12-mavzu. Marketing muhiti




Download 343.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.05.2023
Hajmi343.31 Kb.
#62606
  1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu. Marketing muhiti
Документ Microsoft Word, Telegram@pdfimage bot, 한국어 문법 여행 grammar, Ice and the origins of life on Earth, rqlk mustaqil ish 020-20, Mustaqil ish 1 ATL (6), 1682601869, Лингвистик структуралар, Taqdimot. 26-mavzu. Rahmatullayeva (2) (1), 7-mavzu. Globallashuv va axborot texnologiyalari, Internetning rivojlanish tarixi-fayllar.org, Codewars, Reja Kirish Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi-muhaz.org, II yarim yillik ish reja


12-MAVZU. MARKETING MUHITI 
12.1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati 
12.2. Korxona mikro-muhiti 
12.3. Korxona makro-muhiti 
 
Tayanch so‘z va iboralar. Marketingni boshqarish, marketing kompleksini ishlab 
chiqish, makromarketing, mikromarketing, xalqaro marketing, eksport marketingi, 
tashqi muhit, ichki muhit, funksional boshqarish, tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil 
etish, bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. 
 
12.1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati 
Marketing muhiti deganda korxona marketing xizmati xodimlarining mijozlar bilan 
yaxshi hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va bu munosabatlarning saqlanishiga bevosita 
ta’sir ko‘rsatuvchi sub’yektlar va kuchlarning majmui tushuniladi. Muhit doimiy 
o‘zgarishda, ya’ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, uni 
tizimli o‘rganish, alohida jarayonlarni va ularning o‘zaro aloqasini kuzatish zaruriyati 
marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo‘lib hisoblanadi. 
Odatda muhitlar mikromuhit va makromuhitlarga ajratiladi.
Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor 
doirasidagi omillardan iborat. Bu yerga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik, 
geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa xarakterdagi 
ta’sirlarning keng spektri kiradi.
Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari korxonaning faoliyati va uning 
imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining 
nazorati ostida bo‘ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar 
malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar 
(segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo‘llarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni 
ishlab chiqish, marketing vazifalarini yechish. 

Download 343.31 Kb.
  1   2   3   4




Download 343.31 Kb.
Pdf ko'rish