• Sahifa maketini hosil qilish
  • SWiSH dasturida harakatli matn tayyorlash
  • Harakatlanuvchi (animatsiyali) tasvirni joylashtirishdir




    Download 328,21 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana29.05.2024
    Hajmi328,21 Kb.
    #256791
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-maruza-USLUBIY-KO‘RSATMALARNI-YARATISH-VA-CHOP-ETISH-TARTIBI.

    Harakatlanuvchi (animatsiyali) tasvirni joylashtirishdir 
    Keyingi ish bosh sahifaning o‘rtasida harakatlanuvchi (animatsiyali) tasvirni 
    joylashtirishdir. Buning uchun kursorni kerakli joyga o‘rnatamiz, “Vstavka” menyusining 
    “Risunok” bo‘limidan “Fimlm v formate Flash…”ni tanlaymiz. Kerakli faylgacha bo‘lgan yo‘ln

    va fayl nomini tanlab, “Vstavit” tugmasini bosamiz. 
    Biz sahifaga o‘rnatayotgan matnlar ham, rasmlar ham “Konstruktor” rejimida harakatsiz 
    ko‘rinishda bo‘ladi. Ularning harakatlarini ko‘rish uchun “Prosmotr” rejimiga o‘tish, yoki 
    “Soxranit veb
    -
    uzel” buyrug‘ini bajarib, uni Internet Explorer dasturi yordamida ko‘rish mumkin.
    Sahifa maketini hosil qilish 
    So‘ngra birinchi ma’ruzaning sahifasiga kirib, “Tablitsa” menyusidagi “Maketnыe tablisы 
    i yacheyki” buyrug‘ini tanlaymiz. Shunda Microsoft Front Page dasturi ishchi oynasining o‘ng 
    tomonida “Maketnыe tablisы i yacheyki” muloqot oynasi hosil bo‘ladi. “Maket tablitsi” oynasidan 
    o‘zimizga kerakli jadvalni tanlab olamiz va uning o‘lchamlarini talabga mos holda o‘zgartiramiz. 
    Biz bu ko‘rinishni hosil qilish uchun bo‘lim (freym)lardan ham foydalanishimiz mumkin, lekin bu 
    holatda sahifalarimizning yuklanish jarayoni qiyin kechadi.
    Hamma ma’ruzalarimiz shu maqomda bo‘lishini hisobga olgan holda yuqorigi kalontitul 
    va burchakdagi sohalarga mos ob’ektlarni tanlashimiz kerak. Bu ob’ektlar, sahifani bezash uchun 
    xizmat qiladi va diqqatni o‘ziga jalb qilish uchun foydalaniladi. 
    Yuqorigi kalontitulga fanning nomini bildiruvchi harakatli matn qo‘yish maqsadga 
    muvofiq, bunday matnlar bilan ishlashda Microsoft Front Page dasturi imkoniyatlari 
    chegaralanganligini hisobga olgan holda bu maqsadda “SWiSH” dasturidan foydalanib harakatli 
    matn yaratamiz va uni ob’ekt sifatida sahifalarimizga o‘rnatib chiqamiz.
    SWiSH dasturida harakatli matn tayyorlash 
    SWiSH dasturini ishga tush
    irgach, uning ishchi oynasiga yuqorigi kolontitul o‘lchamlarini 
    beramiz. So‘ngra “
    Text
    ” ob’ektini tashlab, SWiSH dasturining o‘ng qismidagi tekst oynasiga 
    “Dasturlash texnologiyasi” yozuvini kiritamiz. “Add Effect” tugmasini bosamiz va hosil 
    bo‘ladigan ro‘yxatdan “Explode” bo‘limini tanlaymiz, ekranga Explode Settings muloqot oynasi 
    chiqariladi. Bu oynadan harakatning tashqariga (Explode) yoki ichkariga (Implode) ekanligini 
    tanlaymiz va kerakli parametrlarni o‘rnatib Close tugmasini bosamiz. Bu amal orqali 
    matnga 
    birlamchi harakat berildi. Keyingi harakatlarni berish uchun yana “Add Effect” tugmasini bosamiz 
    va hosil bo‘ladigan ro‘yxatdan “Snake” bo‘limini tanlaymiz, ekranga Snake Settings muloqot 
    oynasi chiqariladi. Bu oynadan harakatning boshidan (Start straight) yoki oxiridan (Follow path) 
    ekanligini tanlaymiz va kerakli parametrlarni o‘rnatib Close tugmasini bosamiz. Shu ketma
    -ketlik 
    orqali matnga hohlagancha harakatlarni ketma-ket berish mumkin. Shuningdek, boshqa matn yoki 
    rasmlar tashlab, ularga ham shu algoritm yordamida harakatlar (animatsiyalar) berish va ularni 
    namoyish qilish mumkin. 
    Kerakli ko‘rinish hosil qilganimizdan keyin SWiSH dasturining Fayl menyusidan “Export 
    to SWF” buyrug‘ini tanlaymiz va saqlanadigan faylga neom berib, joyini ko‘rsatib “Soxranit” 
    tugmasini bosamiz hamda SWiSH dasturi bilan ishni yakunlaymiz. 

    Download 328,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 328,21 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Harakatlanuvchi (animatsiyali) tasvirni joylashtirishdir

    Download 328,21 Kb.
    Pdf ko'rish