|
Mavzu: Marketing ichki va tashqi muhiti Reja: Marketing muhiti haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Marketingni asosiy turlari
|
bet | 1/8 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 32,13 Kb. | | #127063 |
Bog'liq Mavzu Marketing ichki va tashqi muhiti Reja Marketing muhiti h
Mavzu: Marketing ichki va tashqi muhiti
Reja:
1. Marketing muhiti haqida tushuncha va tarmoq marketinglari
2. Marketingni asosiy turlari
3. Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning oʻzaro bogʻliqligi
4. Transport korxonalarida marketing xizmatini tashkil etish
1. Marketing muhiti haqida tushuncha va tarmoq marketinglari
Marketing tizimi - bu qoʻyilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib oʻzida toʻrtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi.
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, oʻlchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni toʻxtatish paytini aniqlab olish kerak.
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, subʻektlar yigʻindisidan iboratdir. Marketing tizimi oʻz tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:
taʻminotchilar;
raqobatchilar;
vositachilar;
isteʻmolchilar (bozor);
firma (kompaniya).
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq oʻrab turgan muhit taʻsirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Taʻminotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yigʻindisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan taʻminlaydi. Raqobatchilar – hohishi boʻyicha, safdosh tovar boʻyicha, tovar turi boʻyicha, tovar markasi boʻyicha turkumlanadi. Marketing boʻyicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga etkazish, sotish, aloqa oʻrnatish boʻyicha yordam koʻrsatuvchilardir. Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga boʻlinadi. Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shugʻullanish.
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sugʻurta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Isteʻmolchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi boʻlib, ular bozorda mavjud boʻlgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. Isteʻmolchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo isteʻmolchini xulq-atvorini oʻrganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga boʻlgan munosabatini oʻrganish, tahlil qilishdan iborat. Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga oʻzaro taʻsir oʻtkazib, dialektik bogʻliqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab boʻladi. Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni taʻminlovchi barcha omillarning oʻzaro aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida gʻoyat serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha: - ishlab chiqarish vositalari marketingi; - isteʻmol tovarlari marketingi, - xizmat koʻrsatish marketingi singari turlarini koʻrsatish mumkin. Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yoʻnalishlarning har biri oʻziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik qatʻiy uygʻunlik eng birinchi oʻrinda turadi. Isteʻmol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega boʻlgan isteʻmolchilarning keng doiralari bilan bogʻliq. Bu sohada isteʻmolchi feʻl - atvorining tub mohiyatini oʻrganishga katta eʻtibor beriladi. Xususan, isteʻmolchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi isteʻmol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, doʻkonlarda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tamoyillari isteʻmol tovarlari marketingi samarasi.
Isteʻmol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan isteʻmol oʻrtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning koʻpchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, ekskursion xizmat, yodgorlik mollari sotish va xakozolar paydo boʻlishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bogʻliqdir. SHu sababli xizmat koʻrsatish sohasida marketing juda katta yoʻnalishga ega.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Marketing ichki va tashqi muhiti Reja: Marketing muhiti haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Marketingni asosiy turlari
|