• 5. Menejment psixologiyasi fanini tashkil qiladigan metodlar
  • 1O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish




    Download 152,41 Kb.
    bet5/31
    Sana12.12.2023
    Hajmi152,41 Kb.
    #117411
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    shoxpsixmaruza

    Xronometrik apparatlar tomonidan olingan psixologik hodisalarni aks ettiruvchi ma’lumotlar o’ziga xos tarzda tahlil qilingandan keyin muayyan mezonlarga suyangan holda shaxs strukturasiga taalluqli xislatlar umumlashtiriladi, ularning determinatorlari aniqlanadi, binobarin, rahbar yoki xodim to’g’risidagi psixologik tavsifnoma yaratiladi. Ma’lumotlarning aniqligi bilan xronometrik apparatlar boshqa toifadagi metodlardan keskin tafovutlanib turadi. Xuddi shu boisdan olingan ma’lumotlar ishonchlilik darajasi yuqorililigi bilan muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi.
    5. Menejment psixologiyasi fanini tashkil qiladigan metodlar qatoriga voqelik va hodisani oqilona hal etish metodi kiradi. U quyidagi tarkiblardan tashkil topgandir: fotoaparat, kinoaparat, videokamera, magnitofon
    a) fotoapparat orqali turli xil vaziyatlar, shaxslararo munosabatlar, alohida shaxsning timsoli, ish joyining sur’ati, umumiy peyzaj (ko’rinish) aks ettiradi. Xuddi shu bois ob’yektiv holat foto ob’yektivda o’z ifodasini topadi. Olingan voqelikning aksi o’zining aniqlik darajasi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin tasvir harakatsiz bo’lganligi tufayli «jonli», «vaziyatbop», takroran aks ettirish imkoniyati yo’qdir. Voqelikning yorqin tasviri psixologik omil tariqasida ilmiy material rolini o’ynaydi;
    b) kinoapparat va videokamera o’zining qamrovi kengligi, jonli harakatlar majmuasi ekanligi bilan faktik ahamiyat kasb etadi. Natijada rahbar kadr va xodimlarning har xil vaziyatlardagi ko’rinishi, ish ustidagi holati, bo’sh vaqtini taqsimlash, xordiq chiqarish va boshqa ijtimoiy hodisalarni yoritib berish to’g’risida ma’lumotlar to’plash hamda umumlashtirish imkoniyati tug’iladi, tasvirning alohida elementlarini tahlil qilish orqali psixologik materiallar yig’ish mumkin;
    v) magnitofon lentasiga ya’ni tasmasiga yozib olingan verbal munosabatlarning ifodasi faktik material sifatida voqelik mohiyatini ochish uchun xizmat qiladi, bunda shaxslararo munosabatning sur’ati, ritmikasi, chastotasi, vokal holati anik aks etgan bo’ladi.
    Odamlarni o’rganish, sonlardan xabardor bo’lish, o’zaro ta’sir o’tkazishini aniqlash, shuningdek, psixologik muhit yuzasidan ma’lumot olish magnitofon bilan amalga oshiriladi.
    Umuman olganda, faktik materiallarning ob’yektiv vositalari hisoblanishi jonli va jonsiz texnika vositalari rahbar kadrlar hamda ularning qo’l ostidagi kishilar to’g’risidagi psixologik holatlar, hodisalar, sifatlar, qonuniyatlar bo’yicha ma’lumotlar to’plash, tahlil kilish, baholash imkonini beradi.
    Inson psixikasini o’rganishda undagi funktsional holatlarni qayd qilish metodi quyidagi apparatlar yordami bilan amalga oshiriladi: tomir urish, harorat o’lchash, kon bosimi teri golvanik reaktsiyasi, elektromiogramma, EEG va boshqalar. Rahbar kadr va xodim fiziologik holatlarini tekshirish jarayonida ularning psixologik xususiyatlari va o’zgarishi yuzasidan ma’lumotlar olish, ularni umumlashtirish hamda muayyan darajada xulosaga kelish imkoniyati tug’iladi. Olingan ma’lumotlar ham normal, ham patologik holatlar yuzasidan mulohaza yuritishga asos bo’ladi. Shuningdek, ularning kasbiy layoqati, kasbiy yarogliligini tashxis qilish uchun materiallar to’plashga sharoit yaratadi. Insonning salomatliligi, ishchanligi, reaktsiyalarga, xozirjavobliligi, imkoniyati to’g’risida muayyan material yig’ish va uni psixologik jihatdan tahlil etish shaxs omilini aniqlashda muhim rol o’ynaydi.


                1. Download 152,41 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 152,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

    Download 152,41 Kb.