• 1-MAVZU. PUL ISLOHOTLARI
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar fanidan 2021/2022 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ma’ruzalar matni




    Download 0.77 Mb.
    bet1/125
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.77 Mb.
    #172422
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
    Bog'liq
    Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar-fayllar.org


    Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI



    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    NAMANGAN MUXANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI
    PUL VA BANKLAR
    fanidan 2021/2022 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan


    MA’RUZALAR MATNI
    (2-qism)


    Namangan-2021

    1-MAVZU. PUL ISLOHOTLARI



    1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi. Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari.
    2. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari.
    3. Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibi.
    4.O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
    Tayanch iboralar: pulni xarid quvvati, isloxot, revolvatsiya, devolvatsiya, denominatsiya, nulifikatsiya.


    1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi. Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari.
    Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini to‘liq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul isloxotlari qog‘oz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi ko‘payib, yangisi (qog‘oz yoki metall) bilan almashtirish lozim bo‘lganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi o‘zgarganda, pul tizimiga o‘zgartish kiritish zarur bo‘lganda o‘tkaziladi. Pul isloxotlarimamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadrsizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bog‘liq holda turli usullarda: ortiqcha qog‘oz pullarni yo‘q qilish bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yo‘q qilib, yangi qog‘oz pul belgilarini zarur mikdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qog‘oz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qog‘oz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va b oshqa shakllarda amalga oshiriladi.
    Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim pul isloxotlari Amir Temur hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan o‘sha davrgacha muomalada bo‘lgan mayda mis tangalar o‘rniga sifat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq bo‘lgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshlagan. Amir Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar bo‘lganligi va ularda zarb etilgan tangalar Evropada ham mashhur bo‘lganligi haqida ko‘p ma’lumotlar bor. Birgina G‘arbiy eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulug‘bek tomonidan 1428 y. amalga oshirilgan pul isloxotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning muomalada bo‘lishi taqiqlangan. Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand, Toshkent, SHohruxiya, Andijon, Qarshi va Termizda yangi tangalar zarb etila boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin, fakat Buxorodagi zarbxona faoliyati saklab qolinib, qolganlari yopilgan.
    SHayboniylar davrida ham tangalar zarb kilishda yangilik kiritilgan. Oldingi xukmdorlar tomonidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar ustiga yangi tamg‘alar zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu davrda, asosan, dinor nomi bilan yuritilgan juda ko‘p miqdordagi mis tangalar va vazni 3 g bo‘lgan kumush tangalar muomalada bo‘lgan.
    19-asrning boshlaridan Buxoro amirligida vazni 4,5 g lik "tillo" nomi (oltin) bilan tangalar zarb etilgan. Kumushdan ishlangan tanga deb ataluvchi pul birliklari 1920 y.ga qadar muomalada yurgan. Buxoro amirligida 1918 y.dan boshlab muomalaga nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 va 10000 tangalik qog‘oz pullar chiqarilgan. 1921 yilarda Buxoro Xalq banki muomalaga yangi, nominali rublda ko‘rsatilgan qog‘oz pullarni chiqara boshladi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominaliga ega bo‘lgan. 1922 y.da Buxoro Xalq banki tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pulning nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarildi. Ammo ko‘p o‘tmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul belgilari bozor ehtiyojlarini qondira olmadi va 1000, 2500, 5000 rubllik pullar bosib chiqarildi. 1920—21 yillarda Xorazm Sovet Xalq Respublikasi (XSXR) tomonidan muomalaga 250, 500, 750, 1000, 2000, 5000 va 10000 rubl nominalida ipakdan qo‘lda to‘qilgan maxsus pul belgilari chikarilgan. Ushbu pullar XSXR tugatilganga qadar, ya’ni 1924 yillargacha muomalada bo‘lgan. YUqori inflyasiya natijasida 1922 — 23 y.larda XSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, eski pullarning ustiga ularning yangi nominalini ko‘rsatuvchi tamgalar bosilgan. 1921—22 va undan keyingi yillarda pul isloxotni o‘tkazishga qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923—24 y.larda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari (rubl chervon) bilan almashtiriddi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi ichida qolganda Toshkentda Turkiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. Keyinchalik 1921 yil 1 yanvardan boshlab Turkistonda 3 oy davomida Pul isloxotlario‘tkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi. 1947 yilda sobiqSSSRda Pul isloxotlario‘tkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi nar-xida yagona tartib o‘rnatildi. Muomaladagi hamma pul belgilari 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirildi. 1950 yilga kelib oltin tovar zaxirasining ko‘payishi, chet el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi o‘zgarishi 1961 yilda muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishiga olib keldi.
    O‘zbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya o‘z milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq Ittifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda bo‘lgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Birinchi bosqich: 1993 y.ning 15 noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining o‘z vaqtida to‘lanishini, respublika ichki iste’mol bozorini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov vositasi sifatida 1961—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993 yildagi rubli bilan parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "so‘m kupon" muomalaga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘m kupon qog‘oz pullarni chiqardi. Ikkinchi bosqich: 1994 y. 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so‘m 1 so‘m = 1000 so‘mkupon nisbati bilan muomalaga kiritildi. Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin bo‘lgan metall tangalar chiqardi.
    O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli bank tizimi va mustaqil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatini erkin yuritish imkonini berdi. Hisob-kitoblarni engillashtirish maqsadida 1997 yildan boshlab muomalaga 200 so‘mlik, 1999 yildan 500 so‘mlik va 2001 y.dan 1000 so‘mlik bank qog‘oz pullari (banknotlar) muomalaga chiqarildi.



    Download 0.77 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




    Download 0.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar fanidan 2021/2022 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ma’ruzalar matni

    Download 0.77 Mb.