|
2 – mavzu: bozor mexanizmi va uning elementlari: talab, taklif va narx muvozanati darsning o’quv maqsadi
|
bet | 3/8 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 24,83 Kb. | | #140469 |
Bog'liq 2 mavzu mikroBozor tarkibi – alohida bozor elementlarining tartib bilan joylashuvi.
Bozor tarkibini turlicha tasniflash mumkin.
1.
Bozor munosabatlarining ob’ektiga qarab: iste’mol tovarlari bozori,
xizmatlar, sanoat mahsulotlari, xom – ashyo, qimmatli qog‘ozlar bozori va
boshqalar;
2. Bozor munosabatlarining sub’ektiga qarab: xaridorlar va sotuvchilar
bozori;
3. Geografik joylashuviga qarab: mahalliy bozor, jahon bozori;
4. Raqobat muhitiga qarab: mukammal raqobatlashgan bozor, nomukammal
raqobatlashgan bozor;
5. Tarmoqlar bo‘yicha: avtomobil bozori, neft bozori;
6. Sotish xarakteriga qarab: ulgurji va chakana bozor;
7. Qonunchilikka muvofiqligiga qarab: qonuniy va noqonuniy bozor, “qora”
bozor.
Tarixiy tajribaga muvofiq, bozor mexanizmi quyidagi ustunliklarga ega:
Bozor -
1. O‘zgaruvchan sharoitlarga tezda moslashishga yordam beradi.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan va texnika yutuqlaridan unumli
foydalanishni ta’minlaydi.
3. Resurslarni samarali taqsimlaydi.
4. Insonlarning turli ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishni yo‘lga qo‘yadi.
Shu bilan birgalikda bozor mexanizmi mukammal emas, uning
kamchiliklari ham mavjud:
1. Bozor aholi uchun ijtimoiy ximoyani;
2. Ish bilan ta’minlash, doimiy daromadni;
3. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlamaydi, chunki bozorda siklli
rivojlanish bo‘ladi, ya’ni o‘sish, jonlanish, iqtisodiy pasayish, inqiroz, infilatsiya,
ishsizlik holatlari ham bo‘ladi.
Bularning hammasi iqtisodiyotga davlatning aralashuvi kerakligini
ko‘rsatadi.
Bozor muvafaqqiyatsizliklari (“provallari”) – bozor mexanizmining
iqtisodiy resuslarni samarali taqsimlab bera olmaydigan iqtisodiy vaziyatdir.
Iqtisodiy nazariyada bozor munosabatlarining uchta sub’ekti alohida
ko‘rsatiladi – Uy xo‘jaliklari, firmalar va davlat.
Uy xo‘jaliklari – moliyaviy masalalarni birgalikda xal qiluvchi, bir tom
ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo‘jalik birligidir. Uy xo‘jaliklari
iste’molchilar sektoriga tegishlidir.
Firma – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan, asosiy ishlab
chiqarish muammolarini shaxsan o‘zi xal qiladigan iqtisodiy sub’ektdir. Firma
ishlab chiqaruvchi sektoriga tegishlidir.
Davlat – keng ma’noda xo‘jalik sub’ekti va bozorni nazorat qilish xuquqiga
ega yuridik va siyosiy xokimiyat organlari yig‘indisidir. Davlat o‘z faoliyatida
jamiyatdagi farovonlik, samaradorlikni oshirishga xarakat qiladi.
|
| |