Mavzu:O ‘ZGARUVCHAN TOK ORQALI KUCHLANISHNI SILJITISH




Download 1,57 Mb.
bet18/22
Sana23.05.2024
Hajmi1,57 Mb.
#251066
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Asinxron mashinalarni tuzilishi

20Mavzu:O ‘ZGARUVCHAN TOK ORQALI KUCHLANISHNI SILJITISH
Transformator orqali yoki avtotransformator orqali chiqish kuchlani- shi siljitiladi. Buning uchun transformatorning yoki avtotransformatorning (birlamchi yoki ikkilamchi) chulg‘amlar soni o‘zgartiriladi, ya’ni bir nechta chiqqichlar transformator chulg‘amlarining uchlariga ulangan bo‘ladi. Qayta ulagich yordamida chulg‘amlar soni o‘zgartiriladi, natijada shunga mos ravishda chiqish kuchlanishi o‘zgaradi. Bir bo‘limdan ikkinchi bo‘limga o‘tish esa qayta ulagich orqali amalga oshiriladi va chiqishda esa shunga mos kuchlanish chiqadi. Bu qurilmaning kamchiligi shundan iboratki, kuchlanishni siljitish transformatorni tarmoqdan uzish orqali amalga oshiriladi, chunki tarmoqdan uzilmasa kuchlanishni siljitish jarayonida ikkinchi chulg‘am qisqa tutashishi mumkin. Bu esa transformatorning chiqishida tokning birdaniga oshib ketishiga olib keladi.
Bu nohush jarayon sodir bo‘lmasligi uchun qisqa tutashgan chulg‘amga aktiv va reaktiv qarshiliklar ulanadi. Qisqa tutashgan chulg‘amda tokni chegaralash uchun latorlardan (siljituvchi laboratoriya transformatori) foydalaniladi.
43-a rasmda qisqa tutashgan chulg‘amli transformator, 43-b rasmda transformator avtotransformator sxemasi orqali keltirilgan.
‘o‘latdan yasalgan o‘zakka chulg‘am o‘ralgan 1 va 2 g‘altak 1 kiygazilgan va «O» shaklli o‘zak ichida qisqa tutashgan chulg‘am QTCh tor yo‘lakda ‘lastinkaning ‘astidan to yuqorisigacha oson suriladi. 1 va 2 chulg‘amlar bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda o‘ralgan va ularda hosil bo‘ladigan magnit oqim F1 va F2 bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Bu o‘zaklarning magnit yurituvchi kuchi bir-biriga har doim teskari yo‘nalgan bo‘lib, birinchi chulg‘amdan chiqish kuchlanishi olinadi. Agarda qisqa tutashgan chulg‘am 1 va 2-chulg‘amlarning o‘rtasida joylashib qolsa, bu chulg‘amlarning magnit oqimi bog‘langan holda neytral holatni egallaydi va F1, F2 magnit oqimlarining QTCh chulg‘amga ta’siri bo‘lmaydi. Chulg‘amlarning bir-biriga teskari hosil qilgan elektr yurituvchi kuchi quyidagi kuchlanishga teng:

U1 = E1 - E2,


Birinchi va ikkinchi g‘altaklar bir xil magnit muhitida bo‘lganligi uchun, ularning EYuK quyidagiga teng:
E1 = E2;
U2»E1» U1/2.
Ikkinchi chulg‘amdagi kuchlanish taxminan birinchi g‘altakning elektr yurituvchi kuchiga teng bo‘ladi, ya’ni:
U2=E2= U1/2.
Agar qisqa tutashgan chulg‘am g‘altakning ‘astiga surilsa, F2 magnit oqimining hammasi F1 bilan qo‘shiladi va natijada E2 = 0 bo‘ladi; U1 = E1 ga teng bo‘ladi. Bunda U2 = E1 = U1 bo‘ladi.
Agarda qisqa tutashgan chulg‘am harakatlanayotgan yo‘lakning o‘rta va ‘astki qismlari orasida bo‘lsa, E2 to‘liq kom’ensatsiyalashmaydi va ikkinchi g‘altakning EYuK nolga teng bo‘lmaydi. Chiqishdagi kuchlanish U2 kirishdagi kuchlanish U1 dan kichik bo‘ladi. Shunday qilib QTCh ni yo‘lakning o‘rta qismidan ‘astki qismigacha surilsa, chiqish kuchlanishini 0,5-U, dan U1 gacha oshirish mumkin. QTCh ni o‘rta qismidan to yuqori qismigacha surilsa, chiqish kuchlanishi 0,5U1 dan to U2 = E1 = 0 gacha bo‘lish mumkin. Bu qurilmaning yutug‘i shundan iboratki, chiqish kuchlanishini bir xil me’yorda o‘zgartirish mumkin.
Kamchiligi esa magnitlovchi tokning, induktiv qarshilikning ko‘‘ligi hamda cos j ning kamligidir.

Download 1,57 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 1,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu:O ‘ZGARUVCHAN TOK ORQALI KUCHLANISHNI SILJITISH

Download 1,57 Mb.