`lashni ko`rib chiqilgan.

    7.1 rasm. C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi
    7.1 rasmda C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi keltirilgan bo`lib, ma`lumotlar bazasi bilan aloqa o`rnatishda ADO va DataAccess bo`limlaridan foydalaniladi. Avvalo bu uchta komponentani ishga tushirish kerak bo`ladi. Bu komponentalar dastur ishga tushganda ko`rinmaydi. Ular forma osti komponentalari hisoblanadi.

    7.2 rasm. Asosiy komponentalarni ishga tushirilishi
    7.2 rasmda asosiy komponentalar ishga tushirilgan. Keyingi qadam har bir komponentani xususiyatiga o`zgartirishlar kiritish bilan bo`g`liq. Birinchi navbatda ADOConnect komponentasi xususiyatining kerakli sozlamalari kiritiladi.

    7.3. rasm. ADOConnection komponentasining xususiyati
    ADOConnection komponentasining xususiyatlarini kerakli bo`limlariga o`zgartirishlar kiritilishi shart. Bulardan biri ConnectionString xususiyatidir. Uni ishga tushirganimizda 7.3 rasmdagi oyna hosil bo`ladi. Ma`lumotlar bazasi bilan aloqa o`rnatishimiz uchun undagi “Build” tugmasi bosiladi va ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimiga moslab kerakli bo`limi tanlanadi. Masalan Oracle bilan bog`lanishni amalga oshirish uchun “Microsoft OLE DB Provider for Oracle” bo`limi tanlanadi.

    7.4 rasm. MBBTni tanlash oynasi
    Ushbu bo`lim tanlanib “Далее” tugmasi bosiladi va 7.5 rasm hosil bo`ladi.

    7.5 rasm. MBBT bilan bog`lash bo`limi
    7.5 rasmda ko`rsatilgan oyna asosiy qilinadigan amallardan tashkil topgan. Bunda server nomini kiritish talab etiladi. Agar Oracle serverga joylashmagan bo`lsa shaxsiy kompyuterni IP adressini yozish kifoya. Keyingi qadamda esa MBBT foydalanuvchi nomi va paroli kiritiladi. So`ralgan ma`lumotlar kiritilgandan so`ng ma`lumotlar bazasi bilan bog`langanligini tekshirib ko`rish mumkin va “OK” tugmasi bosiladi.

    7.6 rasm. ADOQuery komponentasi xususiyatlari
    ADOQuery komponentasining Connection xususiyatini “ADOConnection1” va DataSource xususiyatini “DataSource1” nomlari bilan belgilash maqsadga muvofiq. Bunda uchta komponenta bir biri bilan aloqa bo`ladi.
    Keyingi qadam esa ADOQuery komponentasining SQL xususiyatga so`rov yozish bilan davom ettiriladi.

    7.7. rasm. SQL xususiyati oynasi
    ADOQuery komponentasining Active xususiyatiga “True” belgilanadi. Shundagina kiritilgan so`rov ishga tushadi va tekshiriladi. DataSource komponentasininng DataSet xususiyatiga “ADOQuery1” belgilanadi. Bu bilan ikkita komponent o`rtasida aloqa o`rnatiladi.
    Kiritilga so`rovni aks ettirish uchun yana bir komponenta DBGrid komponentasi kerak bo`ladi. Bu komponenta Data Controls bo`limida joylashgan. U ishga tushirilgandan keyin esa Data Source xususiyatiga “DataSource1” belgilanadi.
    Tayyor bo`lgan loyiha kompilyatsiya qilinadi. Bu jarayon 7.8. rasmda aks ettirilgan.

    7.8. rasm. Kompilyatsiya jarayoni
    Bu loyiha har safar ishga tushirilganda ma`lumotlar bazasi logini va paroli tizim tomonidan so`raladi. Buni oldini olish uchun ADOConnection komponentasining LoginPromt xususiyatiga “False” belgilanadi.


    Nazorat savollari

    1. Ma`lumotlar bazasi bilan aloqa bog`lashda qaysi komponentalardan foydalaniladi?

    2. ADO komponentalar bo`limida qanday komponentalar mavjud?

    3. ADOConnect komponentasi nima vazifani bajaradi?

    4. ADOQuery komponentasi xususiyatlari haqida ma`lumot bering.

    5. DataSource komponentasi vazifasi.

    6. DBGrid qanday komponenta?

    7. Oracle bilan bog`lanishda C++ning o`ziga xos xususiyatlari nimada?

    8. Oracle bilan bog`lanishda server nomiga nima yoziladi?

    9. Kompilyatsiya jarayoni qanday amalga oshiriladi?

    10. Qanday komponentalar forma osti komponentalari hisoblanadi?

    Download 1,26 Mb.




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    19 Laboratoriya ishi Mavzu: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish Ishdan maqsad

    Download 1,26 Mb.