2-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: O‘quv jarayonida axborot texnologiyalarnining asosiy yo‘nalishlari va uni tadbiq etish
Reja:
1.O‘quv jarayonida ATdan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari 2.ATdan foydalanishda didaktik
materialning tasnifi
MS Office dasturlarida yaratilgan elektron didaktik materiallar yaratish.
Ta’limdagi axborot texnologiyalari hozirgi vaqtda jamiyatning axborot tsivilizatsiyasiga o‘tishining zaruriy shartidir. Zamonaviy texnologiyalar va telekommunikatsiyalar o‘quv jarayonini tashkillashtirish tabiatini o‘zgartirishga imkon beradi, talabani axborot va ta’lim muhitiga to‘liq singdiradi, ta’lim sifatini yaxshilaydi, ma’lumot va bilimlarni idrok qilish jarayonlarini rag‘batlantiradi. Yangi axborot texnologiyalari faoliyatning turli sohalarida, shu jumladan ta’limda tashkil etish va boshqarish uchun kompyuter va telekommunikatsiya ta’minoti muhitini yaratadi.
Axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘quv jarayonini jadallashtirish o‘quvchilar faoliyatining quyidagi turlarini tashkil etish imkonini beradi:
axborot-o‘quv faoliyati;
o‘quv-o‘yin faoliyati;
eksperiment-tekshirish faoliyati;
mustaqil faoliyat.
Bu faoliyat turlari o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan axborot texnologiyalaridan bilish va mustaqil bilish quroli sifatida faol foydalanishga bilimlarni mustaqil taqdim qilish va olishga, atrof-borliqni o‘rganish jarayonida “mikrokashfiyotlar” qilishga yo‘naltiradi. O‘qish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish an’anaviy ta’lim shakllari va metodlarini ta’minlashdan ko‘ra ko‘proq o‘quvchilarning shaxsiyatli-orientirlangan rivojlanishiga yordam beruvchi variativ metodikalarni yaratish uchun zarurdir.
O‘qituvchi tomonidan sanab o‘tilgan faoliyat turlarini axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etilishi uning axborot texnologiyalaridan amaliy foydalanish va o‘quv jarayonida ularni metodik qo‘llash sohasida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi talab qilinadi.
O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodik maqsadga muvofiqligi axborot texnologiyalarining
imkoniyatlarini hisobga olib, undan foydalanishning asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalamiz.
turli shakllardagi axborotni global va lokal tarmoqlarda qidirish, uni qayd etish, yig‘ish, to‘plash, saqlash, ishlov berish va uzatish;
eksperiment natijalarini ishlab chiqish;
real ob’ektlarni (o‘quv robotlarini) boshqarishni amalga oshirish;
virtual modellar bilan Kompyuterli eksperimentlar tashkil qilish va o‘tkazish;
o‘quv faoliyatini avtomatlashtirilgan nazoratini tashkil etish;