|
Mavzu: Marketing ichki va tashqi muhiti Reja: Marketing muhiti haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Marketingni asosiy turlari
|
bet | 6/8 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 32,13 Kb. | | #127063 |
Bog'liq Mavzu Marketing ichki va tashqi muhiti Reja Marketing muhiti hXulosalar
Marketing tizimi - bu qoʻyilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib oʻzida toʻrtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi.
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq urab toʻrgan muhit taʻsirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini tadqiq qilish, firma mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni koʻzda tutadi. Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni taʻminlash uchun bozor tadqiqotlarining alohida shakllarini koʻzda tutadi. Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: patentlar va litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-texnika taraqqiyoti yoʻnalishlarini oʻrganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari va boshqalar bilan bogʻliq. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing kiritish marketingi oʻz ichiga xorijiy faoliyatni tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya manfaatlari va korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini oʻz ichiga oladi. Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni koʻzda tutadi. U ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan koʻp sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob beradi. Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan, alohida tashkilot yoki alohida shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bogʻliq. Ijtimoiy marketingni qoʻllashning eng muhim sohasi rivojlanadigan mamlakatlarda oilani rejalashtirish, kariyalar va kasallarga eʻtiborni jalb qilish, ayrim ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Marketing ichki va tashqi muhiti Reja: Marketing muhiti haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Marketingni asosiy turlari
|