§. Davlat byudjetining xarajatlari bo’yicha kassa ijrosining tashkil etilishi




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/92
Sana27.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#43723
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
3§. Davlat byudjetining xarajatlari bo’yicha kassa ijrosining tashkil etilishi 
Respublika byudjeti xarajatlariga sog’liqni saqlash, maorif, fan-texnika, 
fizkultura va sport, madaniyat, mudofaa, ijtimoiy ta’minot, davlat apparatini saqlab 
turish bilan bog’liq xarajatlar kiritiladi.
Respublika byudjeti hisobidan qilinadigan barcha operatsiyalar 
bo’yicha xarajatlar Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan 
to’lov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi. Xarajatlar 
Respublika byudjeti daromadlari hisobvarag’idagi qoldiq 
doirasida, Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi 
Hisob-kitob kassa markazida ochilgan Moliya vazirligining 23402 
"Respublika byudjeti mablag’lari" hisobvarag’i orqali amalga 
oshiriladi.
Moliya vazirligining 23402 “Respublika byudjeti mablag’lari” hisobvarag’ida 
xarajatlarni amalga oshirish uchun mablag’lar etarli bo’lmaganda, o’rnatilgan tartibda 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatga qisqa muddatli kredit 
ajratishi mumkin. Lekin 2003 yildan e’tiboran bu operatsiya vaqtincha tqxtatilgan. 
Respublika byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan vazirliklar, muassasalar va 
boshqa xo’jalik sub’ektlarining hisobvaraqlariga o’tkaziladigan mablag’lar Moliya 
vazirligi to’lov topshiriqnomalariga asosan o’tkaziladi. To’lov topshiriqnomalari 
"to’lov maqsadi"da xarajatlarning bo’limi, paragrafi va turi, hisobi va analitik hisobi 
ko’rsatilishi lozim. 
Vazirliklar va muassasalar o’zlarining qaramog’idagi korxonalar va 
tashkilotlarga, byudjet mablag’larini o’tkazish uchun taqdim etgan to’lov 
topshiriqnomalarida, to’lov maqsadi va ma’lumotnoma bo’yicha byudjet 
bo’linmalarini ko’rsatishlari lozim. 
Respublika qaramog’idagi korxonalar va tashkilotlarga byudjet 
mablag’larini hisobga olish uchun banklar tomonidan O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, 2001 yil 6 oktyabrida 
ro’yxatga olingan "O’zbekiston Respublikasi banklarida 
ochiladigan bank hisobvaraqalari to’g’risidagi" yo’riqnomasiga asosan 
alohida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalarini ochadilar. 
Hisobvaraqlarning tartib raqami O’zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tomonidan 1998 yil 16-noyabrda ro’yxatga olingan 
533-sonli, "O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya 
hisobi va hisobotlari to’g’risida"gi yo’riqnomaning 5-ilovasi va 
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1993 yil 2 
fevraldagi 11-sonli "O’zbekiston Respublikasi byudjeti daromadlari va xarajatlari 
tasniflagichi"da ko’rsatilgan tartibda ochiladi. 
Byudjet tashkilotlari talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalaridan 
qilinadigan xarajatlar hisobvaraqlaridagi qoldiq summa doirasida amalga oshiradilar. 
Debetorlik qarzlarini, hisobdor shaxslarning qarzlarini undirish uchun va 
byudjet mablag’larini tasarruf ettiruvchilar tomonidan tovar – moddiy boyliklarini 
sotishdan kelib tushgan mablag’lar hisobdor shaxslarga va debetorlik qarzlari qachon 
vujudga kelganligidan hamda tovar moddiy boyliklar qachon sotib olinganidan qat’iy 


99
nazar byudjet muassasalarining banklardagi tegishli byudjet hisobvaraqalariga 
o’tkaziladi. ■ 
Pul hisob-kitob hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
ro’yxatga olingan 2002 yil 12 yanvardagi 60-sonli “O’zbekiston Respublikasida naqd 
pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizomga asosan banklarga taqdim etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, 
Favqulodda holatlar Vazirligi va Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa vazirligining 
harbiy qismlari pul hisob-kitob hujjatlarida to’lov maqsadlarini ko’rsatmaydilar. 
Respublika byudjeti qaramog’idagi tashkilotlar va muassasalarga ish xaqi 
to’lash uchun mablag’lar, Moliya vazirligi yoki tegishli moliya bo’limlaridan 
ro’yxatdan o’tkazilgan xodimlar ro’yxati jadvali va xarajatlar smetasiga asosan 
belgilangan muddatlarda beriladi. Ish haqi berish uchun pul mablag’lari berilganda 
banklar o’rnatilgan tartibda ishchi va xizmatchilarning ushlab qolingan soliqlarini 
byudjetga shuningdek, pensiya fondiga badal summalarini va boshqa to’lovlarni 
o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalarini talab qiladilar. 
Tashkilot va muassasalarning 23404 "Reepublika qaramog’idagi 
byudjet muassasalarining mablag’lari" hisobvaraqlardan byudjet 
mablag’larini ularning byudjetdan tashqari talab
:
qilib olinguncha 
depozit hisobvaraqlariga o’tkazishga ruxsat etilmaydi. Byudjet 
muassasalarining bir hisobvaraqlaridan ularning ikkinchi 
hisobvaraqariga mablag’lar o’tkazish har bir holatda bosh 
buxgalterning yoki uning o’rinbosarining ruxsati bo’yicha amalga 
oshiriladi va to’lov topshiriqnomalari ularning imzosi bilan 
rasmiylashtiriladi. Xarajatlarning smetalarida ko’rsatilgan moddalar bo’yicha 
mablag’larning maqsadli ishlatilishi uchun byudjet muassasasi rahbarlari 
javobgardirlar. Bank xodimlari taqdim etilgan to’lov topshiriqnomalarida barcha 
rekvizitlar to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib hisobvaraqlarida mablag’lari bo’lgan 
holda ijroga qabul etadilar. 
■ 
Byudjet mablag’larini tasarruf etuvchilar ya’ni vazirliklar muassasalar
boshqarmalar byudjet mablag’lari hisobidan markaziy boshqaruv apparatini saqlash, 
markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar qilishga shuningdek, 
Moliya Vazirligi tomonidan o’tkazilgan mablag’larni quyi pog’onadagi byudjet 
mablag’larini tasarruf etuvchilar o’rtasida taqsimlash huquqi berilgan. Quyi 
pog’onadagi byudjet mablag’larini tasarruf etuvchilar ularga berilgan huquq doirasiga 
qarab bo’linishi mumkin. 
Moliya Vazirligi O’zdavlatzahirasini Respublika byudjeti hisobidan 
moliyalashtiradi va mablag’lar 23416 "Maxsus maqsadlar fondi" balans 
hisobvarag’iga korxonalar va tashkilotlar bilan tovar-moddiy boyliklari uchun hisob-
kitob qilish va safarbar etilgan zahiralarni to’ldirish uchun o’tkaziladi. 
O’zdavlatzahirasi mavjud mablag’lar doirasida javobgar saqlovchilar bilan hisob-
kitob qiladi. O’zdavlatzahirasi javobgar saqlovchilar bilan hisob-kitob qilish uchun 
har bir javobgar saqlovchilarga 23416 "Maxsus maqsadlar fondi" balans 
hisobvarag’ida alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. Ssudalar rasmiylashtirish 
uchun 17515 "Respublika byudjetining maxsus xarajatlari" hisobvarag’idan 
foydalaniladi. 


100

Download 0.64 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. Davlat byudjetining xarajatlari bo’yicha kassa ijrosining tashkil etilishi

Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish