Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.12.2023
Hajmi0,91 Mb.
#119328
1   2   3   4   5
Bog'liq
86-90

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
17-to’plam aprel 2023 
 
87 
Shavkat Mirziyoevning quyidagi fikrlarini keltirishimiz mumkin: “Raqamli 
iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri 
bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi
ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga 
soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham 
ular samarali vositadir”.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli 
O‘zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079 sonli Farmonining qabul qilinishi mamlakatimizda 
raqamli iqtisodiyotga o‘tishning strategiyasini belgilab berdi.
2
“Raqamli 
O‘zbekiston - 2030» strategiyasi bevosita soliq nazoratini raqamli iqtisodiyot 
talablariga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotini raqamlashtirishni rivojlantirish sharoitida 
qonun buzilishi, soliq solinadigan bazani pasaytirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash 
holatlarining oldini olish uchun soliq tizimini takomillashtirish va soliq nazoratini 
modernizatsiya qilish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. 
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq nazorati soliq to‘lovchilar 
tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil 
qilish va taqqoslash qo‘shimcha soliqlar, jarimalar va penyalar shaklida byudjetga 
qo‘shimcha to‘lovlarni undirish imkonini beruvchi hamda bu orqali soliq 
qonunchiligini buzilishini oldini olish yoki minimallashtirishni ta’minlaydigan turli 
raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va qo‘llashga 
asoslanadi. 
Soliq organlarining nazorat tadbirlarini amalga oshirish soliq organlarining 
mansabdor shaxslari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan soliq 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 24-январь 
2020 йил. 
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 5-октябрдаги “Рақамли Ўзбекистон - 2030» 
стратегиясини тасдиқлаш ва уни самарали амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-6079 сонли 
Фармони.



Download 0,91 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish