• 5 Bob. Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisobga olish 1§. Davlat byudjetini kassaviy ijro etishning mazmuni
  • 2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/92
    Sana27.02.2023
    Hajmi0.64 Mb.
    #43723
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
    Bog'liq
    19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.
    Axborot, “Порлоқ” ва “Равнақ” ғўза навлари ўзида ноёб хусусиятларни жамлаган, Kompressor
     
    Tayanch iboralar 
    1. Yagona vakillik hisobvarag’i 
    2. Yagona balans 
    3. Bank likvidligi 
    4. Banklararo to’lovlar 
    5. Filiallararo to’lovlar 
    6. Overdraft 
    7. Kontokorrent 
    8. To’lovlar markazi 
     
    Nazorat savollari 
    1. Yagona vakillik hisobvarag’ining mazmuni nimadan iborat? 
    2. Yagona vakillik hisobvarag’i orqali boshqarishnining mohiyati nimadan 
    iborat? 
    3. Yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha tizimning afzalliklarini sanab o’ting? 
    4. Oddiy vakillik hisobvarag’idan yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha 
    tizimga o’tish qanday tartibda amalga oshirilgan? 
    5. Ba’zi tijorat banklarining yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha 
    operatsiyalarini o’tkazish tajribasi qanday? 
    6. To’lov markazining vazifalari nimalardan iborat? 


    93
    5 Bob. Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarni 
    rasmiylashtirish va hisobga olish 
     
    1§. Davlat byudjetini kassaviy ijro etishning mazmuni 
    O’zbekiston Respublikasi Markaz.iy banki Davlat byudjetining 
    kassa ijrosini tashkil etadi. Davlat byudjeti - bu moliyaviy reja bo’lib ikki qismdan: 
    daromadlar va xarajatlar qismidan iborat. 
    Mulkchilik shaklidan qatiy nazar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
    Davlat byudjetiga turli xil soliq va to’lovlar o’tkaziladi. Bundan tashqari, barcha 
    mulkchilik shaklidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar va boshqa xujalik 
    yurituvchi subektlar tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan ish xaqi
    rag’batlantirish hamda mukofot summalaridan va mehnat qonunchiligida belgilangan 
    tartibda tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan boshqa daromadlar hisobidan 
    daromad solig’i va badal summalarini ushlab qoladilar . 
    Bular bilan birgalikda bojxona to’lovlari ham joriy 
    qilingan. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi. 
    Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha daromad va tushumlar davlat byudjetining 
    daromadlar qismini tashkil etadi. Davlat byudjetining ikkinchi qismi bu - xarajatlar 
    qismidir. Davlat byudjetining xarajatlari o’z ichiga mudofaa xarajatlarini, maorif, fan, 
    texnika, sog’liqni saqlash, madaniy muassasalari va madaniy tadbirlar xarajatlarini 
    oladi. Shu bilan birga davlat byudjeti xarajatlariga davlat apparatini ushlab turish 
    xarajatlari kiradi. 
    Demak, davlat byudjeti moliyaviy reja bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladi. Davlat byudjeti bir yilga tuziladi va 
    muhokama qilinib, tasdiqlash uchun Oliy Majlis sessiyasiga taqdim etiladi. 
    O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti o’z ichiga respublika byudjetini, 
    Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini
    viloyat, shahar, tumanlar byudjetlarini birlashtiradi Umumlashgan 
    davlat byudjetini Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fond 
    mablag’lari" tashkil etadi.
    O’zbekistonRespublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri - 
    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlat byudjetining kassa 
    ijrosini taminlashdir. Bu vazifani amalga oshirish uchun Markaziy bank tomonidan 
    «O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, kassa ijrosi to’g’risida» 1009-sonli 
    yo’riqnoma ishlab chiqilgan. Bu yo’riqnoma Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 
    2001 yil 12 yanvarda tasdiqlangan. 
    O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risidagi 
    yo’riqnoma «O’zbekiston .Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunning 3-
    moddasiga, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunning 27-moddasiga 
    asosan Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish va uning hisobini yuritish 
    qonun-qoidalarni belgilaydi. 
    Davlat byudjetini kassaviy ijro etish operatsiyalari deb barcha tijorat banklari 
    tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika va maxalliy byudjet 
    foydasiga o’tkaziladigan soliqlarni, tushumlarni, byudjetdan tashqari fondlarga 


    94
    to’lanadigan to’lovlarni qabul qilish, kelib tushgan respublika byudjeti 
    mablag’laridan mahalliy byudjetga ajratma qilish, byudjet kreditlarini ochish, ularni 
    bankka o’tkazish, byudjet xarajatlarini amalga oshirish, yuqorida sanab o’tilgan 
    operatsiyalarning barchasi bo’yicha hisobini yuritish kabilar tushuniladi. 
    Lekin Markaziy bank davlat byudjetining kassa ijro qilish operatsiyalarini o’zi 
    bevosita bajara olmaydi. Bu operatsiyalar tijorat banklariga yuklatilgan, chunki xalq 
    xo’jaligining turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
    o’z hisobvarag’larini Markaziy bankda emas, balki tijorat banklarida ochganlar. Shu 
    sababli Markaziy bank o’zining davlat byudjetining kassaviy ijrosi bo’yicha 
    operatsiyalarini tijorat banklari orqali amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi 
    banklarida Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarning hisobi 
    quyidagi balans hisobvaraqlarida yuritiladi: 
    Markaziy bankning Hisob-kitob markazlarida:
    21502 «Xukumat boshqaruv organlarining talab qilib olinguncha depozitlari» 
    21506 «Boshqa vazirliklar va muassasalarninng talab qilib olinguncha 
    depozitlari» 
    21508 «Byudjetdan tashqari tashkilotlarning talab qilib 
    olinguncha depozitlari»
    Tijorat banklarida: 
    20202 «Hukumatning byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha talab qilib 
    olinguncha depozitlari» 
    ■ 
    20203 «Respublika qaramog’idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari 
    mablag’lari bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlari»
    20204 «Mahalliy byudjet qaramog’idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan 
    tashqari mablag’lari bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlari» 

    Download 0.64 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси

    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish