|
GSM standartining umumiy xarakteristikalari
|
bet | 4/7 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #241842 |
Bog'liq MUNDARIJAGSM standartining umumiy xarakteristikalari
1980 yidagi SERT tavsiyalariga muvofiq, GSM standartidagi harakatdagi aloqa uchun 862 - 960 MHz diapazondagi chastotalar spektri ajratilgan. Harakatdagi stansiyadan bazaviy stansiyaga uzatish uchun 890 - 915 MHz chastotalar polosasi va bazaviy stansiyadan harakatdagi stansiyaga (abonentga) uzatish uchun 935 - 960 MHz chastotalar polosasi ishlatiladi [3]. Binobarin, aloqa seansi vaqtida kanallarning qayta ulanishida bu chastotalar orassidagi farq o‘zgarmas va 45 MHzga teng. Qo‘shni aloqa kanallari orasidagi chastotalar farqi 200 kGsni tashkil etadi. Shunday qilib, qabul qilish/uzatish uchun ajratilgan 25 MHz chastotalar polosasida 124 ta aloqa kanallari joylashadi. GSM standartida vaqt bo‘yicha ajratiladigan tor polosali ko‘p stansiyali ulanish (TDMA) ishlatiladi, bu bitta tashuvchi chastotada bir vaqtda 8 tagacha nutq kanallarini joylashtirishga imkon beradi. Nutqni o‘zgartirish qurilmasi sifatida munatazam impulsli qo‘zg‘atishli va 13 Kbit/s nutqni o‘zgartirish tezligini RPE – LTP nutq kodeki ishlatiladi. Bu standartda nutqqa ishlov berish qabul qilingan DTX (Discontinuous Transmission) nutqni uzlukli uzatish tizimi doirasida amalga oshiriladi, u faqat signal bo‘lganida uzatkich yoqilishini ta’minlaydi, pauzalarda va so‘zlashuvning oxirida uzatkich o‘chiriladi. DTX tizimi VAD (Voice Activity Detector) nutqning aktivligi detektorini boshqaradi, u hatto shovqin sathi nutqning sathiga teng bo‘ladigan holarda shovqinli nutq va shovqinsiz nutq intervallarini aniqlash va ajratishni ta’minlaydi. Radiokanallarda vujudga keladigan xatoliklardan himoyalash uchun o‘rin alamshtirishli blokli va o‘rama kodlash qo‘llaniladi. Harakatdagi stansiyalarning kichik harakatlanish tezligida kodlash va o‘rin almashtirishning samaradorligini oshirishga aloqa seansi jarayonida ishchi chastotalarni sekin (sekundiga 217 sakrashlar tezligida) qayta ulash bilan erishiladi. Shahar sharoitlarida radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishi keltirib chiqaradigan qabul qilingan signallarning interferension so‘nishlari bilan kurashish uchun aloqa apparaturalarida impulsli signallarni kechikish vaqtining 16 mksgacha o‘rtacha kvadratik og‘ishi bilan tekislashni ta’minlaydigan ekvalayzerlar ishlatiladi. Qurilmalarni sinxronlashtirish tizimi signallarni kechikishi absolyut vaqtini kompensatsiyalashga (233 mksgacha) mo‘ljallangan. Bu 35 km (sotaning radiusi) maksimal aloqa masofasiga mos keladi.
GSM standartining asosiy xarakteristikalari
GSM standartining asosiy xarakteristikalari 1.1-jadvalda keltirilgan. 1.1-jadval.
1.1-jadval. GSM standartining asosiy xarakteristikalari.
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida birinchi marta NMT450 standarti tizimlari 1993 yilda paydo bo‘ldi. Keyinchalik qabul qilingan quruqlikdagi harakatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyasi milliy ko‘lamalarda sotali aloqani keyingi rivojlantirishning kuchli katalizatori bo‘ldi. Agar NMT standarti va keyin AMP standartini joriy etish bilan O‘zbekiston o‘n yillarga ortda qolgan bo‘lsa, respublika standarti sifatida GSM standartini e’lon qilinishi esa bu vaqt farqini uch yilgacha qisqartirdi. Ilg‘or jahon texnologiyalariga aniq yo‘nalish O‘zbekistonga zamonaviy harakatdagi aloqa tizimlarining rivojlanishda dunyoning yetakchi davlatlarida ortda qolmaslik imkoniyatini berdi, lekin abonentlar foydalanadigan asosiy standart GSM standarti bo‘lib qolmoqda.
GSM tarmog‘ining arxitekturasi va asosiy tamoyillari.
GSM tarmog‘i 1.1-rasmda keltirilgan bir necha funksional ob’ektlar, funksiyalar va interfeyslardan tashkil topgan [1-3]. GSM tarmog‘i quyidagi uchta asosiy qismlarni o‘z ichiga oladi: • mobil stansiyalar (MS), ular abonent bilan birga harakatlanadi; • bazaviy stansiyalar nimtizimi (BSS), u mobil stansiya bilan aloqa radioliniyasini boshqaradi; • tarmoq nimtizimi (NSS), uning asosiy qismi –mobil aloqani kommutatsiyalash markazi (MSC) mobilstansiyalar orasidagi va mobil yoki stasionar tarmoq foydalanuvchlari orasidagi kommutatsiyalashni bajaradi. MSC yana abonentning harakatlnishiga bog‘liq ishni boshqaradi. 1.1- rasmda tarmoqda ishonchli ishlash va o‘zgarishlarni nazorat qilish arkazi ko‘rsatilmagan. Mobil stansiya (MS) va bazaviy stansiyalar nimtizimi(BSS) Um-interfeysi bo‘yicha bog‘lanadi, bu interfeys yana “havo interfeysi” yoki aloqa radioliniyasi sifatida ma’lum. Bazaviy stansiyalar nimtizimi mobil aloqa kommutatsiyalash markazi bilan A interfeys bo‘yicha o‘zaro ta’sirlashishadi.
1-rasm. GSM tarmog‘i arxitekturasi va interfeyslari.
Mobil stansiya (MS) harakatdagi apparatura (terminal) va abonentlarni identifikatsiyalash moduli (SIM - Subscriber Identification Module) deyiladigan mikroprotsessorni o‘z ichiga olgan integral sxemali kartadan tashkil topgan. SIM-karta foydalanuvchi harakatlanganida ishlatiladigan terminalga bog‘liq bo‘lmagan holda to‘langan xizmatlarga ulanishni ta’minlaydi. Boshqa GSM terminaliga SIM-kartani qo‘yish bilan foydalanuvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishi, bu terminaldan qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi va boshqa xizmatlarni olishi mumkin [1-3]. Harakatdagi apparatura mobil qurilmani xalqaro ajratish kodi (IMEI - International Mobile Equipment Identity) orqali aniqlanadi. SIM-kartamobil abonentni xalqaro ajratish kodiga (IMSI - International Mobile Subscriber Identity), u abonent, maxfiy kod va boshqa ma’lumotlarni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. IMEI va IMSI birbirlariga bog‘liq emas, bu abonentning harakatlanishida shaxsni eng ehtimolli ajratishni ta’minlash imkoniyatini beradi. SIM-karta parol yoki shaxsiy nomerdan noqonuniy foydalanishga qarshi himoyalanishi mumkin.
|
| |