• O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli
  • Nolga keltirish usuli
  • Almashlash usuli
  • 2-amaliy mashg`ulot Mavzu: Texnologik o‘lchashlarda qo`llaniladigan o`lchov birliklari. Xalqaro va sanoat o`lchov birliklari tizimi bilan tanishuv va ular yordamida o`lchov birliklarini bir tizimdan boshkasiga utkazish buyicha masalalar




    Download 170,4 Kb.
    bet3/4
    Sana13.02.2024
    Hajmi170,4 Kb.
    #155661
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-amaliy mashg\'ulot TNUA

    3. O‘lchash usullari.


    O‘lchash usuli – deganda o‘lchash qonun-qoidalari va o‘lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz.
    O‘lchashning quyidagi usullari mavjud:
    Bevosita baholash usuli - bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish.
    O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir nechta turlari mavjud:
    Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Misol qilib uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o‘lchov bilan taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchash. Yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi.

    U=U0 Ux; Ux=U0 U
    Ux bilan U0 qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq bo‘ladi.
    Nolga keltirish usuli - bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining bir turi hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta’siri natijasini nolga keltirish lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi bilan to‘la muvozanatlashtirib o‘lchash.





    Almashlash usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik bilan o‘rin almashishiga asoslangan. Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish:

    Bunda “K” ni ikkala holatda (1,2) qo‘yganda 1=2 shart bajarilishi kerak.
    I1 = U / R0  1
    I2 = U / Rk  2

    Download 170,4 Kb.
    1   2   3   4




    Download 170,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-amaliy mashg`ulot Mavzu: Texnologik o‘lchashlarda qo`llaniladigan o`lchov birliklari. Xalqaro va sanoat o`lchov birliklari tizimi bilan tanishuv va ular yordamida o`lchov birliklarini bir tizimdan boshkasiga utkazish buyicha masalalar

    Download 170,4 Kb.