• Qum qoliplarga quyish
  • 19-mavzu. Quyma detallarni tayyorlashda material tanlash




    Download 317,62 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi317,62 Kb.
    #231658
      1   2   3


    19-MAVZU. 
     
    QUYMA DETALLARNI TAYYORLASHDA MATERIAL TANLASH.
     
    Reja: 
    1.
    Qum qoliplarga quyish 
    2.
    Quyma detallar tayyorlash uchun materiallar 
    3.
    Kokillarga quyish 
    Qum qoliplarga quyish 
    Bir martali qum qoliplarga quyish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi; metall ramkaga 
    joylashtirilgan opokadagi qolip aralashmasida detal modeli qoldirgan iz sohasiga suyuq metall 
    quyish; quymani qotirish; qolipni sindirish va tayyor quymani undan ajratib olish; quyma 
    zagotovkani tozalash. Quymada model koldirgan iz yordamida olish qiyin bo‘lgan ichki sohalar, 
    teshiklar, pasayishlar va chiqiqlarni olish uchun qum qoliplarga 
    sterjenlar
    o‘rnatiladi.
    Qum qoliplarga quyish usulida ishlab chiqarishda qolip tayyorlash eng ko‘p mehnat talab 
    qiladigan va asosan olinadigan quyma sifatini belgilovchi jarayon hisoblanadi. Quyma qoliplarni 
    tayyorlash klassik usul-qo‘lda yoki mashina usulda tayyorlanishi mumkin. Qolipni mashina 
    usulida tayyorlash o‘lchamlar aniqligi, qo‘yimlar kattaligi, yuza tozaligi kabi sifat 
    ko‘rsatkichlarini yaxshi ta’minlash imkonini beradi. Bu usul quyma olishda yuqori 
    samaradorlik, asosiy materiallarni tejash va detal tan narxining past bo‘lishini ta’minlaydi. 
    Ammo metall modellar va osnastkaning qimmatligi mayda seriyali i seriyalab ishlab chiqarishda 
    bu usuldan foydalanish imkoniyatlarini uzoq vaqt chegaralab kelgan. 
    Mavjud qoliplash mashinalaridan oqilona foydalanish, quyma qoliplari shakli va 
    o‘lchamlarini opoka o‘lchamlari va shakliga qarab unifikatsiyalash, oson almashtiriladigan ko‘p 
    pozitsiyali model komplektlarini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ishlar mashinali qoliplash usuli 
    yordamida bittalab va mayda seriyalab detallar ishlab chiqarish imkonini berdi.
    Qoliplash mashinalarining asosiy tiplariga mos keluvchi unifikatsiyalangan quyma 
    qoliplar va modellarning gabarit o‘lchamlari 1-jadvalda keltirilgan. 
    Mahsulot tajriba namunasini tayyorlash jarayonidan boshlaboq, konstruktor quymakor –
    texnolog bilan hamkorlikda mahsulot uchun shunday shakl tanlashishi kerakki, bunda kerakli 
    sifatdagi quymani seriyalab ishlab chiqarish hamda forma va sterjenlarni tayyorlashda mashina 
    usulidan foydalanish mumkin bo‘lsin.
    Quyma detallar texnologiyabopligini ta’minlash detal shakli va o‘lchamlari xususidagi 
    oddiy kelishuv bo‘lmay, balki mahsulot konstruksiyasini ishlab chiqishning muhim bir 
    bosqichidir. Bu bosqichda ilg‘or quymakorlik texnologiyalaridan ratsional foydalanish 
    imkoniyatlari diqqat e’tiborda bo‘lishi kerak. Unda quyidagi vazifalar bajarilishi lozim: 
    1.Quyma detal o‘lchamlarining maqsadga muvofiqligini mashinali qoliplash, model 
    tarkibiy guruhini to‘g‘ri tanlash hamda qoliplash tipik jarayonini qo‘llash imkoniyatlari 
    mavjudligi nuqtai nazaridan baholash. 
    2.Modelni ajratish yuzalari tekisligi, shakllanishi qiyin bo‘lgan chiqiq va bobishkalarning 
    hamda yuza kengligi katta bo‘lgan gorizontal sathlarning ajratish tekisligiga nisbatan 
    joylashishini tanlash.
    3.Quyma baza yuzalarii va bu bazalarning mexanik ishlov berish bazalariga mosligini 
    aniqlash. 


    4.Sterjenlarning zarur soni hamda ularning qolipda yig‘ish ketma-ketligi aniqlash. Bunda 
    sterjenlarni tayyorlash, sterjen qutilarining ajralish qismlari, to‘ldirilish yuzalari, gazlarni 
    chiqarib yuborish imkoniyatlari tehnologiyasi ishlab chiqiladi. 
    1-jadval 
    Quyma qolip va modellari gabarit o‘lchamlari- Mm
    Model
    F
    or
    movochn.
    Mashin
    ы
    Qolipl
    ash 
    mashinala
    ri
    Qoliplash 
    pozitsiyalari 
    Unifikatsiya 
    qilingan qoliplar 
    Sterjen 
    belgili 
    modellar 
    uzunli
    gi 
    eni 
    bala
    ndli
    gi 
    uzunlig

    eni 
    bala
    ndli
    gi 
    234
    Bir pozitsiyali 
    1100 1200 1000 1750 
    1150 
    760
    234
    Ikki pozitsiyali 
    1200 900 1000 1150
    820
    760
    233
    Bir pozitsiyali
    900
    700 800 850
    650
    640
    254
    Birpozitsiyali
    900
    700 600 850
    6'L
    480
    254
    Ikki pozitsiyali
    700
    450 600 650
    380
    480
    254
    To‘rt pozitsiyali 450 350 600 380
    300
    480
    254
    Sakkiz pozitsiyali 450
    350 300 315
    235
    160
    (365*) (275*)
    •261 Bir pozitsiyali 
    400
    300 40S 360
    260
    300
    261
    Ikki pozitsiyali 
    300
    200 400 260
    150
    300
    261
    To‘rt pozitsiyali 200 150 400 150
    PO
    300
    *Model past qismining o‘lchamlari 
    5.Devorlar qalinligi, tutashishlari hamda quyma va tayyor detalda metall to‘planishlari 
    (qo‘yimlarni hisobga olgan holda) va tekshirish. Uzellarni ta’minlash va sovutish usullarini 
    tanlash. 
    6.Qoliplash nishablik va qiyaliklarining qanchalik zarurligi hamda ularning detal 
    geometriyasiga salbiy ta’sirini aniqlash. 
    7.Qo‘yim va qoralama o‘lchamlar. 
    Quyma detallar konstruksiyasini diqqat bilan ishlab chiqish nafaqat ushbu detalni seriyalab 
    ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, balki quymalarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan braklar (gazli 
    va o‘tirma cho‘kishlar, issiq va sovuq yoriqlar hosil bo‘lishi, qiyshayish va shakl o‘zgarishlari) ni 
    kamaytirishga yordam beradi. 

    Download 317,62 Kb.
      1   2   3




    Download 317,62 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    19-mavzu. Quyma detallarni tayyorlashda material tanlash

    Download 317,62 Kb.
    Pdf ko'rish