II.Bob. EKOLOGIK TURIZMNING KELIB CHIQISH TARIXI. EKOLOGIK TURIZMNING TURLARI




Download 370.08 Kb.
bet4/7
Sana24.02.2024
Hajmi370.08 Kb.
#162014
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazir
7-maruza, Asal, 2021 Itimoiy ish 16 aIshchi Dastur — копия 10 — копия, 17-Amaliy mashgulot, 6-ma\'ruza. Furyе qatоrining yaqinlashishi, Antarktda, Magnitomexanik hodisalar, 1.8, Abdulahad Muhammadjonov. Qadimgi Buxoro (2001), yillik hisobot rasmsiz, Oqsillar, Stajirovka rejasi 2-илова, file (2), Ekinlarni sug\'orish asoslari (Z.Artukmetov), Sanoq sistemalar
II.Bob. EKOLOGIK TURIZMNING KELIB CHIQISH TARIXI. EKOLOGIK TURIZMNING TURLARI
2.1. Ekologik turizmning shakllanishi davrida tabiat va jamiyat
o‘rtasidagi munosabatlar. BMTning xalqaro ekoturizm yilini e’lon qilishi.
Jahonda ekologik turizmning yoki ekoturizm atamasining kelib chiqishi XX asrning so‘nggi choragida insoniyat jamiyati oldida global ekologik muammolarning kuchayib ketganligi hisoblanadi. Bu
davrda insoniyatning tabiiy atrofmuhitga, tabiiy resurslarga salbiy ta’siri kuchayganligi natijasida ekologik inqiroz sayyoraviy hududlarda insoniyatning kelgusida yashab qolishini og‘irlashtirishini xalqaro miqyosda kun tartibiga qo‘ydi.Shu o‘rinda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar hozirga kelib qanday darajalarga kelib qolganligi haqida qisqacha to‘xtalish zarurati bor. Ikkinchidan, o‘tgan asrning 70-yillariga kelib AQSH, Kanada va Yevropa davlatlarida ommaviy turizmning keskin rivojlanishi ham nafaqat tabiiy resurslar inqirozini kuchaytirdi balki, ijtimoiy-madaniy resurslarning butun saqlanishiga xavf sola boshladi. Quyida ana shu ikki masala-muammolarning mazmun va mohiyati keltiriladi.O‘tgan asrning so‘nggi choragidan boshlab insoniyatning yashash muhiti dunyo jamoatchiligining diqqat markazidagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qoldi. Bu muammolar “ekologik xavf” nomi bilan atalib, yildan-yilga kuchayib,og‘irlashib bormoqda. Ilmiy texnika taraqqiyoti jarayonida tabiiy resurslarning kamayib borishi, atrof-muhitning ifloslanib borishi kelajak avlodlar uchungina emas, hozirgi jamiyat taraqqiyotiga ham jiddiy xavf solyapti.
Hozirgi davrimizdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti insonning
qudratini juda kuchaytirib yubordi. Ya’ni, inson tabiat ustidan
o‘zining to‘liq hukmronligini o‘rnatdi. Insoniyat hozirgi imkoniyati bilan yangi dengizlar qurishi, cho‘llarni hosildor yerlarga aylantirishi, daryolarni xohlagan tarafiga burib yuborishi mumkin. Shu bilan birga ma’lum bo‘ldiki, inson o‘z kuchqudratini tabiatga nisbatan cheksiz ravishda qo‘llashi, uning o‘zi uchun ko‘plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqarar ekan. Ilmiytexnika inqilobi ta’sirida, ayniqsa XIX asrning 60-yillaridan so‘ng ekologik muammolar insoniyat hayotiga katta tashvishlar bo‘lib kirib keldi. Bu muammolar asosida tabiatning o‘zini-o‘zi tiklash kuchi susaygani, uning resurslari kamaygani, atrof-muhitning tobora ifloslanib borayotganligi, insonning bir me’yorda yashashiga tabiat to‘liq sharoit yarata olmayotganligi yotadi. Bu holat tabiat va jamiyat o‘rtasida XX asrda shakllangan ekologik munosabatdir. Dastlab,Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida, ayniqsa Germaniyaning Rur havzasida tabiiy muhitning keskin yomonlashuvi kishilar va organizmlar hayoti uchun xavf paydo bo‘lishi sababi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi ekologik munosabat shaklini yuzaga keltirdi Nemis olimi Ernest Gekkel 1866-yilda ekologiya haqida birinchi bo‘lib fikr-mulohazalar bildirgan edi. Hozir esa dunyoviy muammolarning eng dolzarbi ham ekologik muammo bo‘lib qoldi.Hozirgacha yer biosferasiga 2 ming xil kimyoviy birikmalar yoyildi.
Dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining (VOZ) ma’lumotlariga ko‘ra inson foydalanayotgan 4 ming kimyoviy moddalar uning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirmoqda. Dunyoda har yili 250 ming xil yangi kimyoviy birikmalar sintez qilinadi. Shulardan 300 xili ishlab chiqarishda ishlatilmoqda.
Dunyo bo‘yicha har yili 100 mlrd tonna ruda va mineral yoqilg‘ilar qazib chiqarilmoqda. Keyingi 30 yilda insoniyatning butun tarixi davomiga qaraganda ko‘proq rangdor metallar qazib chiqarildi.Agar 18-asrgacha 19 xil ximiyaviy elementdan foydalanilgan bo‘lsa, hozirda bu son 100 dan oshib ketdi. Hozirgacha 2/3 qism o‘rmonlar yo‘q qilingan. Oxirgi 2000 yil ichida 0,5 mlrd. gektar yer xarob qilindi. Keyingi 100 yilda dunyoda 67 mln. ga o‘rmon kesilib ketdi. Olimlarning hisobiga ko‘ra, oliy tur o‘simliklarning 3 ming turi butunlay yo‘qotilish arafasida.
“Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi” ning (MSOP) ma’lumotlari bo‘yicha 1600 yildan hozirgacha
qushlarning 94 turi va sut emizuvchilarning 63 turi butunlay qirilib
ketgan. Sayyoramizda bugunga kelib qushlarning 600 xili, sut
emizuvchilarning 120 xili abadiy yo‘qolish xavfida turibdi. Inson
faoliyati tufayli sayyoramizda 9 mln km2 unumdor yerlar sahroga
aylandi. Ya’ni har kuni 3 ming ga unumdor yer qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarishdan chiqarilmoqda. Yer sharida 50 million ga yer
umuman foydalanib bo‘lmaydigan holatga kelgan.
Ifloslangan suvdan iste’mol qilish natijasida har yili dunyoda 5
mln kishi vafot etmoqda. Xuddi shunday suvlarni ichish natijasida
sayyoramizda har yili 500 ming kishi og‘ir dardlarga chalinmoqda.
Dunyo okeaniga har yili 10 ming tonna neft to‘kilmoqda. Sanoat
korxonalari har yili 140 xildan ziyod zaharli gazlarni havoga
chiqarmoqda. Insoniyatda uchrayotgan rak kasalligining 50%i ana
shu gazlardan zaharlanish natijasida kelib chiqishi aniqlangan.
Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, insoniyat yashash
makoni bo‘lgan o‘z uyi atrofi muhitini buzib bormoqda.
Insoniyatning yashash sharoiti darajasi tabiat bilan bog‘liq ekan,
insonning bu masalada tabiat bilan uzviy kelishmog‘i zarurati
asosiy masaladir. Hozirga kelib, tabiatda yuz berayotgan ijobiy
va salbiy o‘zgarishlar turli sohalarda o‘rganilmoqda, lekin ular
orasida tabiatni iqtisodiy-ekologik jihatdan, ekologik foydalanish
jihatlaridan o‘rganish jiddiy ahamiyat kasb etadi.
Global ekologik muammolarning tobora ijtimoiy- iqtisodiy
inqiroz holatlarini hosil qilishi, jahon hamjamiyati oldiga
sayyoramiz miqyosida keskin chora-tadbirlar dasturini ishlab
chiqish va amaliyotga tatbiq qilish muammolarini kun tartibiga
qo‘ydi. Insoniyatning bugungi hayoti va kelgusi avlodlar uchun
sayyoramizda saqlanib qolgan tabiiy boyliklarni muhofaza qilishda
ilg‘or fikrli olimlarning xulosalari bo‘yicha global inqirozdan
chiqish yo‘llaridan eng muhimi – aholida ekologik bilim va
madaniyatni shakllantirish deb bildi.
Turizm sohasidagi adabiyotlarning tahlili va yuqorida sanab
o‘tilgan ko‘rsatkichlarni inobatga olib ilk bor ekoturizmning
quyida keltirilgan bosqichlarini qoraqalpog‘istonlik olima
I. XX asrnng 90-yillarigacha bo‘lgan davr – ekoturizmning
mahalliy va milliy mustaqil turizm sohasi sifatida yuzaga kelish
davri.
II. 1990–2000-yillar – turizmning regional miqyosda, ekoturizmning turizm industriyasi sifatida rivojlangan davri.
III. 2000-yildan keyingi bosqich – global miqyosda
ekoturizmning rivojlanish davri.
I. Ekoturizmning mustaqil turizm sohasi sifatida yuzaga kelish
davri. XVIII asrning oxiri – XIX asrning boshlarida Yevropaning
yaxlit qit’asiga ingliz turistlari mahalliy aholining madaniyati,
tarixini o‘rganish bilan bir qatorda ajoyib tabiatini ko‘rib ketish
uchun sayohat qilganlar. Chunki Alp tog‘lari landshaftlari yoki
Karpatning tog‘li o‘rmonlari Angliyada uchramaganligi uchun
ham turizmning asosiy obyekti sifatida qaralgan. Lekin ushbu
turizm kompleks turistik marshrutlar bilan qo‘shib olib borilgan.
Inglizlarning tabiat qo‘yniga qilinadigan sayyohlikka qiziqishini
inobatga olib shveysariyalik ishbilarmonlar “Grand-tur” tarkibida
tabiiy turizm xizmatini tashkil etganlar va u tashkilotchilarga juda
katta miqdorda moliyaviy foyda keltirgan. Shu davrda (1913-yillar)
Shveysariyada davlatning alohida e’tibori bilan qo‘riqlanadigan
tabiiy hududlar ajratildi. Qo‘riqxonalarga qilinadigan sayohat
garchand ekoturizm deb nomlanmasa-da, ular «tabiatga
yo‘naltirilgan turizm” sifatida yuzaga kela boshladi.
Turizmning ekologik yo‘nalishi aslida XX asrning 70-yillaridan boshlangan. 1972-yilda Skandinaviya mamlakatlari fuqarolari uchun kitlarni tomosha qilish va ularni o‘rganish maqsadida turistik marshrutlar uyushtirilgan. Ushbu turizmdan tushgan mablag‘ kitlarni muhofaza qilish uchun ishlatilgani ham ekoturistik marshrut sifatida e’tirof etilgan. Keyinchalik, bunday turistik marshrutlar Yevropaning boshqa mamlakatlari, Uzoq Sharq,
Shimoliy Amerika davlatlarida ham uyushtirila boshlandi.
II. Ekoturizmning regional miqyosda turizm industriyasi
sifatida rivojlangan davri – 1990–2000-yillarni o‘z ichiga oladi.
90-yillarning boshlarida “Ekoturizm” xalqaro, mintaqaviy va
milliy miqyosda rasmiy maqomga ega bo‘ldi. Aynan shu yillari
Yevropada Xalqaro ekoturizm ittifoqi ish boshladi.
Atrof-muhit muhofazasi sohasida eng muhim voqea 1992-
yil 3–14-iyun kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida
bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit
va rivojlanish”ga doir konferensiyasida qabul qilingan “XXI asr
kun tartibi”da ekoturizm ham barqaror rivojlanishning asosiy
omillaridan biri ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur hujjat undan
keyingi davrlardagi xalqaro hayotda ekoturizm nuqtayi nazardan
ekologik–ijtimoiy–iqtisodiy masalalar doirasida bir qator xalqaro
normativ hujjatlar qabul qilinishiga sabab bo‘ldi:
• 1995-yildagi Atrof-muhit bo‘yicha YUNEP dasturi;
• 1995-yilda Lansarotda qabul qilingan “YUNESKOning
barqaror turizm xartiyasi”;
• 1997-yilda Osiyo-Tinch okean mintaqasi turizm va tabiat
muhofazasi vazirliklarining “Turizmning barqaror rivojlanish
deklaratsiyasi”;
• 1997-yilda «Biologik xilma-xillik va barqaror turizmga
bag‘ishlangan Berlin deklaratsiyasi”;
• 2000-yil YUNEP ekologik barqaror turizm prinsiplari va
boshqa hujjatlar qabul qilindi.
XX asrning 90-yillariga kelib, Yevropaning bir qator
mamlakatlarida, jumladan sobiq Ittifoqda ham “Ekoturizm”
atamasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. I.V.Zorin va
V.A.Kvartalnovlarning ekoturizm atamasining talqini birmuncha
ommalashdi. Bu Rossiyada 1996-yilda Butunjahon yovvoyi
tabiat fondi (WWF) Uzoq Sharqda tarkib topishi bilan bevosita
bog‘liqdir. WWF dasturining bir qismi alohida muhofaza etiladigan
hududlarni ta’minlash bilan bog‘landi.
Bizning mamlakatimizda 1996-yildan boshlab Djozif MakNalti rahbarligida xalqaro ekspertlar guruhi “O‘zbekiston
Respublikasida turizmning barqaror rivojlanishi dasturi” bo‘yicha
tadqiqotlar olib bordi.
III. XXI asr – global miqyosda ekoturizmning rivojlanish davri.
2001-yilda Rossiyada ekoturizm assotsiatsiyasi tashkil etildi.
2002-yil BMTning atrof-muhit dasturi (YUNEP) va Butunjahon
turistik tashkilotining (BTT) tashabbusi bilan “Xalqaro ekoturizm
yili” deb e’lon qilindi. Ana shu tashkilotlar tashabbusi bilan
ekoturizm yilida Kanada turistik komissiyasi hamda Kvebek
shahrining turistik boshqarmasi homiyligida Butunjahon
ekoturistik Sammiti 2002-yil 19–22-may kunlari bo‘lib o‘tdi.
Unda 132 mamlakatdan davlat, nodavlat va xususiy sektordan
mingdan oshiq vakillar ishtirok etdilar. Kvebek Sammiti
ekoturizmni global miqyosida aks ettiruvchi hamda yangi turistik
yo‘nalishni tubdan yangi yo‘sinda boshlash nuqtasi edi. U 2002-
yil avgust-sentabr oylarida o‘tkazilgan Butunjahon barqaror
rivojlanish Sammitidagi tegishli turistik yo‘nalishdagi asosiy
taktik va strategik vazifalarni yaqin o‘n yillikkacha aniqlab berdi.
Sammitda qabul qilingan Deklaratsiya BMTga jo‘natildi.
Milliy, mintaqaviy va mahalliy organlarga Kvebek
Deklaratsiyasi orqali tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar 19 ta bo‘lib,
ular deyarli ekoturizmning barcha jabhalarini o‘z ichiga qamrab
oladi. Deklaratsiyada Xususiy sektor namoyandalariga 14 ta
banddan iborat bo‘lgan tavsiyanomalar taqdim etiladi. Ularning
aksariyati xususiy kompaniyalar, turoperatorlar yoki tashkilotlarni
ekoturizmni tashkil etish, uni boshqarish hamda ekologik
xavfsizlikni ta’minlash uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab BMTning teng
huquqli a’zosi sifatida MDHning Xalqaro Ekologik Kengashi
a’zosidir. Mamlakatimiz 1992-yilda BMTning Braziliya shahrida
qabul qilingan “Atrof-muhit va rivojlanish” deklaratsiyasini,
Turizm va sayohatlarning industriyasi uchun XXI asr Kun tartibi»
dasturini qabul qildi va xalqaro miqyosda quvvatladi.
Hozirga kelib O‘zbekiston Respublikasi tabiat muhofazasi va
tabiatdan foydalanishda 50 dan ziyod xalqaro shartnomalarda
muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bizning davlatimiz atrof-muhit
va tabiat muhofazasida tarixan muhim bo‘lgan quyidagi xalqaro
hamkorliklarning tashabbuskori hisoblanadi:
• Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi
(1993-yil 18-may;
• Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal
bayonnomasi (1993-yil 18-may);
• Ozon qatlamini buzuvchi Monreal bayonnomasiga London
tuzatmasi (1993-yil 1-may);
• Tabiiy muhitga zarar keltiruvchi har qanday harbiy va
dushmanlik qiluvchi foydalanishni taqiq qiluvchi Konvensiya
(1993-yil 26-may);
• BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiyasi (1993-yil
20-iyun), Kiota bayonnomasi (1999-yil);
• Qurg‘oqchilik va qurg‘oqchilik davom etayotgan davlatlarda
qurg‘oqchilik bilan kurashish bo‘yicha Konvensiya (1995-yil
31-avgust);
• Biologik xilma-xillik bo‘yicha Konvensiya (1996-yil 6-may);
• Xalqaro madaniy va tabiiy meroslarni saqlash bo‘yicha
Konvensiya (1995-yil 22-dekabr);
• Butunlay yo‘qotilish xavfiga tushgan yovvoyi flora va
faunaning xalqaro savdosiga qarshi Konvensiya (1997-yil 1-iyul);
• Yovvoyi qushlar migratsiyasi va ularni muhofaza qilish
bo‘yicha Konvensiya (1998-yil 1-may) va boshq.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda xalqaro turizm
sohasi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sohalardan hisoblanadi.
Yildan-yilga xalqaro turizmning obro‘yi oshib bormoqda. Uning
iqtisodiy smaradorligi ortib yildan-yilga ko‘plab davlatlarni
qamrab olmoqda. Xalqaro turizm ma’lumotlaridan ma’lum
bo‘lmoqdaki, turistlar ko‘proq qadimiy, tarixiy yodgorliklarga boy
davlatlarga intilmoqdalar. Bunday, ko‘p tarmoqli imkoniyatlardan
kirish turizmida foydalanish, jahon turizmida dunyo xalqlarining
O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlari va istiqbolli iqtisodiy
yuksalishlardagi ulug‘ maqsadlarni hisobga olib, O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kirish turizmini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini qabul qildi73.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarorida
«O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish
uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-
son Farmonini ijro etish, shuningdek, respublikaga turistlar
oqimini ko‘paytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning
muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, mamlakatning
madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng
targ‘ib qilish maqsadi qo‘yilgan. O‘zbekiston turizmining
muammolarini iqtisodiyotning boshqa sohalaridan ajratib,
alohida rivojlantirish mumkin emas. Chunki, hozirning o‘zida
turizm sohasi iqtisodiyotimizning 32 dan ortiq tarmoqlari
bilan bog‘liq hisoblanadi.
O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini belgilaganda juda ko‘plab fikr-mulohazalarni keltirish mumkin. Dastlab qayd qilish lozimki, xalqaro ekoturistlar oqimining kuchayishi mamlakatimizdagi tinch-osoyishta hayotning barqarorligidan, xalqaro ekoturistlarning vatanimizda erkin turistik faoliyati ta’minlanganligidan, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning mehmondo‘stlik talablari asosida tashkil qilinganligidan hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda xalqaro ekoturizm faoliyatining huquqiy me’yorlari yaratilganligi, xalqaro ekoturistlarning vatanimizda erkin turistik faoliyatda bo‘lishliklarining xalqaro qonuniy aktlari yaratilganligi ham xalqaro ekoturizmni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rnini aniqlashdan
oldin vatanimizda xalqaro turizmni rivojlantirishning maqsadi
va vazifalarini belgilab olish talab qilinadi. Mamlakatimizning
barcha viloyatlarida, iqtisodiy yoki tabiiy mintaqalarida xalqaro
turizmni rivojlantirish masalalari ham O‘zbekistonda xalqaro
ekoturizmni rivojlantirish masalalari bilan uzviy holatlarda va
talablarda ko‘riladi.
O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning maqsadi:
1. Davlatimizning xalqaro miqyoslardagi obro‘sini oshirish.
2. Xalqaro darajalardagi, mo‘jizali turistik resurslarimizni,
obyektlarimizni dunyo xalqlariga tanishtirish.
3. O‘zbekiston xalqlarini ko‘plab chet elliklar bilan tanishtirish,
o‘zaro hamdo‘stlik, hamkorlik aloqalar kelib chiqishiga sharoitlar
yaratish.
4. O‘zbekistonliklarning milliy merosi, boyliklari, milliy
madaniyati, sanoati va milliy an’analarini jahondagi xalqlarga
ko‘rsatishda hududiy hamda mintaqaviy turizmning xalqaro
turistik markazlarni tashkil qilish.
5. O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirish
imkoniyatlaridan kelib chiqqan yangi xalqaro turistik hududlarni,
mintaqalarni tashkil qilish, bu hududlar va mintaqalarda xalqaro
ekoturizmni rivojlantirishning yangi xalqaro turistik rejalarini,
strategiyalarini ishlab chiqish.
O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning vazifalari:
1. Xalqaro ekoturizmni tashkil qilishning huquqiy me’yorlarini,
ijtimoiy-iqtisodiy-tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish.
2. Xalqaro ekoturizmda aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan turizm
tarmog‘i va unga xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish uchun
davlat ahamiyatidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Xorijiy davlatlarning xalqaro ekoturizmni rivojlantirish
sohasidagi xalqaro loyihalarida ishlash, hamkorlik qilish
imkoniyatlarini, sharoitlarini yaratish.
4. Xalqaro ekoturizm infratuzilmalarining komfortlilik
darajalarini, jahon andozalari va talablari darajalarida yaratish,
tayyorlash.
5. Xalqaro ekoturizm xizmatlarini jahon andozalari va talablari
darajalarida yaratish, tayyorlash.
6. Transport-kommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini xalqaro
ekoturizmda transport kommunikatsiya xizmatlari talablari
darajalariga yetkazish.
O‘zbekistonda xalqaro ekoturizmni rivojlantirishning ijtimoiyiqtisodiy hayotidagi ahamiyati quyida keltirilgan muhim ijtimoiyiqtisodiy ko‘tarilishga, taraqqiyotga zamin, shart-sharoitlar
yaratadi:
• Mamlakatimiz iqtisodiyotida valuta tushumlari ko‘payadi.
Shu bilan birga xalqaro ekoturistlardan mahalliy xizmatlar
ko‘rsatuvchilar ham valutalarni oladilar;
• Davlatimizning xalqaro miqyoslardagi obro‘sini oshiradi;
• Turistik infratuzilmalarning komfortlilik darajalarini xalqaro
talab darajalariga ko‘taradi;
• Sanoatda va qishloq xo‘jaligida mahsulotlar ishlab chiqarish
kuchayadi. Bu mahsulotlarning sifati xalqaro darajalarga
ko‘tariladi;
• Xalqaro miqyosdagi barcha turistik resurslar-obyektlar
ta’mirlanadi, ko‘kalamzorlashtiriladi, obodonlashtiriladi;
• O‘zbekistonliklarning milliy merosi, boyliklari, milliy
madaniyati, san’ati va milliy an’analari jahondagi ko‘plab
davlatlarda taniladi;
• Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish
kuchayadi;
• Transport-kommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari yaxshilanib
boradi;
• Turizm xizmatlarining turlari ko‘payadi va sifatlari xalqaro
talablar darajalariga ko‘tarilib boradi;
• O‘zbekiston turizmiga xorijiy investitsiyalar kirib kelishiga
sharoitlar va imkoniyatlar yaratadi;
• Mehmonxonalar xo‘jaliklarida xizmatlarning turi ko‘payadi,
sifatlari oshadi, komfortliliklari ko‘tarilib boradi;
• Xalqaro ekoturistlarni ovqatlantirish xizmatlari yaxshilanib
boradi, milliy taomlarni tiklash va sifatli tayyorlash kuchayib
boradi;
• Xalqaro turistik marshrutlar yaratish talablari kelib chiqadi;
• Xalqaro turizm reklamalarini ishlab chiqish kuchayadi;
• Xalqaro ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlariga
ixtisoslashuv takomillashib boradi;

Download 370.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 370.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.Bob. EKOLOGIK TURIZMNING KELIB CHIQISH TARIXI. EKOLOGIK TURIZMNING TURLARI

Download 370.08 Kb.