3. Musiqa savodi barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsdan qaysi faoliyat mashg`uloti (tinglash, ijro etish, musiqiy harakatlar) bo`lmasin, berilgan mavzudagi asar o`rganiladi va uning xususiyatlari (janri, shakli, tuzilishi, ijrochiligi) haqida yangi tushunchalar hosil bo`ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota yozuvlarini o`rganishdan iborat bo`lmay, balki o`quvchilarning umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi umumiy bilim, tushunchalar majmuasini (ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi) tashkil etadi.
Musiqa savodida musiqiy atamalar, an`analar, templar (sur`at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor ladi haqida tushuncha beriladi.
Musiqa tinglash yakkanavozlik va jo`rnavozlikni ajrata bilish, ansambl va orkestr ijrosini farqlay bilish, sozlar va sozlar tembrini ajrata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish. O`zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash ta`lim mazmunini tashkil etadi.
|