|
2-amaliy ish
|
bet | 1/3 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 253,37 Kb. | | #158974 |
Bog'liq 2-amaliy ish 2-AMALIY ISH
Python dasturlash tilining IDLE rejimida interaktiv dastur yaratish va o‘zgaruvchi turlaridan foydalanish
Python dasturlash tili shaxsiy kompyuterga o‘rnatilgandan so‘ng IDLE rejimi yuklanadi. IDLE rejimi bu interaktiv rejim hisoblanadi, interaktiv rejimning qulayligi qisqa jarayonlarni dasturlashga juda qo‘l keladi. Bunda boshqa dasturlash tillari kabi dasturning umumiy tuzilishini to‘liq keltirish shart emas. O‘zgaruvchilar tabaqalashtirilgan holda e’lon qilish shartlari keltirilmaydi, xotira bo‘yicha muammolar e’tiborga olinmaydi.
Python dasturlash tili IDLE rejimi yuklangandan so‘ng quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
Python dasturlash tilida buyruqlar boshqa dasturlash tillari kabi ; bilan tugatilish shart emas. Satrli ma’lumotlarga ko‘paytirish amali juda keng imkoniyatda ishlatilishi mumkin. Ixtiyoriy sonni satr ko‘rinishga satrni esa son ko‘rinishida foydalanish mumkin.
Int(satr) – bu funksiya satrni butun songa aylantiradi Float(satr) – bu funksiya satrni haqiqiy songa aylantiradi Str(son) – bu funksiya sonni satrga aylantiradi
Haqiqiy sonlar faqat nuqta bilan yoziladi, vergul esa sonlarni bir biridan ajratish uchun xizmat qiladi. Python dasturlash tili IDLE rejimining qulayligi dasturlashni o‘rganayotganda yoki masala kodining ma’lum bir qismini sinab ko‘rish vaqtida juda qulaydir. Agar boshqa kompilyatsiya qilinadigan dasturlash tilda ishlasangiz, avval kodni asl dasturlash tilida yozishingiz, keyin kompilyatsiya qilishingiz kerak bo‘lgan faylni ishga tushirishingiz kerak bo‘ladi.
Python dasturlash tilida sonlarni uch xil turlari aniqlangan:
Butun son
Haqiqiy
Kompleks
Python dasturlash tilida butun va haqiqiy sonlardan foydalanish tajribalarini yuqoridagi misollarda keltirib o‘tdik, complex sonlardan python dasturlash tilida quyidagicha foydalanamiz.
|
| |