|
Musiqa madaniyati fanining vazifalari
|
bet | 270/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Musiqa madaniyati fanining vazifalari: Davlat ta`lim standarti asosida yangi ta`lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim, ko`nikma va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta`minlaydi. Shu bois, musiqa madaniyati ta`limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Bunda o`quvchilar musiqa san`atini butun nafosati bilan o`rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo`lib qo`shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Shuningdek, o`quvchilar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san`atiga mehr va ishtiyoqni oshirish, musiqa san`atiga qiziquvchi o`quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta`lim-tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jahon xalqlarining nufuzli durdona asarlari bilan tanishtiriladi.
|
| |