|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 86-90Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
17-to’plam aprel 2023
89
soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazorati deb e’tirof etiladi.”
6
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 135-moddasida soliq nazoratiga
ta’rif berilmasada, u quyidagicha e’tirof etilgan: “Vakolatli organlarning soliq
to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir”.
7
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi
“Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini)
aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-sonli
qarorining 2-ilovasi “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida NIZOM”da soliq nazorati quyidagicha qayd etilgan: “Soliq tekshiruvlari
soliq to‘lovchilar, yig‘imlarni to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida
o‘tkaziladi”.
8
Raqamlashtirish nafaqat soliq nazorati uchun yangi ob’ektlarning paydo
bo‘lishini nazarda tutadi, balki soliq ma’muriyatchiligida soliq to‘lovchilar bilan
o‘zaro hamkorlik jarayonlarini soddalashtirish nuqtai nazaridan qo‘shimcha
imkoniyatlar yaratadi.
Soliq nazoratini raqamlashtirish asosida takomillashtirish borasi Yevropada
ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda. Yevropada alohida mamlakatlarda yagona
hisobot standarti joriy qilingan. OECD (Organisation for Economic Co-operation
and Development) tomonidan ishlab chiqilgan yagona hisobot standarti SAF-
T(Standard Audit File for Tax) Yevropa Ittifoqining turli mamlakatlarida faol
6
Налоговый кодекс Российской Федерации (часть первая)" от 31.07.1998 N 146-ФЗ (ред. от 27.12.2019) (с изм.
и доп., вступ. в силу с 01.01.2020)
7
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси. 2022.
8
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 7 январдаги “Солиқ хавфини бошқариш, солиқ
хавфи мавжуд солиқ тўловчиларни (солиқ агентларини) аниқлаш ва солиқ текширувларини ташкил этиш ва
ўтказиш тўғрисида”ги 1-сонли қарорининг 2-иловаси “Солиқ текширувларини ташкил этиш ва ўтказиш
тартиби тўғрисида НИЗОМ”.
|
| |