|
2-amaliy topshiriq. Servis (xizmat kо‘rsatuvchi) dasturlar-utilitlar bilan ishlash. Disklarni formatlash, defragmentatsiya qilish
|
Sana | 04.02.2024 | Hajmi | 38,5 Kb. | | #151327 |
Bog'liq 2-amaliy topshiriq.
2-amaliy topshiriq. Servis (xizmat kо‘rsatuvchi) dasturlar-utilitlar bilan ishlash. Disklarni formatlash, defragmentatsiya qilish
Ishdan maqsad: Talabalarga Kompyuterga xizmat ko’rsatuvchi va kompyuter ishini optimallashtiruvchi dasturlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Uslubiy ko’rsatmalar Auslogicsboostspeed dasturini ishga tushiring
“Главная” bo’limidan “Проверить все” tugmasini bosing.
“Дисковое пространство” bo’limidan “Подробно” buyrug’ini tanlang.
Qoldik fayllar va keraksiz fayllar bilan tanishib chiqing va ularni o’chirib tashlang.
“Стабильность системы” bo’limidan “Подробно” buyrug’ini tanlang.
Tizimning turg’un ishlashiga xalal beruvchi xatoliklar bilan tanishib chiqing va
ularni to’g’rilang.
“Скорость компьютера” bo’limidan “Подробно” buyrug’ini tanlang.
Kompyuter ishlash tezligiga tasir qiluvchi parametrlarni ko’rib chiqing to’g’rilang.
“Все инструменты” bo’limini tanlang va kompyuterga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plamidan variantingizdagi dastur ilovasining imkoniyatlarini ko’rsatib bering.
Auslogics File Recovery dasturi yordamida o’chirilgan fayllarni tiklash
Auslogics File Recovery – tasodifan (viruslarning o’chirib yuborishi, tizim xatoliklari tufayli) o’chgan yoki zararlanib o’chib ketgan fayllarni qayta tiklash dasturi. Ushbu yordamchi ilova yordamida siz qattiq disklardan, USB xotira va flesh-xotira kartalaridan o’chib ketgan hujjatlar, musiqa, rasmlar va boshqa fayllarni tiklashingiz mumkin. Shu bilan birga, odatiy tarzda tasodifan o'chirilgan fayllarni emas, balki disk qismini o'chirish yoki formatlash jarayonida o’chib ketgan fayllarni qayta tiklash mumkin. Ilova interfeysining soddaligi kompyuterda ishlash malakasi yuqori bo’lmagan foydalanuvchilar ham foydalana oladigan darajada soda.
Ilovaning imkoniyatlari
FAT va NTFS fayl tizimlarini qo'llab-quvvatlash.
Hujjatlar, audio / video, foto va boshqa fayllarni qayta tiklash.
Faqat ma'lum bir fayl formatinigina qayta tiklash.
Har xil saqlash qurilmalarini
qo'llab-quvvatlash.
Oddiy va zamonaviy ma'lumotlarni tiklash rejimi.
Yo'qotilgan disk qismlarida fayllarni qidirish.
Qayta tiklangan fayllarni saqlash uchun tizimdagi papkani tanlash.
Maxfiy ma'lumotlarni to'liq va ishonchli olib tashlash.
Windows Explorer bilan integratsiya.
Brauzer natijalari orasida fayllarni qidirish.
Muayyan faylni tiklash vaqtini ko'rsatish.
Qattiq diskning o’chirilgan yoki formatlangan bo'limlari bilan ishlaydi.
Zaxira nusxalarini yaratish.
Fayllarni qayta tiklash amallarining bajarilish ketma ketligi
1. Auslogics File Recovery ilovasini ishga tushiring
2. O’chib ketgan fayllar saqlangan xotira qurilmalarini tanlang.
3. O’chib ketgan fayllarni qidirishni qo’shimcha sozlash 4 bosqichda amalga
oshiriladi
a. Fayl turini ko’rsatish.
b. Fayllarning eng oxirgi o’zgartirilgan sanasini ko’rsatish
c. Faylning nomidagi qandaydir qismni ko’rsatish
d. Qidirishning qo’shimcha kriteriyalarini o’rnatish
«Поиск» tugmasini bosishingiz bilan o’chib ketgan fayllarni qidirish boshlanadi.
Izlash jarayonini ixtiyoriy vaqtda to’xtatish yoki to’xtatib turishingiz mumkin.
Disklarni skanerlash dasturining natijasi
Qidirish natijalaridan o’zingizga kerakli fayllarni tanlab olasiz va tugmasini bosib fayllar tiklanishi zarur bo’lgan joyni ko’rsating. Fayllar tiklanadigan joy fayllar o’chib ketgan xotira qurilmasidan boshqa joyda bo’lishi tavsiya etiladi. Aks holda fayllarni tiklash xatoliklar bilan amalga oshishi mumkin. Fayllar qanday holda tiklanganligi haqida axborot beriladi.
TOPSHIRIQLAR:
1. Disc Defrag dasturini ishga tushiring disklarni defragmentatsiya qilish.
2. Registry Cleaner Registrni tozalash va Registry Defrag Registrni defragmentatsiya qilish
3.Startup Manager avtomatik tarzda ishga tushuvchi dasturlarni ro’yxatini yozib oling va qaysi dasturlarni avtomatik ishga tushirish shart emasligini o’ylab ko’ring va o’zingiz biror dasturni ro’yxatga qo’shing va tekshirib ko’rib qaytadan olib tashlang.
4.Tweak Manager dasturi yordamida tizimni sozlash mumkin bo’lgan parametrlarni ko’zdan kechiring, biroq o’zgartirmang
5.Duplicate File Finder dasturi yordamida dublikat fayllarni qidirish va tanishib chiqib keraksizlarini o’chirish.
6. Uninstall Manager dasturining imkoniyatlarini urganish
7.Disk Explorer dasturi yordamida diskda mavjud fayllar va ularning xotiradan egallagan joylarini ko’rib chiqish.
8. Disk Doctor dasturi yordamida qattiq diskning xolatini tekshirish.
9. System Information dasturi yordamida barcha ma’lumotlarni ko’zdan kechirish
10. Internet Optimizer internetga ulanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish
11. Task Manager dasturida ishlayotgan dasturlarni va jarayonlarni boshqarish
12. Service Manager dasturi yordamida zarur bo’lmagan xizmatlarni o’chirish
13. Browser Care dasturi yordamida brouzerlarni qo’shimcha panellarini boshqarish
14. File Shredder dasturi yordamida fayllarni tiklanmaydigan qilib o’chirish
15. Free Space Wiper dasturi yordamida uchirnlgan fayllarni qayga tiklashdan
ximoyalash
http://hozir.org
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2-amaliy topshiriq. Servis (xizmat kо‘rsatuvchi) dasturlar-utilitlar bilan ishlash. Disklarni formatlash, defragmentatsiya qilish
|