Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
17-to’plam aprel 2023
86
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ NAZORATINI
TASHKIL ETISH MUAMMOLARI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mustaqil izlanuvchi
Ismailov Bobir Salomovich
Annotatsiya: maqolada
raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq tekshiruvlarini
takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish
masalalari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq Kodeksiga
kiritilgan soliq auditi normasining mohiyati ochib berilgan. Soliq auditini xorijiy
mamlakatlarda tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha tajribasi keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: moliyaviy nazorat, soliq tekshiruvlari, audit, soliq auditi,
auditning xalqaro standartlari, dalolatnoma, xulosa, qaror.
Kirish:
Jahonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda soliq tekshiruvlari soliq
to‘lovchilarni soliq organlari oldida hisob-kitoblarni to‘g‘ri taqdim etishga yordam
beradigan xizmat sifatida o‘rganilmoqda. Tadqiqotlar doirasida soliq to‘lovchilarni
soliq qonunchiligiga rioya qilmasligining o‘sishini cheklash, soliq tekshiruvining
soliq qonunchiligiga ta’sirini o‘rganish, soliq ma’murchiligini osonlashtiradigan
qonunchilik islohotlarini joriy etish, soliq tekshiruvining daromadlarni yig‘ish
samaradorligiga ta’sirini o‘rganish, soliq tekshiruvi samaradorligiga ta’sir qiluvchi
omillarni baholash, soliq tekshiruvi modellari va soliq organlari faoliyatiga elektron
texnologiyalarni joriy etish kabi masalalarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Mamalakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, islohotlarning amaliy
natijadorligini oshirishda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va uni amaliyotga keng
joriy etish muhim hisoblanadi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
|