Quyma detallar tayyorlash uchun materiallar




Download 317,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.05.2024
Hajmi317,62 Kb.
#231658
1   2   3
Quyma detallar tayyorlash uchun materiallar 
Detallarni quyish uchun po‘lat va cho‘yan (temir qotishmalari), aluminiy, magniy, mis 
asosidagi qotishmalardan foydalaniladi. 
Qotishmalar quyma qolipini yaxshi to‘lirishi, qotgandan va sovugandan keyin kerakli 
mexanik, fizik va kimiyoviy xususiyatlarga ega bo‘lishi, ayrim hollarda esa kerakli metall 
strukturasiga ega bo‘lishi lozim. Quyma detallar mashina, mexanizm va priborlarda turli ish 
sharoitlarida ishlashi mumkin. Shuning uchun detallarga talab qo‘yilishda bu sharoitlar hisobga 
olinishi kerak. 
Shakldor quyma detallarni ishlab chiqarishda faqat amaldagi GOST lar bo‘yicha quyma 
qotishmalarining 150 dan ortiq turidan(sanoatning har xil tarmoqlaridagime’yor va texnik 


shartlarni hisobga olmaganda) foydalaniladi. Bu qotishmalar o‘z tarkibi va turlariga ko‘ra 
oltita 
guruhga
ajratiladi: 
1-guruh. 
9 markadagi uglerodli po‘latlar, 26 markadagi legirlangan po‘latlar, 12 markadag 
maxsus xususiyatli yuqori legirlangan po‘latlar, quyma doimiy magnitlar uchun 5 ta markadagi 
qotishmalar. Bu qotishmalarning mexanik va magnit xususiyatlari 2 va 3 –jadvallarda keltirilgan. 
2-guruh.
10 ta markadagi qo‘ng‘ir cho‘yan, 6 ta markadagi issiqqa chidamli, 7 markadagi 
bolg‘alanuvchi, 5ta markadagi yuqori mustahkamlikdagi va 9 markadagi maxsus xususiyatli 
cho‘yanlar.
Mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarfini aniqlash eng ko‘p muvaffaqiyat bilan 
qo‘llanilayotgani bu tanlangan normativlarni hisoblash usuli hisoblanadi. Bu usul quyidagi 
asosiy omillarni hisobga olgan holda detallarni konstruktiv-texnologik jihatdan tasniflashga 
asoslangan: tyyorlash usuli, ishlov berish usuli, tayyorlash aniqligi, yuza tozaligi,shakl 
murakkabligi, detal massasi, bog‘lanish turi va ishlab chiqarish masshtabi. 
Qishloq xo‘jaligi mashinalarining detallari konstruktiv-texnologik tasniflanishi bo‘yicha 
quyidagi turlarga bo‘linadi: quyma, shtamplangan va metall qirqish dastgohlarida mexanik 
ishlov berilgan. Har bir tur detallaro‘z navbatida guruh va tiplarga bo‘linadi. 
Materiali turi va tayyorlash usuli bo‘yicha quyma detallar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
qo‘ng‘ir va bolg‘alanuvchi cho‘yandan hamda po‘latdan olingan quymalar, qum qoliplarda, 
metall va erib ketuvchi modellar asosida olingan hamda qobiqli qoliplarda olingan quymalar va 
b. 
Har guruh detallari ikkita tipga ajratiladi: oddiy va murakkab, Oddiy detallar tipiga devor 
qalinligi bir xil hamda sterjenlar soni bittadan oshmagan quyib olingan detallar kiradi. 1.2 va 3-
rasmlarda quyma usuli bilan olingan q/x mashinalari va traktorlar detallardan namunalar 
keltirilgan. 
1-rasm.Qo‘ng‘ir cho‘yandan olngan quymalar: 
a-oddiy, b- murakka
b. 
2-rasm. Bolg‘alanuvchi cho‘yandan olingan quyma detallar:
 a-oddiy, b- murakka
b. 


3-rasm. Po‘latdan olingan quyma detallar:
 a-oddiy, b- murakka
b. 
Tayyorlash usuli, boshlang‘ich material ko‘rinishi va profil o‘lchamlari bo‘yicha listdan 
yoki prokat profilidan shtamplangan detallar qizdirib shtamplangan, issiqlayin bukilgan, 
sovuqlayin shtamplanagan turlarga bo‘linadi. 
Birinchi va ikkinchi guruxdagi shtamplangan detallar o‘z navbatida oddiy va murakkab 
bo‘lishi mumkin. 
Bitta shakl berish yo‘li bilan olingan, o‘tishlari 2-3 tadan ko‘p bo‘lmagan, issiqlayin 
shtamplash yo‘li bilan olingan detallar 
oddiy 
detallar hisoblanadilar.
Issiqlayin bukish usulida bukish bitta tekislik bo‘yicha amalga oshirilgan va 90
o
dan 
oshmagan bo‘lsa, bunday detallar 
oddiy
, agar bukish bir necha tekislikda amalga oshirilgan va
90
o
yoki undan kichik bo‘lsa, bunday detallar 
murakkab
detallar deyiladilar (4-rasm). 
4-rasm. Prokatdan bukib tayyorlangan detallar: 
a-oddiy, b- murakka

Quymalar olishning progressiv usullariga metall qoliplar (kokollarga) ga quyish, markazdan 
qochirma quyish, bosim ostida quyish, suyuqlanuvchan modellardan foydalanish va qobiq 
qoliplarga quyish usullari kiradi. 

Download 317,62 Kb.
1   2   3




Download 317,62 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyma detallar tayyorlash uchun materiallar

Download 317,62 Kb.
Pdf ko'rish