• Bevosita o‘lchash
  • Bilvosita o‘lchash
  • Majmuiy o‘lchash
  • Birgalikdagi o‘lchash
  • Nisbiy o‘lchash
  • 2-amaliy mashg`ulot Mavzu: Texnologik o‘lchashlarda qo`llaniladigan o`lchov birliklari. Xalqaro va sanoat o`lchov birliklari tizimi bilan tanishuv va ular yordamida o`lchov birliklarini bir tizimdan boshkasiga utkazish buyicha masalalar




    Download 170,4 Kb.
    bet2/4
    Sana13.02.2024
    Hajmi170,4 Kb.
    #155661
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-amaliy mashg\'ulot TNUA

    X=n[x], bu yerda X - o‘lchanadigan kattalik;
    n - o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son qiymati; [x] - o‘lchash birligi
    O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari o‘zgarmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o‘lchash haqidagi tushuncha quyidagicha ta’riflanadi.
    O‘lchash – bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va o‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi ifodasini ishlab chiqishdir.
    O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.


    2. O‘lchash turlari.


    O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz.



    Bevosita o‘lchash - O‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki lineyka yordamida o‘lchash.
    u = s∙x;
    Bunda: u - muayyan birlikda ifodalanyotgan o‘lchanayotgan kattalikning qiymati;
    s - shkalaning bo‘lim qiymati;
    x - shkaladan olingan qaydnoma.
    Bilvosita o‘lchash - bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchanayotgan kattalik orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida katalikning qiymatini topish. Masalan, tezlikni o‘lchash.
    u = f (x1 x2 ...xn).
    Majmuiy o‘lchash - bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtta bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish. Masalan, har xil tarozi toshlarining massasini solishtirib, bir toshning ma’lum massasidan boshqasining massasini topish uchun o‘tkaziladigan o‘lchashlar, haroratni qarshilik termometri orqali o‘lchash.
    Birgalikdagi o‘lchash - turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchashlar. Misol, rezistorning 20 0S dagi elektr qarshiligi qiymatini turli xaroratlarda o‘lchab topish.
    Mutlaq o‘lchash - bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o‘lchanishini va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘tkaziladigan o‘lchash.
    Nisbiy o‘lchash - kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o‘zgarishini o‘lchash.

    Download 170,4 Kb.
    1   2   3   4




    Download 170,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-amaliy mashg`ulot Mavzu: Texnologik o‘lchashlarda qo`llaniladigan o`lchov birliklari. Xalqaro va sanoat o`lchov birliklari tizimi bilan tanishuv va ular yordamida o`lchov birliklarini bir tizimdan boshkasiga utkazish buyicha masalalar

    Download 170,4 Kb.