• MAVZU: EKOLOGIK TURIZM TURLARI Topshirdi: ___________________________ Qabul qildi: ___________________________
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti mehmonxona xizmatini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishi talabasi samandarova shoiraning xalqaro turizm




    Download 370.08 Kb.
    bet1/7
    Sana24.02.2024
    Hajmi370.08 Kb.
    #162014
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazir
    7-maruza, Asal, 2021 Itimoiy ish 16 aIshchi Dastur — копия 10 — копия, 17-Amaliy mashgulot, 6-ma\'ruza. Furyе qatоrining yaqinlashishi, Antarktda, Magnitomexanik hodisalar, 1.8, Abdulahad Muhammadjonov. Qadimgi Buxoro (2001), yillik hisobot rasmsiz, Oqsillar, Stajirovka rejasi 2-илова, file (2), Ekinlarni sug\'orish asoslari (Z.Artukmetov), Sanoq sistemalar

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

    IQTISODIYOT FAKULTETI MEHMONXONA XIZMATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH YO‘NALISHI TALABASI SAMANDAROVA SHOIRANING XALQARO TURIZM:NAZARIYA VA AMALIYOT FANIDAN
    KURS ISHI


    MAVZU: EKOLOGIK TURIZM TURLARI



    Topshirdi: ___________________________
    Qabul qildi: ___________________________


    MUNDARIJA:


    KIRISH………………………………………………..….………
    I.Bob. EKOTURIZM TUSHUNCHASI VA MOHIYATI
    1.1. Ekologik turizm fanining maqsadi va vazifalari. O‘rganish
    obyekti.
    1.2. Ekologik turizm fanining ta’rifi va mohiyati.
    II.Bob. EKOLOGIK TURIZMNING KELIB CHIQISH TARIXI. EKOLOGIK TURIZMNING TURLARI
    2.1. Ekologik turizmning shakllanishi davrida tabiat va jamiyat
    o‘rtasidagi munosabatlar. BMTning xalqaro ekoturizm yilini e’lon
    qilishi.
    2.2. Ekologik turizmning turlari.
    XULOSA…………..……………….
    FOYDALANGAN ADABIYOTLAR…………………………….
    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoni mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda tub burilishni, yangi bosqichning zaminini, turizmda istiqbolli islohotlarning sharoitlarini yaratdi.1 Prezident farmonida: “Mamlakatda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, an’anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli turlarini – ...ekologik turizmni... ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish” belgilangan. Bu farmon mamlakatimizda turizmning barcha turlarini bir tekis rivojlantirish masalalarini tatbiq qilishga, turizmni hududiy va mintaqaviy rivojlantirish uchun asosiy dastur bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan va “Farmon”da ekologik turizmni rivojlantirish alohida ta’kidlanganligi ham, ekologik turizmni jadal rivojlantirishning jiddiy muammolarini aniqlashimiz va bu muammolarning yechimlarini ishlab chiqishning ilmiy-amaliy tadqiqotlarini kuchaytirishimizning vaqti keldi. Hozirgi vaqtda ekologik turizm “Turizm va ekskursiya jahon kengashi”ning va «Butunjahon turizm tashkiloti»ning ma’lumotlari bo‘yicha jadal rivojlanib borayotgan turizm industriyalarining biri hisoblanadi. Ya’ni ekologik turizmning jahon turizm industriyasidagi ulushi–10%dan to 20% gachani, ekologik turizm xizmatlaridan olinadigan daromad 55 mlrd. dollar va uning yillik o‘sishi 30% ni tashkil qilmoqda. Shuningdek, istiqboldagi 2020-yilgacha ekologik turizm jahon turizmidagi asosiy strategik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib boradi va albatta bu yo‘nalishlar O‘zbekiston Respublikasiga ham kirib keladi. O‘zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi nafaqat ma’naviyatimiz, ilm-fan, madaniyat, ma’rifat, tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni jalb qilish, biologik xilma-xillikni saqlash muammolarini hal qilishga balki, shu bilan birga iqtisodiy masalalarni, mahalliy xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, yangi ish joylari bilan ta’minlash, mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sishiga katta hissa qo‘shadi. Mamlakatimiz dunyoda ekologik turizm resurslariga boy davlatlar qatorida turadi va Markaziy Osiyoda, dunyo mamlakatlarining o‘zaro aloqalarini geografik jihatdan bog‘lovchi davlatdir. Shu sababli ichki, xalqaro turistik oqim va ekoturistik oqim ham bizda kuchayishining juda katta, salohiyatli imkoniyatlari bor. Ekologik turizmni rivojlantirishdagi ko‘plab muammolar ham mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishga kirishganimizdan keyingina aniqlanmoqda. Hozirga kelib, Respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirishda yechimlari jiddiy bo‘lgan muammolari ham yuzaga chiqmoqda. Bu muammolarning birinchi navbatda o‘z yechimini kutib turgani, ekoturizm uchun malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi. Hozirgacha ekologik turizm bo‘yicha DTS talablari asosida darslik, o‘quv qo‘llanma ham nashr qilingan emas. Universitet va institutlarda ham ekologik turizm bo‘yicha oliy malakali mutaxassislar tayyorlanayotgan emas. Mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirishning dolzarbligi hisobga olinib, institut va universitetlarda tayyorlanayotgan turizm sohasiga oid mutaxassislarga “Ekologik turizm” fani o‘qitilmoqda. Ushbu zaruratni hisobga olib mazkur o‘quv qo‘llanma tayyorlandi.


    Download 370.08 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 370.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti mehmonxona xizmatini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishi talabasi samandarova shoiraning xalqaro turizm

    Download 370.08 Kb.