GSM texnalogiyasining strukturasi




Download 0,68 Mb.
bet3/7
Sana18.05.2024
Hajmi0,68 Mb.
#241842
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUNDARIJA

GSM texnalogiyasining strukturasi
GSM standartidan dunyoning 212 mamlakat va yerlarida, 2 milliarddan ortiq kishi foydalanishadi. Standartining keng tarqalganligi Mobil Tarmoq Operatorlari orasida Halqaro rouming (Roaming) hizmatini keng joriy qilish bilan birgalikda, foydalanuvchilar uchun shaxsiy mobil telefonlarini boshqa mamlakatlarda ishlatish imkonini beradi. GSM tarmog'ida Identifikatsiyalanish (Identification) SIM modul orqali amalga oshiriladi. GSM identifikatsiya jarayoni uchun A3 va(yoki) A8 algoritmidan, ovoz va boshqa axborotlarni uzatishda A5 (keyinchalik A5/1, A5/2 ishlab chiqilgan) algoritmidan foydalanadi. GSM mobil tarmoq standartlarining 2-chi avlodi (Second Generation-2G) hisoblanadi. GSM standarti 850 MHz, 900 MHz, 1800 MHz, 1900 MHz chastotali diapazonlarda hizmat ko'rsatadi. 2ta chastotali diapazonda ishlovchi telefon apparatlar dual-band, 3 va 4 chastotali diapazonda ishlovchi telefonlar tegishli ravishda tri-band va quad-band telefonlar deb ataladi. Kup operatorlar hizmatlarini 900Mhz va 1800 MHz diapazonida amalga oshirishadi. 900 MHz diapozonda, uplink y'ani axborot uzatish uchun 890MHzdan 915MHzgacha bulgan 124ta tashuvchi chastotasi bulgan 25MHzli diapozondan foydalaniladi. Downlink y'ani axborot qabul uchun 935MHzdan 960MHzgacha bo'lgan diapazon qo'llaniladi. GSM Mobil Qurilma MQ (Mobile Equipment) va Asosiy Stansiya AS (Base Station)dan iborat. Mobil qurilma o'z navbatida mobil telefon apparati va SIM (oddiy xalq tilida sim-karta)dan iborat. GSM ning kamchiligi Mobil Qurilmaning Asosiy Stansiyaga shubxasiz ishonuvchanligidir.
GSM tarmoqlarining asosiy funksiyalaridan biri mobillikni boshqarish hisoblanadi, uning vazifasiga abonentlarga qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish uchun ularning joylashish o‘rnini nazorat qilish funksiyasi kiradi. Bu funksiyasiz jahonning istalgan mamlakatidagi GSM standarti asosida qurilgan tarmoqlarning abonentlari mos xizmat ko‘rsatish zonalarida xizmatlarni olish uchun o‘z telefon apparatlaridan foydalana olmaydi. Bunday xizmatlarga ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, 4 qisqa xabarlarni (SMS) uzatish, Intellektual tarmoq (IN) xizmatlari, masalan, mobil virtual korporativ tarmoq (MVPN) xizmati kiradi. GSM texnik spesifikatsiyasi boshqa standartlar bilan o‘zaro ta’sirlashish imkoniyatlarini hisobga olgan xolda ishlab chiqilgan, ya’ni u boshqa standartlar mobil aloqa tarmoqlari bilan interfeyslarning bo‘lishini kafolatlaydi. Shuningdek, ta’kidlash kerakki, GSM standartining asosiy jihati spesifikatsiyalar modifikatsiyalanishi mumkinligi, ular “ochiqligi” hisoblanadi, ya’ni rivojlantirish ma’nosida tugallangan hisoblanmaydi va bo‘lajak ehtiyojlarni qondirish uchun to‘ldirilishi mumkin. GSM standartiga turli-tuman ilovalar ishlab chiqilgan. Ma’lumki, uylar, dala hovlilari, xonadanlar va avtomobillar turar-joylarini qo‘riqlash yetarlicha murakkab masala hisoblanadi, uni samarali yechish uchun turli himoyalash tizimlarining qo‘llanishiga ehtiyoj vujudga keladi. Keng funksional imkoniyatlar va yuqori xavfsizlik darajasi bilan ajralib turadigan eng samarali qo‘riqlash majmui (kompleksi) GSM signalizatsiya hisoblanadi. Bu yerda yana xavf haqidagi signallarni uzatish uchun g‘arazgo‘ylar tomonidan oson shikastlantirilishi mumkin bo‘lgan simli magistrallar emas, balki sotali aloqaning yuqori chastotali kanallari ishlatilishi muhim hisoblanadi. GSM diapazonida ishlaydigan telefondan signalni qabul qilish va ulangan apparaturalarni yoqish/uzishni amalga oshirish bilan istalgan avtomatikani masofadan boshqarishga imkon beradigan katta turlituman GSM-modullar mavjud. Ular ochiladigan va ko‘tariladigan darvozalar, parkinglar, avtomobillar turar-joylari, dala hovlilari, xususiy uylarda shlagbaumni ochish, muhandislik sug‘orish tizimlari, yoritish, isitish tizimlari, serverlar va routerlarning o‘ta yuklanishini olisdan boshqarish uchun qo‘llanadi. Ob’ektga guruhli kirishni boshqarish va ko‘plab boshqa maqsadlar uchun ishonchli va arzon kontroller sifatida GSM-modullar eng keng qo‘llanadi. Personal mobil aloqaning birinchi tizimlaridan biri deb "Multiton" personal chaqiruv tizimini hisoblash mumkin. Bu tizimda dispetcher personal radio qabul qilish bo‘yicha xodimni chaqiradi. Akustik chaqiruvni olishi bo‘yicha xodim stasionar telefonni topadi va dispetcherga qo‘ng‘iroq qiladi. Servisning navbatdagi darajasida xodim nafaqat chaqiruvni oladi, balki individual qabul qilish displeyida chaqiruvchi abonentning nomerini ko‘radi, lekin u bilan faqat stasionar telefon orqali bog‘lanishi mumkin (Paiging Systems). Bunday tizimning oliy darajasi individual radiotelefondan tizimning ichida so‘zlashuvlarni olib borishga va umumiy telefon tarmog‘iga dispetcher orqali chiqishga imkon beradi. Bunday tizimlar (PMR, PAMR) bilan korxonalar, shifoxonalar, sanoat komplekslari va boshqalar jihozlanadi. RMR deganda abonentlar radio qamrab olish zonalari chegaralarini kesib o‘tganida aloqaning uzluksizligini ta’minlamaydigan, avomatik roumingga ega bo‘lmagan va boshqa tizimlar abonentlariga mavjud aloqa xizmatlarining bir xil to‘plamni, shu jumladan to‘lov masalalarini kafolatlamaydigan xususiy radioaloqa tizimlari tushuniladi. RAMR RMRdan farqli ravishda umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari abonentlari bilan harakatdagi abonentlarning bog‘lanishini ta’minlaydi. Harakatdagi tizimlarni loyihalashtirishdagi asosiy kuchlar radiotelefon xabarlarini qabul qilishning yuqori halaqitbardoshligini ta’minlashga qaratildi, shuning uchun bu yo‘nalishda ma’lum yutuqlarga erishildi, ular harakatdagi aloqani qabul qilinadigan ma’lumotlar sifati bo‘yicha simli telefon aloqasi darajasiga yaqinlashtirdi. Bu shunga olib keldiki, harakatdagi radioaloqaga ajratilgan chastotalar resursini radioabonentlar sonining ommaviy ko‘payib ketishi tufayli kamayishiga olib keldi, bu ishlab chiquvchilarni yuqori o‘tkazish qobiliyatili tizimlarini yaratish va ajratilgan chastotalar spektridan samarador foydalanish sohasida jadal tadqiqotlarni olib borishga undadi. Bunda prinsipial yangi qurish tuzilmasiga va aloqani tashkil etilishiga ega bo‘lgan, aynan, ko‘plab bazaviy stansiyalar (BTS) yagona tarmoqqa bog‘lanadigan harakatdagi sotali aloqa tizimlari (HSAT) eng istiqbolli deb tan olingan. Harakatlanish jarayonida abonentlar stansiyasi (MS) bitta BTSdan boshqasiga, uning komandalari bo‘yicha avtomatik qayta ulanish bilan “estafetali uzatiladi”, bu aloqaning uzluksizligini ta’minlaydi. HSATda ajratilgan chastotalar kanallari bir-biridan himoya masofasiga surilgan yacheykalardagi abonentlar orqali ko‘p karrali ishlatiladi. Bunday qurish prinsipida aktiv chastota kanallari soni ortadi, bu yuqori o‘tkazish qobiliyatini va chastotalar spektridan samaraliroq foydalanishni ta’minlaydi (Cellular Radio Systems). Barcha istovchilarga uyali aloqa xizmatlarini taklif etgan birinchi radiotelefon aloqasi tizimi 1946 yilda Sent-Luis shahrida (AQSh) o‘z ishini boshladi. Bu tizimda qo‘llanilgan radiotelefonlar oddiy qayd etilgan kanallarni ishlatgan. Agar kanal band bo‘lsa, abonent qo‘lda boshqa bo‘sh kanalga qayta ulangan.Apparatura juda katta va ishlatishda noqulay bo‘lgan. Markaziy radiotugun juda katta quvvatli yuqori chastotali signallarni 100 km masofalarga uzatgan. Xizmat ko‘rsatish ham shunga mos darajada bo‘lgan. Telefon tizimi 40 MHz chastota polosasi kenglidagi chastota bo‘yicha modulyatsiyalash tamoyili bo‘yicha ishlagan 11 ta kanallarni taqdim etgan. Keyin mos ravishda 152va454MHzchastota polosalari kenglidagi 11 va 12 ta kanallarni egallaydigan ikkita yaxshilangan tizimlar (IMTS-MJ va –MK) paydo bo‘ldi. Chastota bo‘yicha modulyatsiyalash texnologiyasi va undan foydalanish takomillashtirildi, radiokanallar torroq bo‘ldi. Eng oldingi mobil telefonlarga 3kGs gacha kenglikdagi ovoz signalini uzatish uchun 120 kGs li chastota spektri zarur bo‘lgan. Texnikaning rivojlanishi bilan radiotelefon aloqasi tizimlari takomillashtirila bordi, qurilmalarning hajmlari kichraytirildi, yangi chastota diapazonlari o‘zlashtirildi, asosiy va kommutasion qurilmalar yaxshilandi, xususan, bo‘sh kanalni avtomatik tanlash (trunking) funksiyasi paydo bo‘ldi. Lekin radiotelefon aloqasi xizmatlariga juda katta ehtiyojda muammolar ham vujudga keldi. Ulardan asosiysi chastota resurslarining cheklanganligi hisoblanadi. Ma’lum chastotalar diapazonidagi qayd etilgan chastotalar soni cheksiz ortishi mumkin emas, shuning uchun chastota bo‘yicha yaqin ishchi kanallarga ega bo‘lgan radiotelefonlar o‘zaro halaqitlarni hosil qila boshlaydi.

Download 0,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,68 Mb.