|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 98/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Kasb tanlashga yo`llash: kasb tanlashga doir reja tuzishni, kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklarni, kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqbolini, kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish, kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik, kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullarini bilish.
“Servis xizmati” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholashni, kompozitsion yaxlitlikni, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflashni, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha mahsulot tayyorlashda uning tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlay olish.
Ishlab chiqarish asoslari: zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligini, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo`nalishlari bo`yicha ishlab chiqarish, uning mohiyatini, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni, maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini, texnologiya asosida mahsulot namunasini tayyorlay olish.
|
| |