|
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi
|
bet | 86/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bajarish.
Ishlab chiqarish asoslari: yo`nalish asosida sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash.
Kasb tanlashga yo`llash: O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini ajaratish.
“Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: O`zbekiston xalq xo`jaligi va ishlab chiqarish turlarini; O`zbekiston qishloq xo`jaligida moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini; dehqonchilik va chorvachilik sohasidagi bozor munosabatlariga asoslangan faoliyat turlari va ularning istiqbollarini; texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani; yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishini; agrotexnika, mexanizatsiya, yarim avtomatlar va h.k. orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini; ekin yetishtiriladigan issiqxonalar tuzilishi, ularda yetishtiriladigan ekin turlarini; issiqxonalarda ekin yetishtirish texnologiyasini; dehqonchilik va chorvachilik bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlarini; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish.
|
| |