Partizancha marketing nostandartlik, noanʻanaviylik




Download 32,13 Kb.
bet3/8
Sana22.12.2023
Hajmi32,13 Kb.
#127063
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Marketing ichki va tashqi muhiti Reja Marketing muhiti h


Partizancha marketing nostandartlik, noanʻanaviylik, hammaga maʻlum haqiqat oddiy narsalardan voz kechish va yuqori moslashuvchanlikni, imkorniyatlar cheklangan holda yuqori natijalarni anglatadi. Partizancha marketing bu – kuchli raqibga qarshi nisbatan arzon, lekin juda samarali aniq zarbalar va diversiyalardan foydalanishdir.
Partizancha marketing (guerrilla marketing) deb pul kiritmagan yoki deyarli pul kiritmagan holda oʻz tovari yoki xizmatini samarali ilgari surishga, yangi mijozlar jalb qilish va foydani oshirishga imkon beradigan kam byudjetli reklama va marketing usullariga aytiladi. SHu sababli partizancha marketing “kam byudjetli marketing” yoki “kam xarajatli marketing” deb ham ataladi. Virusli marketing bu – shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki ularning reklamasi kishiga shu qadar taʻsir koʻrsatib, uni mahsulot yoki xizmatni tarqatish gʻoyasi bilan “kasallantiradi” va uning oʻza faol reklama tarqatuvchiga aylanadi. Bu kishining u haqida doʻstlari va tanishlariga oʻzi mamnuniyat bilan gapirib beradigan, unga yoqadigan reklamadir.
Virusli marketing bu – brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish uchun mavjud ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan marketing texnikasi. Virusli marketing bu – e-mail-marketing uchun xos boʻlgan uslubiy tamoyillar boʻlib, ular shaxsning marketing xabarini boshqa shaxslarga etkazishini ragʻbatlantirishga asoslanadi, bu esa ushbu xabarning eksponensial oʻsishi uchun salohiyat yaratadi. Xuddi viruslar kabi, bunday texnologiyalar uzatilgan xabarlar sonini oshirish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanadi. Virusli marketing – brend (tovar/xizmat) haqida xabardorlikni oshirish uchun odamlarning oʻzidan foydalanadigan marketing texnikasi. Bu “ogʻizdan ogʻizga” marketing kommunikatsiyasidan foydalangan holda axborotni tarqatish, mish-mishlarni boshqarish texnologiyasi, partizancha marketing elementi, tavsiyalar boʻyicha marketing yoki “uzunquloq radio” deb atalishi ham mumkin. Hozirgi paytda virusli marketingning eng tarqalgan vositasi Internet hisoblanadi.
Tarmoq marketingi bu – kompaniyaning mustaqil vakillari yoki distribyutorlar tomonidan mahsulot yoki xizmatlar haqida axborotni toʻgʻridan-toʻgʻri tarqatish bilan bogʻliq biznes. Tarmoq marketingining asosiy vazifasi maksimal sondagi odamlarni axborot bilan qamrab olish hisoblanadi. Tarmoq marketingining zamonaviyroq sanalgan MLM (Multi-Level Marketing) tushunchasi «Koʻp tarmoqli marketingi» sifatida izohlanadi. Tarmoq marketingida mahsulot yoki xizmatni tarqatishga juda koʻp odam jalb qilinadi. Tarmoq marketingi sohasida faoliyat yuritadigan juda koʻp kompaniyalar mavjud. Har qanday mahsulot yoki xizmat bugungi kunda tarmoq marketingi tizimi yordamida tarqatiladi1. Tarmoq marketingi – toʻgʻridan-toʻgʻri sotuv usuli bilan chakana savdoning eng tarqalgan varianti. Tarmoq marketingi uchun tovar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi oʻrtasida ulgurji savdo firmalari yoʻqligi xarakterli – tovarning butun harakati yangi ustama narxlar yuzaga keltirmagan holda tarqatuvchilar tarmogʻida roʻy beradi. Keng tarmoqlangan tarqatuvchilar tarmogʻi vujudga keladi. Tovar ishlab chiqaruvchi kompaniya sotuv hajmini oshirganlik uchun qoʻshimcha chegirmalar taqdim etgan holda tarmoqning oʻsishini ragʻbatlantiradi. Tarmoq marketingida, qoidaga koʻra, ommaviy axborot vositalarida reklama kampaniyalari oʻtkazilmaydi – sotuvchining oʻzi tovarn xaridorga taqdim etadi, tovar xususiyatlari haqida maʻlum qiladi, uning ustunliklarini namoyish etadi.
Kross-marketing – bir vaqtning oʻzida bir nechta yoʻnalish boʻyicha isteʻmolchilarni jalb qilishga imkon beradigan texnologiya eng katta foyda keltiradigan texnologiya hisoblanadi. Usulning mohiyati quyidagidan iborat: ikki yoki undan ortiq kompaniya oʻz mahsulotlarini ilgari surish uchun birgalikda aksiya tashkillashtiradi. Bunda reklama qilinadigan tovarlar yoki xizmatlar bir-biriga yoʻldosh boʻladi va goʻyoki bir-birini toʻldirib turadi. Kross-marketing turli tovarlar va xizmatlarni ilgari surishda faol qoʻllanadi. U oziq-ovqat sohasida juda faol foydalaniladi. Agar keng miqyosdagi kross-aksiyalar koʻzga tashlanmasada, supermarketlarda kross-savdo deb atash mumkin boʻlgan yoʻldosh tovarlar taklifi juda koʻp uchraydi. Asosiysi – isteʻmolchilar tomonidan reklama yoki majburan oʻtkaziladigan tovar sifatida qabul qilinmaslikdir. Buning ustiga, xaridorlar tashkil qilingan bunday qulayliklar uchun minnatdor ham boʻladi. Hammasi oddiy – ularni joylash doʻkonning boshqa hududida roʻy beradigan boʻlsada, yoʻldosh tovarlar yonma-yon joylashtiriladi. Mobil marketing ularni amalga oshirishda uyali aloqa (mobil) telefoni, smartfon yoki choʻntak portativ kompyuteri (KPK) foydalaniladigan kommunikatsiyalar interaktiv marketing vositasi2. Mobil marketingning asosiy afzalliklari – reklama kampaniyasiga boshqa media vositalarni integratsiya qilish hisobiga reklama imkoniyatlarini kengaytirish, samaradorlik.
Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing (direct-marketing, direkt-marketing) – isteʻmolchidan javob olishga – yoki mahsulotga buyurtma koʻrinishida, yoki axborotga keyingi buyurtma koʻrinishida, yoki bevosita taʻminotchiga murojaat shaklida javob olishga qaratilgan har qanday tadbir. Direkt-marketing bu – kompaniya ular yordamida oʻz tovar va xizmatlarining har bir isteʻmolchisi bilan shaxsiy toʻgʻridan-toʻgʻri marketing kommunikatsiyalari yoʻlga qoʻyadigan va ular bilan uzoq muddatli oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnatadigan chora-tadbirlar kompleksidir. Bunda kommunikatsiyalar ikki taraflama xarakterga ega boʻladi, samarali qaytuvchan aloqa oʻrnatiladi. Ular orasida quyidagi vositalarni ajratib koʻrsatish mumkin: direct mail, kurer yordamida etkazib berish, telemarketing, faks orqali joʻnatish, e-mail orqali joʻnatish. Ommaviy kommunikatsiyalaridan farqli ravishda direkt-marketing eng nazorat qilinadigan vosita hisoblanadi. Oʻz marketing amaliyotida undan foydalanib, direkt-marketing alohida vositalarini qoʻllashda yoki kompleksli direkt-marketing kampaniyasining har qanday bosqichini oʻtkazishga xarajatlarni toʻliq nazorat qilish mumkin.
Direkt-marketingning asosiy vazifalaridan biri – faqat maqsadli muloqot doirasi vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri kommunikatsiya oʻrnatish hisoblanadi. Strategik marketing - bu avvalo jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtayi nazaridan qaraganda xaridor tovarning oʻziga emas, balki shu tovar yordamida echiladigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir. Innovatsion marketing yangi gʻoyani tadqiq etib, talab va ehtiyojni ayirboshlash yoʻli orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining bir turi hamda bozor bilan korxonani bogʻlovchi boʻgʻin boʻlib, oʻzgarib turadigan bozorga doimo moslashib borish tizimini tashkil etganligi bois, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning xoʻjalik faoliyatiga innovatsion marketingni joriy etilishi tadbirkorlik samarasini oshirishga asos boʻladi. Innovatsion marketing faoliyatini tashkil etish bu birinchi oʻrinda bozor talabini tadqiq etish va korxona faoliyatini unga yoʻnaltirishdan iborat. Bunda pirovard maqsad bozorni har tomonlama oʻrganish, tahlil qilish, konʻyunktura oʻzgarishini oldindan bilish va xaridorlar talabini toʻla qondirish orqali yuqori daromad olish hisoblanadi.
“Innovatsion marketing” - bu korxonaning bozor sharoitlarini tadqiq etish asosida uning innovatsion va ishlab chiqarish, sotish faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan ishlab chiqarish, xoʻjalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsion marketing – bu korxonada anʻanaviy marketingning usul va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan marketing konsepsiyasidir.
Internet marketing bu - internet tarmogʻidagi kompaniya qatoriga kiradigan mijozlar va sotuv miqdorining barqaror oʻsishini taʻminlaydigan boshqaruv qarorlari va funksiyalari kompleksidir. Bundan tashqari, internet tomonidan bajariluvchi rol faqat kommunikativ funksiyalar bilan cheklanib qolmasdan, bitim tuzish, xarid qilish va toʻlovni amalga oshirish imkoniyatini ham qamrab oladi va unga global elektron bozor jihatlarini namoyon etadi. Neyromarketing – maxsus moslamalar (tomografiya, galvanometr, elektroensefalograf) yordamida insonning ongsiz ravishda marketing taʻsiriga javob harakatini oʻrganish. Tahlil natijalari samarali deb prognoz qilingan reklama xabarlarini yaratishda ishlatiladi. Neyromarketologlar olgan maʻlumotlar inson maxsulot yoki xizmatdan foydalangunga qadar uni fikrini oʻzgartirishga taʻsir qiladi. Neyromarketingning vazifasi bu – xaridorning marketing jarayoniga taʻsirini tushunish va bu orqali marketing usullari samarasini oshirish.
Xolistik marketing – marketing faoliyatida kengaytirilgan, integratsiyalashgan yondoshuv zarurligi muhim ekanligini ifodalaydi. SHunday qilib, xolistik marketing – marketing faoliyatini murakkabligi va turli xil imkoniyatlarni muvozanatlashtirish va tan olish boʻyicha yondoshuvdir. Xolistik marketing 4 ta: marketingni oʻzaro munosabati, integratsiyalashgan marketing, ichki marketing va ijtimoiy - javobgar marketing konsepsiyalarini oʻz ichiga oladi. Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida yana bir tarkibiy qismi boʻlgan ichki marketing turida tashkilotning barcha xodimlari, eng muhimi uning rahbariyati tomonidan kompaniyada marketing tamoyillarini tatbiq etishni taʻminlash muhim boʻlib hisoblanadi. Agar korxona ishchilari uni taʻminlashga tayyor boʻlmasa, ularga aʻlo darajagi xizmat koʻrsatishni vaʻda berishning maʻnosi yoʻqdir. Ichki marketingda faqatgina marketing boʻlimi emas, balki boshqa boʻlimlar ham oʻzaro bogʻliq holda mijozlarga taʻsir koʻrsatishi zarur boʻladi. Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy javobgar marketingda ekologiya, ahloqiy, huquqiy va ijtimoiy mazmundagi marketing chora–tadbirlari va dasturlari inobatga olinadi. Ijtimoiy javobgar marketing konsepsiyasi, marketing amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olishni talab etadi. Bu oʻrinda marketologlar korxonaning foyda olishini, isteʻmolchilarning ehtiyojlarini qondirishni va jamiyat qiziqishlari oʻrtasida oʻzaro bogʻliklikni topishi zarur boʻlib hisoblanadi. Ijtimoiy marketing isteʻmolchilar va ushbu tovar oʻrtasida ayirboshlashga ijobiy taʻsir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy taʻsir koʻrsatadigan notijorat harakatlarini oʻz ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat boʻladi. Ijtimoiy marketingdan oldin ijtimoiy-axloqiy marketingi mavjud boʻlgan boʻlib, uning uchun birlamchi vazifa uzoq muddatli istiqbolda isteʻmolchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun foyda topishdan iborat boʻlgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv – jamotchilik marketingi va ekologiya marketingi boʻlib hisoblanadi.



Download 32,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 32,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Partizancha marketing nostandartlik, noanʻanaviylik

Download 32,13 Kb.