• Nazariy qism
  • 2-amaliy mashg’ulot mavzu: stp/rstp protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o‘rganish Ishdan maqsad




    Download 17.67 Kb.
    bet1/3
    Sana13.02.2024
    Hajmi17.67 Kb.
    #155855
      1   2   3
    Bog'liq
    2-amaliy mashg\'ulot
    15-16-лаборатория (5), 2- лабаратория, Mahamadiyev Nozim 1-labarotoriya l ish, KA 10-Mustaqil ishi, MTA 6-Amaliy ishi, 2-amaliy ma\'lumotlar tuzilmasi, 8 (1), 8-amaliy ish, 2 практическая, MENTAL KITOB 1, Mavzu Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko‘rsatkichlari , 5-ma\'ruza, amaliy ish2, kV NH2IesNx8MRalj-qm01CRIxRZf75F, 4 mi

    2-amaliy mashg’ulot

    MAVZU: STP/RSTP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o‘rganish

    Ishdan maqsad: Kanal pog„onasi protokoli STP/RSTP protokollarini ishlash prinsipini o„rganish va ularni sozlash bo„yicha ko„nikmalarni hosil qilish.


    Nazariy qism

    STP protokoli OSI modelining kanal pog„onasi protokoli bo„lib, IEEE 802.1d standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia Perlman tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud: VBST (VLAN-Based Spanning Tree), RSTP, MSTP, STP. STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog„idagi ixtiyoriy topologiyada bir-biriga bog„langan bir nechta kommutatorlar o„rtasidagi kanalda halqa (loop) hosil bo„lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli tarmoqda kommutatorlar bir-biri bilan bog„lanishlarning mantiqiy daraxtini yaratishga asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch) va undan keyingi shoxlarida, ya‟ni ildiz bo„lmagan kommutatorlar joylashadi. Kommutatorlar bir-biri bilan bog„langan holatda, asosiy magistral kanalnishlatib, boshqa kanallarni fizik jihatdan bog„lab, lekin mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab qo„yish imkoniyatini beradi (5.1-rasm). Daraxtni qurish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

     Ildiz kommutatorni tanlash (root switch);

     Ildiz portlarni tanlash (root port);

     Belgilangan portlarni tanlash (designated port).

    Tarmoqda asosiy bo„lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili anglatadi, ya‟ni eng kichik qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo„natib qaysi biri ildiz kommutatorligini belgilab olishadi. Qo„shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID identifikator qiymatlari taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo„lsa, u ildiz lavozimiga da‟vo qilishni to„xtatadi va g„olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat bo„lib qolsa, u holda ularning identifikatorini taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi. Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo„shimchalar kiritilgan. MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo„llab-quvvatlash maqsadidaIEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko„rinishi hisoblanadi. U tarmoqni tezroq ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani muvozanatlash imkoniyatini ta‟minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo„shimcha 802.1Q standartida qo„shimcha kiritilgan. Spanning Tree Protocol (STP) – bu IEEE 802.1D da, Rapid Spanning Tree Protocol (RSTP) – IEEE 802.1W da va Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1S da belgilangan. Qoida sifatida, kommutatsiyalangan Ethernet tarmoqlarida ortiqcha kanallardan tarmoqni ishonchliligini oshirish va kanallarni zahiralash uchun ishlatiladi. Biroq ortiqcha kanallardan foydalanish halqalarni (loop) hosil qilishi mumkin, bu esa MAC manzillar jadvalini beqarorlashtiradi va translyatsiya (eshittirish) bo„ronlarini keltirib chiqaradi. Natijada aloqa sifati yomonlashadi va aloqa xizmatlari uzilishi mumkin. Ushbu muammolarni hal qilish uchun Spanning Tree Protocol (STP) qo„llaniladi. STP halqalarni (loop) oldini oladi. Faol STPga ega qurilmalar bir-biri bilan bog„lanish orqali tarmoq halqalarini aniqlaydi va halqalarni yo„q qilish uchun ba‟zi portlarni bloklaydi.




    Download 17.67 Kb.
      1   2   3




    Download 17.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-amaliy mashg’ulot mavzu: stp/rstp protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o‘rganish Ishdan maqsad

    Download 17.67 Kb.