Sahifamizning chap tomonidagi oynaga kursorni o‘rnatamiz va
“Vstavka”
menyusining
“Panel ssыlok” buyrug‘ini faollashtiramiz hosil bo‘luvchi muloqot oynasining “Vыberite tip
paneli” bo‘limidan “Panel s polzovatelskimi ssыlkami” bo‘limini tanlaymiz hamda “Dalee”
tugmasini bosamiz. Keyingi muloqot oynasidan panel tug
malarining ko‘rinishi
va maqomi
tanlanib, “Dalee” tugmasini bosamiz. Keyingi “Orientatsiya” muloqot oynasida panel
tugmalarining gorizontal yoki vertikal joylashishini belgilab “Gotovo” tugmasini bosamiz.
Ekranda “Svoystva paneli ssыlok” muloqot oynasi hosil bo‘ladi.
Bu muloqot oynasida
dastlab yangi yo‘llanmalar paneli yaratib unga nom beramiz, bu joriy oynaning “Sozdat”
tugmasi
orqali amalga oshiriladi. Muloqot oynasining “Dobavit ssыlku” tugmasi yordamida yangi
yo‘llanmani kiritish tartibi quyidagicha: “Dobavit ssыlku” tugmasi bosilgach “Dobavit na panel
ssыlok” muloqot oynasi faollashadi. Bu muloqot oynasining “Papka”
maydonidan joriy uzel
turgan katalog ko‘rsatiladi yoki “Tekuщaya papka” tugmasi tanlanadi. Fayllar ro‘yxatidan kerakli
fayl, masalan “Maruza_2.htm” tanlanib, tekst maydoniga “2
-
Ma’ruza”
yozuvini kiritib, “OK”
tugmasini bosamiz. Shu ketma-
ketlikda hamma ma’ruzalar, adabiyotlar
va bosh sahifalarning
yo‘llanmalarini ham shunday yo‘l bilan yaratamiz. Hamma yo‘llanmalar yaratib bo‘lingach, “OK”
t
ugmasini bosib, “Svoystva paneli ssыlok” muloqot oynasini yopamiz. Shunda birinchi ma’ruza
sahifasining chap tomondagi oynasida biz ko‘rsatgan yo‘llanmalar tugmalar ko‘rinishida hosil
bo‘ladi. Sahifaning yuqorigi chap burchagiga yana bir harakatli tasvir (
eart.swf) faylini tashlaymiz.
Sahifamizning umumiy ko‘rinishi tayyor bo‘ldi. Keyingi
sahifalarimizni ham shunday
rasmiylashtirish uchun birinchi ma’ruza sahifasida “Pravka” menyusining “Vыdelit vsyo”
buyrug‘ini tanlaymiz va belgilangan ob’ektlarni buferga nusxalab olamiz. So‘ngra navbat bilan
keyingi sahifalarni ochib buferdagi ob’ektlarni tashlab chiqamiz. Bosh sahifadan boshqa hamma
sahifalar shu tartibda rasmiylashtiriladi.