Loyiha xarajatlarini qoplash, foyda va tan narx belgilash hisoblari




Download 15.42 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi15.42 Kb.
#97229
Bog'liq
12-Amaliy Mashg\'ulot T
Mavzu Ketma--k-WPS Office, Mavzu Ketma--k-WPS Office, 5378 Магистр асоснома, Sirtqi daftar yuzi, Komp Modellshtirish amali, wi-fi routerlar ro'yxati, 1-amaliy ish (6), 1-amaliy , Maktabgacha, falsafa, Презентация1, konferensiya UFA 2023 , 1. Klinik o\'lim holatlari biologik o\'lim holatlari, Mustaqil ish temperament va uning turlari, Молия ва иқтисодиёт 2

Loyiha xarajatlarini qoplash, foyda va tan narx belgilash hisoblari.
Loyihani ishga tushirishga tayyorlash.
Uskunalarni ishga tushirish, dastlabki sinovdan o’tkazish va uning ish sifatini nazorat qilish Loyihani ishga tushirish ishlariga texnologiyalarni individual sinovdan o’tkazish va kompleks tekshirishga tayyorlash hamda ularni amalga oshirish jarayonida bajariladigan chora-tadbirlarni keltirish mumkin. Bunda texnologiya sifatida barcha texnologik tizim, ya’ni: loyihada ko’zda tutilgan mahsulotning birinchi partiyasini ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatishni ta’minlovchi texnologiyalarning barcha turlari kompleksi, truba o’tkazgichlari, bino-inshootlar va qurilmalar ko’zda tutiladi. Individual sinov davri o’z ichiga kompleks sinovdan o’tkazish uchun ishchi komissiyasi tomonidan qabul qilib olishga mashina, qurilma, agregat va inshootlarning alohida qismlarini tayyorlash maqsadida montaj va ishga tushirish ishlarini olib borishni qamrab oladi. Individual sinovlar amalga oshirilishiga qadar elektrotexnik qurilmalar, avtomatlashtirilgan va tizimli boshqarish, sanitar-texnik va yuqori quvvatli uskunalar bo’yicha ishga tushirish-qabul qilish ishlari bajariladi. Ishga qabul qilish ishlari tugallangan qurilish ob’ektlarini ekspluatatsiyaga qabul qilishni bajarish hajmi va shartlari tarmoq qoida va me’yorlari bilan belgilanadi. Ekspluatatsiyali sinashni o’tkazishdan maqsad – aniq ma’lumotlarni ifodalovchi natijaviy daraja qilingan ishlarni loyiha bo’yicha olish hisoblanadi. Ekspluatatsiyali sinashni o’tkazish jarayonida texnologiyalarning to’g’ri yoki noto’g’ri tanlanganligi, jihozlar ishlash to’g’risida tavsiyanoma yoki yo’riqnoma beriladi. Ekspluatatsiyali sinash o’z ichiga quyidagilarni oladi: - Haqiqiy va rejalashtirilgan ko’rsatkichlarni yo’llarini oshirilishi yoki farqlanishi;
- Ekspluatatsiyali sinash loyiha to’g’risida tavsiya bilan rejalashtirilgan ko’rsatkichlarni qiyoslash; - Farqlanish sabablarini aniqlash; - Yarim tayyor farqlanish aniqlanganda tadbir o’tkazish; -Yarim tayyorni to’liq tayyorlash ishlarini tashkil etish.
Daromadlar hisobiga investitsiyalar qoplanishi monitoringini olib borish. Loyiha samaradorligini baholash O’zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyati barcha mulk shakllari uchun qabul qilinib keladi. Shartnomaviy narxlar – bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan, material qiymatning kon’yunkturasi, ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda pudrat tashkilotlarini foydasini anglatadi. Buyurtmachi va pudratchi tashkilotlarning kelishuviga asosan qurilishda quyidagi ikki narx turi qo’llanilishi mumkin: - qat’iy va yakuniy shartnomaviy narx. Bunda qurilishning butun muddatiga qabul qilingan shartnomaviy baho o’zgarmaydi. Bunday baholar asosan muddati bir yildan oshmaydigan qurilish ob’ektlari uchun tavsiya etiladi. Ushbu narxlar tarkibida prognoz o’zgartirishlar kiritishni inobatga oluvchi pudratchi tashkilotlarning riski ham hisobga olinadi; - ochiq shartnomaviy narxlar. Bunday narxlar qurilish shartnomasi shartlari asosida qurilish materiallari, ish xaqi to’lovlari shartlari va boshqa xarajatlarning vujudga kelishi hisobiga aniqlashtiriladigan narxlarga aytiladi. Qurilish mahsulotlarida shartnomaviy baholarning qo’llash butun qurilish ob’ektiga alohida ob’ektlarning shartnomaviy bahosi asosida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ayrim xollarda maxsus kapital qurilish ob’ektlarida shartnomaviy narxlar ish hajmiga mos xolda lokal smeta asosida ham shakllanishi mumkin. Shartnomaviy narxlar qurilish buyurtmachisi va pudratchisining o’zaro kelishuvchi asosida belgilanadi.
Amaliyotda, ba’zi hollarda qurilishda narxlarni aniqlashda tarmoqdagi ishchilar o’rtacha oylik ish xaqi fondidan kelib chiqib aniqlanadi. Loyiha tugallanishining ikkinchi bosqichi bo’lib kontraktni tugallanishi hisoblanadi. Kontrakt tugallanishining asosiy bosqichlari bo’lib: - moliyaviy hisobot berilishini tekshirish; - pasport joriy qilish; - bajarilmagan majburiyatlarni aniqlash; - bajarilmagan ishlarni tugallanishi; - kafolatli xizmat va oxirgi hisoblash; Moliyaviy hisobot berilishini tekshirish buyurtmachi va pudratchining hisobotiga tegishli. Buyurtmachining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: - tugallangan ishlarning hajmini to’liq fakturaga yozilishini tekshirishni; - mavjud hujjatlarni o’zgartirilishi bo’yicha tekshirish; - buyurtmachi orqali ushlab qolinishlar summasi nazorati. Pudratchining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: - yetkazib beruvchi va subpudratchilarni soliq to’lovlarini tekshirish; - yetkazib beruvchining soliq to’lovlarini muddatini uzaytirilishini izlash; - ushlab qolinishga muvofiq tasdiqlash. Bunday tekshirishlar loyiha bo’yicha oxirgi moliyaviy hisobotlarni olish imqoniyatini beradi. Pasport joriy qilish kontraktni tugallanishini asosiy elementlarni biri bo’lib hisoblanadi. Uni joriy qilishda bir nechta hujjatlarni joriy qilish kerak. Masalan, xom ashyo va materiallarini texnik sharoitini ifodalovchi hujjatlar. Bajarilmagan majburiyatlar kontrakt tugallanish jarayonida to’liq bajarilishi shart. Ish olib boruvchi hamma savollarga muzokara orqali javob topishi kerak. Tekshirish jarayonida quyidagilar o’rnatiladi: - ortiqcha kuchayishni va yopilishni talab qilmaydi ishlar hajmini; - kelishilgan ishlarni tugallanishini talab qiluvchi ish xajmlarini.
Xuddi shu vaqtni o’zida loyiha ish boshqaruvchisi buyurtmachidan ishga qabul qilinishigacha bo’lgan kamchiliklarni va uzilishlarni ro’yxatini so’raydi. Bu ro’yxat shartnoma majburiyatlari asosida amalga oshiriladi. Bajarilmagan majburiyatlarni tugallash bosqichida brak va tartibsizliklarni tuzatilishi ustidan kuchlanish amalga oshiriladi. Bu kuchayishlar juda qimmat va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda loyiha rahbari buyurtmachi bilan muammolarni ayrim talablarga ko’ra unga yon bosish yoki jarima to’lash yo’li bilan hal etadi. Shartnomada jarima ayrim majburiyatlarni bajarmaganda qo’llaniladi. Agarda ish o’z vaqtida bajarilmasa, u holda shartnomaga o’zgartirish kiritilish xaqida savol qo’yiladi. Shartnoma shartlarini o’zgartirilishi xaqidagi muzokaralar shartnoma tugallanishidan oldin olib borilishi kerak. Barcha o’zgartirishlar shartnomada buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. U tomonidan tasdiqlanmagunicha hech bir ish bajarilmaydi. Shartnoma bo’yicha barcha qilinadigan ishlar haqida ma’lumotni loyiha rahbari ob’ektni qabul qiluvchi a’zolariga topshiradi. Shartnoma tugallanishi hisoblashdagi yangilanish bilan birgalikda kuzatilish kerak, ya’ni oxirgi to’lovlarni to’lash. Qurilishni boshlashdan oldin pudratchi kafolatlangan rezervni ko’rsatishi mumkin, ya’ni sifatliligini tasdiqlash maqsadida. Agarda ob’ektni ekspluatatsiyaga topshirilish jarayonida nuqson aniqlansa, u holda kafolatlangan rezervdan qilinadigan ishlarga to’lov amalga oshiriladi. Bu rezerv pudratchiga kamchilik topilmagandagina qaytarib beriladi. Ma’lumotlarga qaraganda qurilish ishlarini bajarilishini sifatsizligi rahbarning xatolari, sifat darajasiga (35-45% vaziyat), reja bu loyihada xatolarning natijasida, sifatsiz materiallar va konstruksiyalar hisobiga yo’l qo’yiladi. Bulardan tashqari, ekspluatatsiya jarayonida shartnomada kafolatlangan dalil bo’yicha defekt yoki oxiriga yetmagan ishlar aniqlansa, buyurtmachi pudratchidan qirqish, ya’ni maoshidan ushlab qolish yoki pudratchi o’zining kamchiligini to’g’irlashi shart.
Loyiha tugallangandan so’ng, unga ketgan pul mablag’larini ortiqchaligini yoki iqtisod qilinganligi xaqida yakuniy hisobot tuziladi. Agarda qurilish jarayonida pudratchi ma’lum bir miqdorda iqtisod qilsa, u holda u taqdirlanadi. Loyiha tugallanishida asosiy qism bo’lib, idora xodimlarining loyiha rahbari bahosi hisoblanadi. Kafolatli xizmat ko’rsatish loyiha bo’yicha guruhiy holda emas, balki funksional guruhlar, javobgar va kafolatli xizmat ko’rsatilgandan keyin shartnoma tugallanganda amalga oshiriladi. Bu guruhga quyidagilar kiradi: - texnik ma’lumot; - jihoz; - asbob-uskunalar; - ekspluatatsiya bo’yicha rahbariyat; - chizmalar; - firma ta’minotchilarining har xil materiallari. Kafolatli xizmat ko’rsatish sharoiti shartnomada kelishiladi. Qurilgan ob’ekt o’rnatilgan shakllar asosida o’zlashtiriladi.
Nazorat savollar:
1. Loyiha tugallangandan keying qilinadigan ishlar?
2. Tan narx belgilash nima?
3. Loyiha xarajatlarini qoplash deganda nimani tushunasiz?
Download 15.42 Kb.




Download 15.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Loyiha xarajatlarini qoplash, foyda va tan narx belgilash hisoblari

Download 15.42 Kb.